Toshkent moliya instituti loyihalarni moliyalashtirish fakulteti loyihalarni


Investitsiyalarni loyihaviy tahlil qilishning iqtisodiy mazmuni va uni amalga oshirishning ob’ektiv zarurligi



Download 146,64 Kb.
bet7/28
Sana03.06.2022
Hajmi146,64 Kb.
#631699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Karimqulov BMI uz cd153

Investitsiyalarni loyihaviy tahlil qilishning iqtisodiy mazmuni va uni amalga oshirishning ob’ektiv zarurligi


Investitsiya loyixasi - bu ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo'naltirilgan, texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishchlab chiqarish rejalari kabi aspektlar asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag'lari ishtiroki nazarda tutilgan kompleks xujjatlar yig'indisi hisoblanadi.


Investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo'lib, investitsiyalar bilan ta'minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi, ya'ni u cheklangan muddat davomida foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish yo'lidagi bir-biri bilan o'zaro bog'liq tadbirlar yig'indisidir.
Investitsiya loyixalari turli maqsadlarda tuziladi va amalga oshiriladi, ularni to'rt turga ajratish mumkin:

    • yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni tashkil etish;

    • ishlab chiqarishni yoki xizmat ko'rsatishini kengaytirish;

    • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

    • davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni maxsulot va xizmatlar bilan ta'minlash.




2-rasm. Investitsiya loyihalarining tasnifi6


Loyiha – bu o'ziga xos faoliyat turi deyish mumkin. Loyihaning bir qancha o'ziga xos belgilari mavjud bo'lib, lekin uning asosiy 4 ta belgisi loyihani boshqa turdagi faoliyatlar va tadbirlardan alohida ajratib turadi:



  1. Loyiha maqsadlari aniq belgilangan bo'lishi kerak. Loyiha maqsadining aniq belgilanishi ana shu loyihani samarali amalga oshishiga yordam beradi. Agar loyihaning dastlabki maqsadlaridan voz kechilsa, bu loyihaning umuman




6 Yig'ma materiallar asosida muallif tomonidan shakllantirildi
amalga oshmay qolishiga, loyiha «yakuni»ga, «tugallanmay qolishi»ga,
«so'nishi»ga sabab bo'ladi.

  1. Loyiha aniq muddat davomida amalga oshishi lozim. Qachonki loyihada ko'zda tutilgan asosiy maqsadlarga erishilsa, shundagina loyihani tugallangan deb hisoblash mumkin. Loyihani bunda samarali amalga oshish kafolati bo'lib belgilangan vaqt, muddat davomida kerakli resurslarni va harakatlarni optimal taqsimlash hisoblanadi.

  2. Loyihada o'zaro bog'liq harakatlarni bajarilishini muvofiqlashtirish lozim. Loyiha o'z mohiyatiga ko'ra murakkab hisoblanadi: loyihani amalga oshirish deganda bir qancha tadbirlarni amalga oshirish tushuniladi. Ana shu ishlar, tadbirlar va faoliyatlar o'zaro bir - birlari bilan bog'liq hisoblanadi. Ba'zi faoliyatlar parallel ravishda bajarilsa, ba'zilari qat'iy ravishda ketma-ket bajarilishi lozim. Bunday o'zaro bog'liqlik va ketma-ketlik buzilsa, loyihani amalga oshmay qolish havfi tug'iladi.

  3. Loyiha unikal bo'lishi lozim. Har bir loyiha betakror hususiyatlarga va belgilarga ega. Mutlaq bir-biriga o'xshash loyihalar bor, deb ayta olmaymiz. Garchi ularni amalga oshirish uchun bir xil faoliyatlar bajarilsada, bir xil loyihalar mavjud bo'lmaydi.

Xar bir loyihaviy faoliyat quyidagi 3 ta chegaralanishga ega:

  1. Vaqt bo'yicha chegaralanishi;

  2. Pul resurslari bilan chegaralanishi;

  3. Texnik vazifalar bilan chegaralanishi (ishlar va operatsiyalarning turlari va sifatiga bo'lgan talab, investitsiya faoliyati ob'ektining texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari).

Loyiha boshqa chegaralanishlarga ham ega bo'lib, ular orasida loyihani amalga oshirishning tashqi shart-sharoitlari alohida ahamiyat kasb etadi (institutsional, iqtisodiy, huquqiy va boshqalar).
Yuqorida aytib o'tilgan loyiha faoliyatining asosiy hususiyatlari va chegaralanishlarini hisobga olgan holda loyihaga quyidagicha ta'rif berish mumkin.
Loyiha – bu o'zaro bog'liq tadbirlar yig'indisi bo'lib, bu tadbirlarni amalga oshirish orqali ma'lum bir vaqt davomida chegaralangan pul resurslari va boshqa resurslardan foydalanib belgilangan maqsadlarga erishish demakdir.
“Loyiha” tushunchasi torroq ma'noda ham ishlatiladi. Loyiha deganda ba'zida texnik materiallar, shuningdek, qandaydir hujjatning matni, amalga oshirilmoqchi bo'lgan reja yoki g'oya tushuniladi.
Loyixalarda yuqoridagi xayotiylik davri muddatlari loyixa ishtirokchilarining optimal foyda olish bo'yicha maqsadlari va rejalaridan kelib chiqib belgilanadi.

Download 146,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish