6-rasm "Asaka" DAT banki kredit portfelining tarmoqlar bo'yicha
tasniflanishi
34
Ammo Asaka" DAT bankning 2013-yilga mo`ljallangan kredit siyosatida
kreditlarning bitta sohada to'planishi kredit portfeli umumiy summasining 25
foizidan oshmasligi lozim. Keyingi o'rinda jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar
egallaydi 7 %. Qolgan sohalarning ulushi juda ham kam. Bu esa bankda kredit
riskini oshishiga olib kelishi mumkin.
Banklarning
umumiy
kapitali
va
depozitlar
bazasining
yanada
mustahkamlanishi
banklarning
ichki
manbalar
hisobiga
kreditlash
va
investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining
yuqori sur'atlarda o'sishini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Hususan, tijorat banklarining jami aktivlari hajmi 2014-yilda 2013-yilga nisbatan
28,2 foizga oshib, 2015-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 56,2 trln. so'mga etdi.
Shunday qilib bank ssudalar bo„yicha to„lay olmaslik riskini o„z zimmasiga
oladi. Foiz nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishda, shuningdek, kredit
siyosati munosabatlarini boshqarishda ustuvor iqtisodiy vosita vazifasini bajaradi.
34
"Asaka" DAT banki 2013-yil hisobot ma`lumotlari asosida muallif tamonidan tuzildi
Sanoat
60%
Savdo
15%
Jismoniy
shaxs
7%
Kommunal xizmat
5%
Qishloq xo`jaligi
4%
Qurilish
4%
Transport va
aloqa
3%
boshqa
2%
51
7-rasm. Tijorat banklarining kredit qo`yilmalari dinamikasi
35
2014-yilda tijorat banklarining kredit qo'yilmalari umumiy hajmi 2013-yilga
nisbatan 31,2 foizga o'sib, 2015-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 34,8 trln. so'mni
tashkil etdi. 2014-yil mobaynida korhonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va
texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 8,5
trln. so'm yoki 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar ko'p investitsion kreditlar ajratildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2014-yil davomida tijorat banklari
tomonidan mazkur soha sub'ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan
ajratilgan kreditlari hajmi 2013-yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, qariyb 9,2 trln.
so'mni tashkil etdi.
11-jadval
35
O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma‟lumotlari (www.cbu.uz)
Skoring asosida aniqlangan
risk darajasi uchun ustama
52
Kredit riski uchun marjani ballarda baholash
36
TadqiqodchiD.A.
Saidovo`ztadqiqotlaridatijoratbanklarikreditportfelidabirsohagayo`naltirilgankredit
larsalmog`ining
25
%
danoshmasliginitafsiyaetgan
37
.
Ushbufikrmuhimamaliyahamiyatgaegabo`lib,
banklardakreditriskidarajasinipasaytirishinita`minlaydi.
Tijoratbanklaridakreditbahosishaklanishidarisklarnihisobgaolganholdaaniqla
nishimuhimahamiyatkasbetadi. Bunda:
a)
Riskni hisobga olgan holda bank marjasi tavakkalchilikni baholash
bo`yicha skoring tizimida aniqlanadi;
b)
Skoring baholash kreditga ma`sul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Kredit uchun filial kredit komissiyasi tomonidan foiz stavkasini belgilashda
raqobatchilarning bozordagi taklifi ham inobatga olinadi. Kredit ta`minotining
likvidligi yoki boshqa xususiyatlari kredit uchun foiz stavkasini belgilashda kata
axamiyat kasb etmasligi lozim, chunki bank uchun kredit tavakkalchiligi bu asosan
36
I.Y.Qulliyev Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanish amaliyoti va uni takomillashtirish. Monografiya.T.,
“Iqtisod-Moliya”. 2013.
37
Saidov D.A. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yo`llari. I.f.n. ilm.
dar. ol. Uchun yoz. Diss. Avtoref. – T.: 2008 y. 16 b.
kreditga loyaqatlilik ko`rsatkichiga
belgilangan ball darajasi
%
100-95
3,0
94-90
3,5
89-85
4,0
84-80
4,5
79-75
5,0
74-70
5,5
69-65
6,5
64-60
7,5
59-55
8,5
54-50
10,0
53
kreditning birinchi manbadan, ya`ni qarz oluvchining pul oqimlari kredit to`lovini
qoplay olmasligidir.
Tijorat banklarida berilgan kreditlarning o`z vaqtida qaytishini ta`minlash
muhim masalalardan hisoblanadi. Bu muammoni xal etishning yo`llaridan biri
kreditga yuqori likvid ta`minot talab qilishdir. Kredit ta`minoti sifatida olingan
ta`minotning qiymati kredit va unga hisoblangan foizlar miqdoridan yuqori
bo`lishi kerak. Kredit ta`minoti birlamcha va ikkilamchi ta`minot manbalariga
bo`linadi. Birlamchi ta`minot mijozning kreditdan foydalanish natijasida oladigan
daromadlari yoki uning pul oqimlari hisoblansa, ikilamchi ta`minot boshqa barcha
turdagi ta`minot shakllarini o`z ichiga oladi. Kredit ta`minoti va uning sifat
darajasi
kredit
bahosining
shakllanishiga
o`z
ta`sirini
ko`rsatadi.
Mamlakatimizdagi ko`pgina tijorat banklari amaliyotida kredit ta`minoti va uning
sifati kredit bahosining shakllanishida hisobga olinmaydi. Kredit portfelining
ta`minot tahlilidan kelib chiqib, ta`minot turlari bo`yicha sifat va risk darajasini
baholash usullarini aniq o`rganish kerak. Agar berilayotgan kreditlar yuqori likvid
aktivlar bilan, yani hukumatning qimmatli qog`ozlari, qimmatbaho metallar va
hukumat kafolati bilan ta`minlagan bo`lsa, u holda bundan ta`minot bilan berilgan
kreditlarga hisoblangan foiz stavkalari nisbatan pastroq qilib belgilanishi zarur deb
o`ylaymiz.
Shu bilan birga tijorat banklari o‟z mablag‟larini iqtisodiyot real sektori
korxonalarining
kapitallashuv
darajasini
yanada
oshirish
va
moliyaviy
barqarorligini
mustahkamlash,
iqtisodiy
nochor
korxonalarni
moliyaviy
sog‟lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni
tarkibiy o‟zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
qayta jihozlash jarayoniga faol yo‟naltirmoqda.
III bob. Tijorat banklaridakredit bahosini takomillashtirish yo`llari va
istiqbollari
54
Bank foizi kredit munosabatlariga kirishgan ikkita subyektning bittasi bank
bo„lsagina vujudga kelishi mumkin.Shuni ta‟kidlash lozimki, kredit tashkiloti
ssudani asosan o„zining emas, balki jalb etilgan mablag„lar hisobidan beradi.
Vaqtincha bo„sh bo„lgan pul mablag„larini qayta taqsimlashdagi vositachilik
faoliyati uchun bankning olgan daromadi kompensatsiya rolini bajaradi. Bank
aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarmaslik riski omonatchilar passivlari
oldidagi majburiyatlarning bajarmaslik riskining oshishiga olib keladi.
Kredit bahosidan foydalanish mexanizmi deganda ssuda foizi siyosatini olib
borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo„llaniladigan vositalar, choralar
to„plami tushuniladi. Ularning ayrimlari quyidagilar hisoblanadi:
foiz darajasini shakllantirish usullari;
foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari;
Markaziy bank tomonidan foiz me‟yorlarini muvofiqlashtirish usullari;
foizlar bo„yicha o„zaro to„lovlar va undirishlar tartibi;
foizni to„lash manbalari;
qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz o„rtasidagi
bog„lanish;
kredit tashkilotining daromadi va xarajatini shakllantirishda foizning
o„rni.
Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqtisodiy
kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini olib borish
maqsadiga bog„liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda aksariyat hollarda uning
iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi subyektiv ustuvorlik namoyon bo„ladi. Bozor
munosabatlarigacha, ya‟ni xo„jalik mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan
foydalanish asosan davlatning xo„jalik yuritish siyosatiga bo„ysungan holda
amalga oshgan. Bu siyosat o„zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi
ham o„zgargan.
55
Foiz me‟yorini hisoblashda tijorat banklari tomonidan quyidagilarni
inobatga olish nazarda tutiladi:
o
Tayanch foiz stavkasining darajasi. Bu ko„rsatkich, odatda, ta‟minlangan
ssudalar bo„yicha kreditga layoqatli mijozlar uchun o„rnatiladi.
o Har bir bitim (kelishuv) shartlarini hisobga olgan holda risk uchun
ajratilgan qo„shimcha mablag„.
Risk uchun qo„shimcha quyidagi mezonlarga bog„liq holda tabaqalashadi:
mijozning kreditga layoqatliligi;
ssudabo„yichata‟minotningmavjudligivaxarakteri;
berilayotgan kredit muddati;
bank bilan mijoz o„rtasidagi o„zaro munosabatning mustah-kamligi;
foiz to„lovlari usullari;
kreditlash muddatlariga rioya qilish.
Bugungi kunda kredit bahosi quyidagi mexanizmlaridan foydalanilmoqda:
foiz darajasi kredit resurslariga bo„lgan talab va taklifdan kelib chiqqan
holda subyektlar o„rtasida tuziladigan shartnoma asosida o„rnatiladi;
ssudalar bo„yicha foiz stavkalarini o„rnatishi kredit kelishuvlari amalga
oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, ya‟ni:
– ssuda summasi va uni uzish muddati;
– ssuda ta‟minotining mavjudligi;
– mablag„larni jalb qilish sarflari;
– kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari;
– bankni rentabelli bo„lishini ta‟minlash zaruriyati;
– mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda bank va
mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi.
Kredit jamg„armalarining yo„nalishiga qarab foizlarni to„lash (o„tkazish)
turlicha bo„lishi mumkin:
56
– aylanma mablag„lari uchun berilgan kreditlar bo„yicha to„lovlar mahsulot
tannarxiga qo„shiladi;
– asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag„lari bo„lmagan
aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo„yicha xarajatlar korxona
foydasiga qo„shiladi.
Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to„langan foiz xarajatlari
Markaziy Bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida
soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o„tgan kreditlar foizi
soliq bazasini kamaytirmaydi. Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo„yicha
daromad va xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita
bog„liqligida namoyon bo„ladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida kredit bahosini
shakllantirish bankning jalb qilingan resurslari qiymati, kredit darajasi riski
darajasi, kredit amaliyoti xarajatlari, Markaziy bankning pul-kredit siyosati,
kreditga bo`lgan talab va taklif, raqobat kabi omillar tahliliga asoslangan.
Rivojlangan mamlakatlarda bank amaliyotida kredit bahosini belgilash turli
bosqichlarda va chuqur tahlillar asosida olib borishadi. Chunki kredit bahosini
bunday chuqur tahlil qilishdan asosiy madsad bank kredit operatsiyalarining
samaradorligiga erishish va bankning strategik maqsadlarni amalga oshirish
hisoblanadi.Xorijiy banklar amaliyotida kredit bahosini belgilashda bir qancha
modellar belgilanadi. Xususan AQSH tijorat banklari amaliyotida kredit bahosini
belgilashda foydalanilgan metodlar va modellarga to`xtalib o`tamiz. Kredit tizimi
rivojlangan mamlakatlarda kredit bahosini belgilashda:
“Qiymat plyus” modeli;
“Baho yetakchiligi”modeli;
“Qiymat – foyda ” modeli.
57
Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishing oddiy modeli “Qiymat plyus”
modeli bo`lib, bunda bank tamonidan jalb qilinadigan mablag`lar va kredit
amaliyoti bo`yicha bankning operatsion xarajatlari hisobga olingan holda kredit
bahosi shakllantiriladi. Ushbu modelda quyidagi komponentlar hisobga olinadi va
ularning yig`indisi sifatida umumiy qiymat aniqlanadi:
- bank uchun qarz oluvchini kreditlash maqsadida jalb qilingan mablag`lar
qiymati;
- bajarilmasligi mumkin bo`lgan majburiyatlar riski darajasiga to`lov
(bankning risk ustamasi);
- kredit bo`yicha bank marjasi yoki bankning oladigan minimal daromadi;
- bank operatsion xarajatlari, kredit boshqarmasi xodimlarining oylik ish
haqlari, kreditni rasmiylashtirish, kredit monitoring va kreditni so`ndirishi bilan
bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar.
Ushbu ma`lumotlar asosida quyidagi formula orqali ifodalaymiz
38
:
=
+
+
+
Berilgan komponentlardan har biri kredit summasiga nisbatan yillik fois
shaklida aks ettirilishi mumkin. “Qiymat plyus” modeli oddiyligi va tezkorligi
bilan ajralib turadi. Lekin uning kamchiligi sifatida bank o`z xarajatlarini aniqlash
jaroyoning texnik jihatdan murakkabligi va boshqa kreditorlar tomonidan taklif
qilinadigan foiz stavkalar, ya`ni raqobat omilining xisobga olinmasligidir. Tijorat
banklari tomonidan beriladigan kreditlarbo`yicha foiz stavkalari Markaziy
bankning
qayta
moliyalash
stavkasiga
yuqoridagi
keltirib
o`tilgan
38
I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining shaklanish amaliyoti va uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-M oliya”, 2013.
Kredit
bahosi
Kreditlash
uchun jalb
qilingan
mablag`lar
qiymati
bankning
operatsion
xarajatlari
bankning
risk
ustamasi
bankning
foiz
marjasi
58
komponentlarning mos foizlarni qo`shish orqali keltirib chiqariladi. Masalan, bank
o`z mijozidan 20 mln so`mlik kredit buyurtmasini oldi va bazaviy stavka 12 foizni
tashkil qilsin. Kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish bo`yicha operatsion
xarajatlar tahlil natijasida kredit summasining 2 foizini tashkil qilishi aniqlandi.
Kredit boshqarmasi kredit riski bo`yicha 2-6 foiz miqdorida ustama o`rnatilishini
belgilab qo`ydi. Bank esa foiz marjasini 2 foiz deb belgiladi. Shundan kelib chiqib,
tijorat banki kreditining bahosi 18 foizni, ya`ni (12+2+2+2)ni tashkil qilishini
hisoblab chiqdik.
“Baho yetakchiligi” modeli 1930-yillardagi buyuk depressiya davrida
AQSHning eng yirik banklari “praym-rayt” (bazaviy yoki ma`lumot stavkasi) nomi
bilan mashhur bo`lgan kreditlar bo`yicha unifikatsiyalashgan foiz stavkasini hamda
qisqa muddatli kreditlar bo`yicha kreditga layoqatliligi yuqori ishonchli mijozlarga
taklif qilinadigan eng past stavkani o`rnatishni joriy etdilar.
Ayni vaqtda AQSHda “praym-rayt” stavkasi tijorat banklari amaliyotida
yetakchi stavka bo`lib, kredit bo`yicha o`z stavkalarini doimiy ravishda e`lon qilib
boradigan yirik banklarning, ya`ni “pul markazlari” tomonidan e`lon qilinadigan
stavkasi hisoblanadi. Har qanday qarz oluvchiga beriladigan kredit bo`yicha
haqiqatdagi foiz stavka quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda:
Ks – kredit foiz stavkasi;
Bs – bazaviy yoki praym-rayt stavkasi (bank marjasi hisobga olingan
holdagi);
U – ustama, birinchi sinfga kirmaydigan mijozlarga majburiyatlarni bajara
olmasligi uchun qo`yiladigan ustama;
Rm – risk mukofoti.
Ks=Bs+U+Rm
59
Oxirgi paytlarda rivojlangan davlatlar bank tizimida vujudga kelgan, ” Baho
yetakchiligi”modelining yana bir shakli sifatida < > deb ataluvchi stavkalar
kredit foizlarini hisoblashda qo`llanilmoqda. Buning mazmuni shundaki, bank
mijozga suzib yuruvchi stavkada kredit berganda bazaviy stavkalar o`zgargan
sharoitda ham o`zgarmaydigan kreditning maksimal foiz stavkasi hisoblanadi.
Ammo banklar o`zlarining kredit shartnomalarida “kep” stavkalarini o`rnatishda
ehtiyot bo`lishlari zarur. Yuqori foiz stavkalarini ushlab turishning uzoq davri,
suzib yuruvchi foiz stavkalari bo`yicha riskning qarz oluvchidan kreditorga o`tib
ketishi ham kuzatiladi.
12–jadval
Xalqaro bank amaliyotida kredit bahosi shakllantirishda
qo`llaniladigan modellarning afzalligi va kamchiliklari
39
Model nomi
Afzalliklari
Kamchiliklari
“Qiymat
plyus”
Kreditlash amaliyotidagi barcha
xarajatlar hisobga olinadi va
kredit bahosi aniq o`rnatiladi.
Boshqa kreditorlar
tamonidan raqobat
omilining hisobga
olinmasligi
“Baho
yetakchiligi”
Foiz risklarini boshqarish
imkoniyatini beradi.
Bazida kredit risklarining
ortishiga olib kelishi minkin
“Qiymat –
foyda ”
Bank risklarini optimal
boshqarish mumkin va bankning
mujoz bazasini oshiradi
Texnik jihatdan murakkab
usul, barcha omillarni
hisobga olish va ko`p vaqtni
talab etadi.
“Qiymat – foyda ” modeli asosida kredit stavkasini o`rnatish. Bu model
kredit foiz stavkasini o`rnatishga yondashuv “mijozning daromadliligi tahlili”nomi
bo`lgan konseptsiyalarning bir yo`nalishi hisoblanadi. Taxlil obyekti mijozdan
keladigan daromadlar hisoblanib, bank mijozidan olinadigan kredit foizlaridan
tashqari daromad keltiradigan boshqa manbalar ham tahlil qilinadi. Mijozdan
olinadigan bank daromadlariga kredit foizlari,majburiyatlar bo`yicha komission
39
I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining shaklanish amaliyoti va uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-M oliya”, 2013.
60
haq, vositachilik haqi va ma`lumotlar taqdim etishdan olinadigan daromadlar
kiritiladi.
Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosida yuzaga keladigan bir necha
muommolarni bartaraf etsak maqsadga muofiq bo`lar edi:
asosiy muommalardan biri mamlakatimizda kredit siyosati kredit bahosi
mijozlarning toifasiga va kreditalash usullariga qarab tabaqalashtirilmagan;
amaliyotda aksariyat hollarda kreditlash jarayonida kreditlar bahosi
mijozning kredit tarixiga mos ravishda shakllantirilmaganligicha qolmoqda;
kreditlash jaroyonida mijozlarning to`lov qobiliyatini baholash tizimida
kamchiliklar mavjud;
kredit bahosi belgilashda uning foiz stavkasi nisbatan past, lekin tijorat
banklari tamonidan qo`shimcha to`lovlar foiz stavkasi esa balandligicha qolmoqda:
, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit
xizmatlarini ko‟rsatish bilan bog‟liq quyidagi muammolarni alohida ko‟rsatib
o‟tish zarur:
- aholi ayrim toifasining to‟lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar
etarli darajada emasligi;
- olingan kreditlarning ko‟pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;
- tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash
bo‟yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;
- banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;
- iste‟mol krediti ob‟ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining
sun‟iy ravishda oshirilishi.
Kredit bahosi bilan bog`liq ushbu muommolarni bartaraf etish uchun quyida
keltirilgan taklif va mulohazalarni e`tiboringizga taqdim etamiz. Aminmizki, ushbu
takliflar kredit bahosining ijobiy o`zgarishiga olib keladi.
61
1.
Yuqoridagi keltirib o`tgan modellardan kelib chiqib, O`zbekiston bank
amaliyotida ham ularni qo`llashni tavsiya etamiz. AQSH bank tizimida uchbu
modellar orqali kredit bahosi mexanizmi ancha samarali faoliyat yuritib kelmoqda:
avvalo, bankning jalb qilingan resurslar bahosi, kreditladh amaliyoti
xarajatlari va yetarli foyda marjasini ta`minlaydi;
yana bir tarafdan, bank mijoz bazasini mustahkamlab, uning kredit
xizmatlari bozoridagi faolligini oshiradi.
Shularni inobatga olib, tijorat banklarida kredit bahosi iqtisodiy asoslanishi,
ya`ni bank mijozi va bank manfaatlarini hisobga olgan holda yo`lga qo`yish lozim.
Tijorat banklarida kredit bahosining asosini tashkil qiluvchi jaln qilingan
majburiyatlarga to`lanadigan foiz xarajatlarining jami xarajatlar tarkibidagi ulushi,
uning tarkibini optimallashtirish, tahlil qilish va samarali boshqarish zarur. Chunki
tijorat
banklarining
barqaror
moliyaviy
resurslarga
ega
bo`lishi
bank
majburiyatlarining tuzilmasiga bog`liq. Banklar avvalo, kredit bahosini chiqarishda
kredit xizmati tannarxini hisobga olmasdan shakllantirilishi banklar faoliyati
natijalarining zarar bilan yakunlanishiga, ayrim hollarda bankrotlik holatlarini
keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olib, tadqiqot natijasida shunga amin bo`lamizki,
kreditlash amaliyotida bankning kreditlash bilan bog`liq xarajatlari, birinchidan
bankning jalb qilingan resurslar bahosini hisobga olish lozim ekan.
2. Mamlakatimiz bazi bir tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash
amaliyotida vositachilik haqining nisbatan yuqoriligi yoki kredit chiqarishda turli
chalkashliklarning bartaraf etish darkor.
Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi. Bankning
asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa, jismoniy shaxslarning bank
kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishga bo`lgan
talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning o`sishiga imkon
yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishida kredit
62
foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo`shimcha to`lovlar joriy
qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Masalan, OATB “Asabank” da jismoniy
shaxslarga beriladigan ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish uchun 200 ming so`m
miqdorda, OATB “Qishloq qurilish bank” da ushbu davrdagi eng kam oylik ish
haqining 2 barobari miqdorida haq olinadi. Bunday misollarni yana keltirish
mumkin. Axir mijoz belgilangan kredit foizini to`lasa-yu, buning ustiga yana
qo`shimcha haq to`lasa. Bizningcha, uchbu vositachilik haqlari kredit bahosi
tarkibida inobatga olinsa kerak. Bunday qo`shimcha to`lovlarning undirilishi mijoz
tomonidan to`lanadigan to`lovlarning oshishiga olib kelmoqda. Bu esa mijozning
moliyaviy ahvoliga yanada ta`sir qiladi. Tijorat bankalari tomonidan kreditlar
bo`yicha qo`shimcha to`lov va yig`imlarning joriy qilinishi qonuniy man
etilmagan. Lekin, bank tijorat tashkiloti sifatida daromad olishni ko`zlab, mijozlar
manfaatiga qarshi faoliyatni amalga oshirmasligi zarur.
Shuni ta`kidlash kerakki, mamlakatimiz banklari depozit va kredit
operatsiyalariga doir muddatlar va shartlar, foiz stavkalari, mukofotlar va yig`imlar
to`g`risida o`z mijozlariga muntazam ravishda axborot berib borishlari darkor.
Tijorat banklari raqobatni ta`minlaydigan bahoni shakllantirish tizimiga o`tishlari
lozim.
Bu tajribani Rossiya Federatsiyasining bank amaliyotidan o`rganish
maqsadga muofiqdir. Federatsiyaning “Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni
himoyalash to`g`risida” gi qonuniga muofiq, bank xizmatlari bo`yicha bahoning
o`rtacha bozor bahosidan o`n foizgacha o`zgarish yuz bergandabank faoliyati
Monopoliyaga qarshi Federal xizmat tomonidan nazoart amalga oshiriladi.
3. Respublikamiz tijorat banklarida kredit bahosini chiqarishda mijozning
kredit tarixi tahlili asosida shakllantirish tartibiniyo`lga qo`yish.
Mijozlarni kreditlash jarayonida ularning kredit tarixini tahlil qilish orqali
mijozlarning majburiyatlarni bajarishi, to`lov tizimiga rioya qilishi baholanadi. Bu
63
esa kredit bahosini shakllatirishda munim omil bo`lib xizmat qiladi. Mijozning
kredit tarixi to`rt kategoriya asosida sinflarga ajratilib, risk darajasi baholanadi.
Bank mijozlarining majburiyatlari qay darajada bajarganligini tahlil qilish va
shunga muoviq o`z siyosatini amalga oshirish lozim.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi
197-sonli “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to`g`risidagi axborotlarni hisobga olish
tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga muoviq, O`zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qoshida Kredit axboroti milliy instituti tashkil
qilindi. Bu muassasa tijorat banklarining kredit operatsiyalari va ularning
qarzdorlari to`g`risidagi axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, saqlash va ularni
taqdim etish bilan shug`ullanadi. Kredit axboroti milliy instituti tashkil qilinishi
bilan banklarda qarz oluvchi mijozlar kredit tarixini o`rganish orqali kredit
risklarini aniqlash imkoniyati yanada oshdi. Tijorat bankalari o`z mijozlarining
kredit tarixini tahlil qilishi va olingan natijalardan kreditlash jarayonida
foydalanishi juda zarur hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, banklarimiz mijozning
kredit tarixini baholash va kredit bahosini shakllantirishda hisobga olishi muhim
ahamiyat kasb etadi degan umiddamiz.
4.
Banklar banki ya`ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati
elastiklini oshirish va markazlashgan kreditlar hajmini ko`paytirish orqali tijorat
bankalari kredit bahosi mexanizmi barqarorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatish.
Mamlakatimiz rahbari o`z maruzalarida “Inqirozga qarshi choralar dasturida
kichik
biznesni
rivojlantirishnirag`batlantirishga
alohida
e`tibor
qaratishni
ta`kidlaydilar. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini
yaratish maqsadida institsional islohatlarni yanada chuqurlashtirishni o`z ichiga
oladi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo`llab -
quvvatlash maqsadida Imtiyozli kreditlar jamg`armasining resurs bazasini 2
64
barobar oshirish ko`zda tutilgan. Shu bilan birga berilgan imtiyozlarning amal
qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag`larni to`ldirish uchun beriladigan
kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga oshirildi”
40
deya e`tirof
etgandilar.
Shundan kelib chiqqan holatda, inqirozga qarshi choralar dasturida ko`zda
tutilgan ichki talabni qondirish uchun kredit foiz stavkasi barqaror bo`lishi zarur.
Bu esa Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastiklik darajasini
oshirishni taqozo etadi. Lekin mamalakatimizda Markaziy bank qayta moliyalash
stavkasining elastikligi past. Markaziy bank qayta moliyalash kreditlari hajmini
oshirish va qayta moliyalash stavkasini pasaytirish tijorat banklarining likvidlilik
darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bizningcha, Markaziy bank qayta moliyalsh
stavkasi inflatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasidan va foiz marjasining
me`yoriy darajasidan kelib chiqib o`rnatilishi kerak. Buning natijasida, tijorat
banklari taklif etayotgan kreditlar bahosi yanada tushishiga zamin yaratiladi.
Yuqorida olib borilgan tahlillarga asosan, O‟zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining pul-kredit siyosati tijorat banklari kreditlash amaliyotiga sezilarli ta‟sir
etuvchi omillardan hisobilanadi. Ayniqsa, qayta moliyalash siyosati banklarning
kreditlash salohiyatini va kredit taklifini oshirishga ijobiy ta‟sir qiladi.
O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi
2006 yildan hozirgi kunga qadar barqaror o‟zgarishsiz qolmoqda. Bu tijorat
banklari
kreditlarining
foiz
stavkalari
barqarorligini
ta‟minlashda muhim
ahamiyatga ega. Ammo, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining bunday
holati bank tizimiga va shu orqali xo‟jalik sub‟ektlari faoliyatiga ijobiy ta‟sir
qilmaydi. Mazkur holat Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastiklik
darajasi past ekanligini ko‟rsatadi va ushbu holda Markaziy bank qayta moliyalash
40
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va
choralari // - T.: “O`zbekiston”, 2009. 56 b.
65
siyosati orqali iqtisodiyotga va sub‟ektlar faoliyatiga ta‟sir o‟tkaza olmaydi.
Chunki, O‟zbekiston Respublikasi bank amaliyotida qayta moliyalash kreditlari
amalda berilmaydi. Bu esa o‟z navbatida Markaziy bankning banklar faoliyatiga va
ularning kreditlash imkoniyatlariga ta‟siri yo‟q ekanligini ko‟rsatadi.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati bugungi kunda
dolzarb ahamiyat kasb etadi va banklarning kredit potentsialiga bevosita ta‟sir
etadi.
5. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat
ko'rsatayotgan va mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes sub'ektlariga
tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi farqni davlat byudjeti
tomonidan subsidiyalashni joriy qilish lozim.
Buning natijasida:
birinchidan, tijorat banklarining kichik biznes sub'ektlarinikreditlash bilan
bog`liq bo'lgan kredit riskining darajasi kamayadi;
ikkinchidan, kichik biznes sub'ektlarining berilgankreditlarni qaytarish
imkoniyati oshadi, chunki, foiz stavkasikreditning bahosi hisoblanadi. Foiz
stavkasining pastligi kichikbiznes sub'ektlarining kreditlar bo'yicha foiz to'lovlari
yukiniengillashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, kredit riski darajasining
pasayishi esa, tijorat bankining kredit zararlarini qoplashga mo'ljallangan zaxira
ajratmalari miqdorining kamayishiga olib keladi.
6. Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha
diversifikatsiyalashuv darajasini oshirish taklifi.
Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar
bo‟yicha diversifikatsiyasini ta‟minlash lozim. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan bank kreditlarining hududlar va tarmoqlar bo‟yicha
diversifikatsiyasini amalga oshirish YaIMning o‟sishida muhim ahamiyat kasb
66
etadi. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‟rsatkichlarini baholash
tizimini takomillashgan varianti tavsiya etildi.
Mijozlarning kreditlarni o‟z vaqtida foizlari va asosiy qarz summalarini
qaytara olishi ularning kredit to‟lov qobiliyati darajasiga bog‟liq. Mijozning
kreditga layoqatligini tahlil etish va aniq baholash bankning kreditlash
samaradorligini oshiradi.
Fikrimizcha, tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga
alohida e‟tibor qaratishi lozim:
- bank mijozlarining to‟lovga layoqatligi bilan birgalikda, banklarda kredit
riski darajasini baholash tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda beriladigan
kredit bo‟yicha riskni boshqarish usullarini belgilash;
- xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlarni toifalarga ajratgan holda korxonalarning
xususiyatlarini hisobga oluvchi, ya‟ni qishloq xo‟jaligi, sanoat, savdo, aloqa va
boshqa tarmoqlarni xususiyatiga qarab kredit to‟loviga layoqatlilikni baholashni
joriy etish;
- banklar mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‟rsatkichlarini baholashda
faqatgina korxona faoliyatiga tegishli ma‟lumotlarga suyanib qolmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |