Xulosa
Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi xulosalar shaklantirildi:
1.
Valyuta bozorida va qimmatbaho qog’ozlar operatsiyalaridan
keladigan daromadlar;
Tijorta banklari daromadlarini shakllantirishning bu omili mamlakatimizda
bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan valyuta bozori va qimmatli qog’ozlar
operatsiyalarida banklarning bevosita ishtrok etishi bilan bog’liqdir. Ushbu
jarayonning boshlanganligiga uzoq vaqt o’tgan bo’lishiga qaramay,
respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan va shu sohadagi bir necha tijorat banklari
o’z daromadlarini shakllantirishning bu yo’lidan oqilona foydalanmayaptilar.
Mamlakatimiz bank tizimidagi ayrim banklar o’z daromadlarini shakllantirishning
bu yo’liga hanuzgacha yetarli darajada e’tibor bermasdan kelmoqda.
Agar tijorat banklari respublikamiz bank tizimidagi “ob – havo” ni
belgilashda asosiy rolni o’ynashini e’tiborga olsak, bu tijorat banklari uchun
vaziyatning ancha og’ir ekanligi yanada yaqqol ko’zga tashlanadi.
2.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga ko’rsatadigan turli pulli
xizmatlar hajmi (banklar va mijozlarga ko’rsatishda xizmatlar bo’yicha olingan
kommisiyadan daromadlar);
Shubhasizki, tijorat banklari o’zlarining xarajatlarini moliyalshtirish uchun
yetarli miqdordagi daromaga ega bo’lishlari lozim. Ana shu daromadlarning bir
qismi tijorat banklari tomonidan quyidagi pulli xizmatlarni ko’rsatish orqali qo’lga
kiritiladi: mijozlarga kassaviy xizmat ko’rsatish, mijozlarga ish haqi berish uchun
oldindan naqd pullarni tayyorlash va ularga yetkazib berish, pul hisob-kitob
talillaarini mijozlarga berish, korxona va aholining qimmatli buyumlarini saqlash
mijoz nomidan va uning topshirig’iga asosan turli shartnomalar tuzish, mijoz
topshirig’iga asosan pul mablag’larini o’tkazib berish va shu kabi turli xil
zamonaviy xizmatlar. Bu xizmatlar va ularning boshq turlari tijorat banki bilan
mijoz o’rtasida turli xil pulli xizmatlar ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnomaga
asosan amlaga oshiriladi. Boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda tijorat banki
o’zining mijoziga qanchalik sifatli va har tomonlama xizmat ko’rsatsa, uning
daromadi faoliyatining shu turi bo’yicha shuncha yuqori bo’ladi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, tijorat banklari bu daromadlarining iqtisodiy
tabiati ularning asosiy faoliyati natijasida olinadigan daromadning (foizlarning)
iqtisodiy tabiatidan birmuncha farq qiladi. Fikrimcha, pulli xizmatlar ko’rsatishdan
olinadigan daromadning iqtisodiy tabiatini ko’rib chiqishda bu xizmatlarni taklif
qiluvchilar mehnatning xarakteri birinchi navbatda inobatga olinishi kerak.
3.
Yordamchi faoliyatdan olinadigan daromadlarning miqdori (boshqa
daromadlar);
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari ta’sischilar sifatida o’zlarining
a’zolik badallariga (paylariga) asoslangan holda boshqa xo’jalik yurituvchi
sub’yektlarning faoliyatida ham ishtrok etishlari mumkin. Bu asosan shu bilan
bevosita bog’liqki, inflyatsiya sharoitida tijorat banklarining o’z kapitallari ham
qadrsizlanmasdan qolmaydi. Xuddi shuning uchun ham ular o’z kapitallarini
foydali va oqilona joylashtirish uchun tijorat banklari ta’sischilik faoliyati bilan
shug’ullanishi kerak. Ana shu yo’nalishda olinadigan daromadlarning miqdori
xo’jalik yurituvcvhi sub’yektlar oborotiga joylashtirilgan va shu mablag’lardan qay
darajada
samarali
foydalanayotganligiga
bog’liq
va
tijorat
banklari
jamg’armalarining shakllanish manbalaridan biri bo’lib hisoblanishi kerak. Jahon
amaliyoti va o’tish davrlarining tajribasi bu daromadlar turli xildagi tovar va
fondlar birjalarini ta’sis etish, investitsion va sug’urta kompaniyalarini vujudga
keltirish jarayonida ishtrok etish va hokazolar orqali qo’lga kiritilishi mumkinligini
ko’rsatib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, bu daromadlarni tijorat banklari o’zlari
mablag’larining bir qismini moliyaviy sektorga joylashtirib qo’lga kiritishlari
mumkin. Bu o’z navbatida, iqtisodiyotning bu sektorida investitsiyalarning qaytimi
nisbatan yuqori ekanligi bilan belgilanadi yoki asosan sababi, kapitalga
joylashtirilgan daromad normasi iqtisodiyotning bu sektorida hamma vaqt uning
boshqa sektorlariga nisbatan yuqori ekanligidir. Bundan ana shu sektordagi
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning foydalilik darajasi qancha yuqori bo’lsa, tijorat
banklarining ta’sischi yoki aksioner sifatida oladigan foizli yoki dividendlari
shuncha yuqori bo’ladi, degan xulosa kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasi bank
tizimida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari daromadlarini shakllantirishdagi
tarkibiy qismlari yo’nalishida yanada ko’proq ishlarni, yangiliklarni qo’llash
kerakligi yaqqol ma’lum bo’ladi. Chunki ularning faoliyatida bu sohada ko’p ishlar
amalga oshirilmagan (ayrim hollar bundan mustasno) ular daromadining asosiy
qismi kreditlar uchun olinadigan foizlar hisobidan shakllanmoqda. Agar
rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari o’z mijozlariga 400 xildan ortiq xizmat
ko’rsatayotgan bo’lsa, respublikamiz tijorat banklari o’z mijozlariga 50 dan ortiq
xizmat turini ko’rsatmoqda.
13
13
Abdullayev, S. Xodjayev. Tijorat banklarida soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari // Bozor, pul, kredit. –
Toshkent, 2012.- №11(184).
Do'stlaringiz bilan baham: |