Kirish
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bank sektorining samarali faoliyati bilan
bog’liq. Raqobat sharoitida bank faoliyatining omad kaliti bo’lib, bank ichki
imkoniyatlarini
va
raqobatchilarning
xatti-harakatiga
hamda
bozor
konyunkturasidagi o’zgarishlarga bevosita javob bera olish qobiliyati hisoblanadi.
Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to’g’ri tashkil qilish
bilan bog’liq bo’lmasdan, balki yuqori foyda olish manfaati bilan tashqi
sharoitlarga moslashish hamdir. Bu borada bank tizimining moliyaviy
barqarorligini yanada mustahkamlash, respublika moliya-bank tizimini yanada
rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha
qabul qilingan dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni so’zsiz amalga oshirish, bank
nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga
alohida e’tibor qaratiladi.
1
Hozirgi davrda O’zbekistonda bank nazorati bo’yicha tijorat banklari
moliyaviy holatini tahlil qilishning o’ziga xos tizimi shakllangan. Shuningdek
tijorat banklari Markaziy bankka har oy faoliyatining ko’p sohalarini o’z ichiga
olgan ma’lumotlar, balans hisoboti, iqtisodiy normativlar hisob-kitobi, foyda va
zararlar hisobotlarini taqdim etadilar. “Foyda va zarar to’g’rida”gi hisobot
foydaning shakllanishi va yakuniy miqdori bilan bog’liq bank daromad va
xarajatlari shakllanish jarayonini faol boshqarish imkoniyatini beruvchi asosiy
ma’lumotlar manbaidir. Bu moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichi sof foyda
hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan oladigan
daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va
kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning iqtisodiyotning boshqa sohalariga
nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish katta
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiy - iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim usuvor yo`nalishlariga
bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi. / Xalq so`zi/ 2015 yil 16 yanvar.
ahamiyatga ega. Chunki tijorat banklari joriy va investitsion xarajatlarni
moliyalashtirishning asosiy, birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa
banklarning daromadlilik mohiyatini chuqur anglab yetish va mahalliy shart-
sharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil
qilish zarurdir. Tijorat banklarining moliyaviy natijalari asosiy o’rganiladigan
masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini
shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi
uchun uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini
yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. Bank
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada
mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda
investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga
erishishni ta’minlash, moliya – bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish
va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir.