2. Tijorat banklarining foizsiz daromadlari hisobi va ularning tahlili
Hozirgi kunda bank daromadlarilarini buxgalteriya hisobida tan olish masalasi
o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bank daromadlarilarini hisobga olishda tan olish
mezonlarining bajarilishi va buxgalteriya hisobining izchillik, ishonchlilik, aniqlik,
to‘liqlik va o‘z vaqtidalilik tamoyillari bilan birga «extiyotkorlik», «hisobot
davrida
daromadlar
bilan
xarajatlarning
muvofiqligi»,
«axamiyatlilik»
tamoyillaridan foydalansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foizsiz daromadlar “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning “Xizmatlar
va vositachilik uchun olingan daromadlar” satridan boshlaydi. Bu satrda bankning
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklarga ko`rsatilgan
xizmatlar uchun, akkreditivlar va akseptlar bo`yicha, overdraft bo`yicha
ko`rsatilgan xizmatlardan vositachilik haqi va to`lovlar ko`rinishida hisoblangan
daromadlar, kredit majburiyatlari bo`yicha, menejment bo`yicha, mahalliy va
xorijiy to`lovlar bo`yicha, inkasso operatsiyalari bo`yicha ko`rsatilgan
xizmatlardan daromadlar va vositachilik va xizmatlar uchun to`lovlar ko`rinishida
boshqa daromadlar aks ettirilishi lozim.
“Qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar foydasi”- ushbu satrda
qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar investitsiyalarining sotilishi yoki
chiqib ketishi natijasida olingan foyda, shuningdek qaram xo`jalik jamiyatlari va
qo`shma korxonalar sof foydasidagi bankning ulushi aks ettrilishi lozim.
“Savdo operatsiyalaridan olingan foyda” bunda ma`lum turdagi aktivlarni
sotish yoki boshqacha chiqib ketishi hisobiga olinadigan foyda hisobga olinadi.
“Valyuta operatsiyalaridan olingan foyda” valyutani sotish, sotib olish va
valyuta bilan amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalardan olinadigan foydani
o`zida aks ettiradi. Bu satrda
45401 “SPOT” bitimi bo`yicha xorijiy valyutalardagi foyda;
45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo`yicha xorijiy
valyutalardan foyda;
45409 Valyuta transaksiyalari bo`yicha foyda.
Hisobvaraqlar qoldiqlari yig`indisi hisobga olinadi.
“Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar”- ushbu satrda xususiy kapitalga
qilingan investitsiya bo`yicha olingan dividendlar aks ettiriladi.
“Investitsiyalardan olingan foyda”- bu satr bankning qimmatli qog`ozlarga
qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlarni o`zida aks ettiradi. Quyidagi
hisobvaraqlarning qoldiqlari bu satrni tashkil qilishi lozim:
45801 Obligatsiya va boshqa qarz vositalariga qilingan investitsiyalarni
sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
45803 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya
qilishdan olingan foyda;
45805 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog`ozlarni sotish
yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda.
“Sof pul moddalari bo`yicha foyda”- ushbu satrda inflyatsiya ta`sirini
hisobga olish uchun hisobot moddalarini qayta hisoblash natijasi aks ettiriladi.
“Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu satrga yuqoridagi satrlarga
kiritilmagan daromadlar kiritiladi. Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat
banklarining ko`pchilik qismida aynan foizsiz daromadlarning ulushi deyarli foizli
daromadlarning ulushiga teng. Bu banklarning asosiy faoliyat turi hisoblanadigan
operatsiyalardan kam daromad olayotganligini anglatadi. Ushbu satr:
45901 Bankning asosiy vositalari ijarasidan olingan daromadlar;
45905 Bankning boshqa ko`chmas mulkka qilingan investitsiyalardan
olingan daromadlar;
45909 Bankning asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan
olingan foyda;
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya
qilishdan olingan daromadlar;
45921 Hisobdan chiqarilgan mablag`larining qaytarilishi;
45994 boshqa foizsiz daromadlar hisobvaraqlar qoldiqlarini o`zida aks
ettiradi
6
.
Tijorat banklari foizsiz daromadlari tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan
vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olishda ular
avvalambor tan olinadi va shundan so‘ng daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi:
Debet 16401 – «Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun to‘lovlar»;
Kredit 45249 – «Mahalliy to‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun
olingan daromadlar».
Hisoblangan daromad undirilganda esa:
Debet Mijozning hisobvarag‘i;
Kredit 16401 – «Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun to‘lovlar».
Xozirgi kunda ko‘pchilik tijorat banklarida foizsiz daromadlarni undirishda
mijozning
hisobvarag‘ida
mablag‘
bo‘lsa
to‘g‘ridan–to‘g‘ri
daromad
hisobvarag‘iga kirim qilinayapti, ya’ni:
Debet Mijozning hisobvarag‘i;
Kredit 45249 – «Mahalliy to‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun
olingan daromadlar».
Agar mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmasa yuqorida keltirilgan
buxgalteriya o‘tkazmasi orqali daromad hisobga olinib, mablag‘ kelib tushishi
bilan undirib olinyapti.
Fikrimizcha, tijorat banklari foizsiz daromadlarni mijoz hisobvarag‘ida
mablag‘ bo‘lishidan qat’iy–nazar avval hisobga olib, keyin undirib olishi lozim.
SHu bilan birga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida banklar foizsiz
daromadlarni hisoblab qo‘ygandan so‘ng, mijozlarning to‘lovga layoqatsizligi
sababli, belgilangan muddatda uni undirib olish imkoniyatiga ega bo‘lmay
6
6
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 17 iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan
(2004 yil 13 avgustda 773-17-son bilan ro’yxatga olingan) "O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya
hisobi hisobvaraqlar rejasi" (yangi tahrir).
qoladilar. Ushbu holat bankning hisoblangan foizsiz daromadlari bo‘yicha
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasini yaratish zaruratini keltirib
chiqaradi. Buning uchun bank xar bir qarzdor mijoz uchun ochilgan 16401, 16405,
16409, 16413 shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘larini hisob–kitob qilishi kerak.
Fikrimizcha, 16401, 16405, 16409, 16413 shaxsiy hisobvaraqlardagi
hisoblangan foizsiz daromadlarning o‘z vaqtida to‘lanmaganlarini hisobga olish
uchun 16477 – «Olish uchun hisoblangan, shartnoma muddatida to‘lanmagan
foizsiz daromadlar» hisobvarag‘ini kiritsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi
7
.
Ushbu hisobvarag‘da olish uchun hisoblangan, lekin shartnomada belgilangan
muddatda to‘lanmagan (aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha
balansdan tashqari hisobvaraqlariga o‘tkazilgunga qadar hisoblangan muddati
o‘tgan) foizsiz daromadlar hisobi olib borilishi, bank uchun qancha hisoblangan
foizsiz daromad o‘z vaqtida undirilmaganligini bilish imkonini beradi.
Tijorat banklarida moliyaviy natijalar buxgalteriya hisobining maqsadi –
hisob tizimi va foydalanuvchilar uchun bank faoliyati natijalari to‘g‘risida
ma’lumotlarni tan olish, hisoblash, ularni jamlash va ularni aniq etkazib berishdir.
Banklar daromadlarini tahlil qilishda dastaval ularning tarkibi va dinamikasi
o‘rganiladi. Daromadlarning o’z vaqtida tegishli hisobvaraqlarda to’g`ri aks
ettirilishi, daromad va xarajatlarning har bir moddasining jami daromadlardagi
hissasi birma-bir tahlil qilinadi. Bundan tashqari daromad va xarajatlarni o’tgan
davr bilan taqqoslagan holda ham tahlil qilinadi. Bank daromadlarining
qonuniyligini tekshirish audit tekshiruvlarinnig asosini tashkil qiladi. Bank
daromadlarining har bir hisobi alohida tekshirilib, natijalari hisobotda aks ettirilishi
kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt,
jumladan tijorat banklari uchun ham daromadning mazmuni va mohiyati
to‘g‘risidagi masala eng dolzarb bo‘lgan muammolardan biri bo‘lib, u hozirgi
sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi
7
Umarov Z.A. Tijorat banklarida moliyaviy natijalar hisobi va tahlilining nazariy-uslubiy masalalari. i.f.n. ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. – T.: 2010. – 24 b.
sub’ektlardagidek daromad tijorat banki rivojlanishi yoki taraqqiy etishi hamda
bank kapitalini jamg‘arish uchun asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda
mulkchilikning xilma-xil shakllari hukm surayotgan bir paytda daromadning
jumladan, tijorat banklari daromadining ham iqtisodiy mohiyatini to‘g‘ri
aniqlash uchun bu kategoriyani tahlil qilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Bu o‘z navbatida bank daromadlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash
imkoniyatini beradi. Ushbu holat o‘z navbatida yuqori daromad keltiruvchi
xizmatlarini yanada kengaytirish lozimligini aniqlash imkoniyatlarini beradi.
Quyida ba`zi tijorat banklarimiz foizsiz daromadlari tarkibi bilan tanishtiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |