Toshkent moliya instituti loyihalarni moliyalashtirish fakulteti loyihalarni


Xar bir loyixa asosan ikki turdagi kapital hisobiga moliyalashgtiriladi



Download 146,64 Kb.
bet8/28
Sana03.06.2022
Hajmi146,64 Kb.
#631699
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
Karimqulov BMI uz cd153

Xar bir loyixa asosan ikki turdagi kapital hisobiga moliyalashgtiriladi:


  1. initsiator o'z kapitali hisobiga;

  2. jalb etilgan qarz kapital hisobiga.

Qarz kapitali o'ziga xos xususiyatlarga ega, bu uning printsiplari bilan ifodalanadi: qaytarishning zarurligi, muddatliligi berilgani, to'lovlilik, maqsadlilik va ta'minlanganlik. Bundan tashqari uning ma'lum foizga berilishi va loyixa muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz amalga oshirilishidan qat'iy nazar, ularni qaytarish zarurligi bilan xam ifodalanadi. Bu turdagi kapitaldan foydalanish uchun initsiator uchun puxta, mukammal tuzilgan biznes reja yoki texnik iqtisodiy asoslash zarur bo'ladi, biznes rejaning iqtisodiy asoslanganligi va samaradorligi, risklardan ximoyalanganligidan kelib chiqib, bu ikki turdagi mablag'lardan foydalanish mumkin bo'ladi.
Investitsion loyiha investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi uchun, birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo'lishi, ikkinchidan, muqobil loyihalarni solishtirish chog'ida yuqoriroq samaraga ega bo'lgan loyihani ma'qul qo'rish lozim.
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog'liq bo'lgan holda yagona tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat:

    • loyihani uning butun hayot tsikli davomida ko'rib chiqish;

    • pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan bog'liq barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish ehtimolligini hisobga olgan holdagi xarajatlar kiritiladi;

    • ishonchlilik va maksimum samara.

Investitsiya loyihalarini har tomonlama (xususan moliyaviy, texnologik, tashkiliy, muddati va boshqalar) xarakterlash mumkin. Bularning har biri investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko'p hollarda investitsiya faoliyatida moliyaviy va iqtisodiy mezonlar hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Investitsiya faoliyati sub'ektlari investitsiyalash haqida qarorlar qabul qilayotganda loyihalarning riskliligini, manbalarning joriy qiymatini, muqobil imkoniyatlarga ko'ra loyihaning jozibadorligini e'tiborga olishi lozim. U bunday qarorga riskning maqbul darajasida kutilayotgan daromadlilikning tahlili asosida keladi. Shu narsa muhimki, investitsiyalash haqida qaror qabul qilinar ekan, asosiy e'tibor risklarni va kelgusi investitsiya daromadliligini hisobga ola bilishga qaratilishi zarur.
Loyixaviy taxlil – xarajatlar va daromadlar xamda loyixa bilan bog'liq bo'lgan qaltislikni tizimli baxolash va ochib berish asosida loyixalarni tayyorlash, baxolash va tanlab olish usulidir. Loyixaviy taxlilning katta qismi loyixa davrining dastlabki bosqichida, ya'ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to'g'risida qaror qabul qilingungacha amalga oshiriladi.
Loyixaning daromadliligini aniqlash loyixaviy taxlilning vazifasi xisoblanadi. Daromadlilik esa loyixadan olinadigan daromad bilan unga qilingan xarajatlar o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ya'ni loyixaning daromadliligini aniqlash uchun uning barcha natijalarini aniqlash xamda loyixadan olingan daromadlar unga qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligini xisoblab ko'rish kerak. Chunki loyixani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan undan qandaydir vaqt o'tgandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib bo'lmaydi. Loyixaning ko'pgina aktivlari va inshootlari uzoq muddat
xizmat qilishi buning sababi xisoblanadi. Loyixaning ayrim xarajatlari va natijalarini, masalan, qurilish ishlari xarajatlarini o'lchash va baxolash oson. Boshqalarini esa o'lchash oson, lekin baxolash ancha qiyin. Masalan: xodimlarni o'qitish xarajatlari va natijalarini miqdoriy va sifat jixatdan o'lchash oson lekin real natijalarini baxolash ancha murakkab.
Nixoyat, ayrim loyixalar natijalarini, masalan loyixalarning an'anaviy faoliyat turlariga ta'sirini o'lchash xam, baxolash xam qiyin.
Loyixaviy xarajatlari turli xilda bo'lishi tufayli loyixa xar xil nuqtai nazardan ko'rib chiqiladi.

  1. Loyixa texnik jixatdan asoslanganmi?

  2. Loyixa tijorat talablariga javob beradimi?

  3. Loyixa o'z-o'zini moliyaviy jixatdan qoplaydimi?

  4. U iqtisodiy jixatdan o'zini oqlaydimi?

  5. Loyixa atrof -muxitga qanday ta'sir o'tkazadi?

  6. Loyixa maxalliy ijtimoiy - madaniy xususiyatlarni xisobga olganmi?

  7. Loyixani amalga oshirishning institutsional (tashkiliy) imkoniyatlari bormi?

Ijobiy natijalar yalpi xarajatlardan ortish-ortmasligini aniqlash zarur.
Xarajatlarni taxlil qilish uchun quyidagi savollarga javob olishimiz kerak:

  • Loyixaning biz istagan natijasi qanday?

  • Loyixa xarajatlarini kim ko'taradi va uning ijobiy natijalaridan kim foydalanadi?

  • Loyixaning ijobiy natijalari qachon va qaerda paydo bo'ladi?

Loyixaning yakuniy qiymati to'g'risida tasavvurga ega bo'lish uchun loyixaga aloqador bo'lgan kishilarning turli guruxlari olgan foyda va qilgan yuqotishlarni qanday taqqoslash va jamlash kerak?
Bu loyixaning yakuniy ijobiy natijasi boshqa mumkin bo'lgan loyixalar natijasidan nimasi bilan farq qiladi?
Loyixaviy taxlil loyixani shakllantirish jarayonining o'zidayoq uning turli
jixatlari ta'sirini va rolini o'zgartirish imkonini beradi. Xar qanday yangi axborot, agar foydali bo'lsa, ilgari qabul qilingan qarorlarni o'zgartirish uchun sabab bo'lishi mumkin.
Demak, loyixa-smeta hujjatlari loyixaviy taxlil jarayonida, ya'ni loyixaning turli jixatlarini ko'rib chiqish natijalari va yangi olingan axborotlardan kelib chiqib, ilgari berilgan baholarni tuzatish bilan birga ishlab chiqiladi.




Download 146,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish