67
Xulosa
Ko`rib
chiqilgan
masalalar
bo`yicha
shuni
aytish
mumkinki,
mamlakatimizda tijorat banklarining o`rnini bundanda mustahkamlash, har bir
operatsiyada banklarning ahamiyati o`ziga xosligi, bank – mijoz o`rtasidagi o`zaro
ishonchning mustahkamligi, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo`lgan
talabini vaqtida ta`minlash, bu borada ularga imkoniyatlar yaratish, kredit bahosini
kredit siyosati bandida alohida ko`rib chiqish zarurligini belgilab berdi. Kredit
bahosi bilan bog`liq muammolarni o`z vaqtida aniqlagan holda, mijozlarga ilochi
boricha arzon kreditlar bilan ularni rag`batlantirib, bank aktiv operatsiyalariga
ijobiy ta`sir ko`rsatishdan iboratdir. Shuni to`g`ri tushunishimiz lozim, bizning
mamlakatimiz
bank
amaliyotida
bir
qancha
muommolar
bor,
bunday
muammolarga hech birimiz ko`z yummasligimiz kerak. Jahon tajribasi shuni
ko`rsatdiki, rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida har qanday yo`l bilan mijoz
ishonchini oqlash, ularni ilochi boricha bank xizmatlaridan foydalanishga
rag`batlantirish, “bank - mijoz uchun” shiorini doim tushurmasligiga guvoh
bo`lmoqdamiz. Chunki, bankning barqaror rivojlanishi mijozlar manfaatlarining
ustuvorligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda tijorat banklari kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy
qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari juda keng bo'lib, ulardan samarali foydalanishga
erishish
milliy
iqtisodiyotning
rivoji
va
aholining
turmush
darajasini
yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni
ko‟rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining
kreditlash salohiyatining birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular
tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari
yildan-yilga o‟sish tendentsiyasiga ega bo‟lmoqda. Davlatimiz tomonidan bank
tizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash va
68
kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o‟sishini ta‟minlash xar yili ustuvor
vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat banklarining kreditlash
salohiyatini oshirishga va natijada ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish
jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda.
2014-yil davomida Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga
oshirilgan chora-tadbirlar, shu jumladan, iqtisodiyotning pulga bo'lgan talabini
bank kreditlarini ajratish hajmlarini kengaytirish hisobiga to'liq qondirish, bank
hizmatlaridan foydalanish shart-sharoitlarini soddalashtirish va arzonlashtirish
borasida amalga oshirilgan ishlar hamda qayta moliyalash stavkasining 2 foiz
bandga tushirilganligi tijorat banklarining foiz siyosatiga o'z ta'sirini ko'rsatdi.
Shuningdek, respublikadagi mavjud makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik ham
kreditlar va depozitlar bo'yicha foiz stavkalari dinamikasida o'z ijobiy aksini topdi.
Birgina 2012 yilning o‟zida bank tizimining resurs bazasini mustahkamlash
borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida banklarning jami
kapitali mazkur yilda 24,3 foizga o‟sib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 6,2 trln. so‟mni
tashkil etgani, natijada tijorat banklarining umumiy aktivlari o‟tgan yilga nisbatan
8,3 trln. so‟mga yoki 30,2 foizga oshib, 35,7 trln. so‟mga etgani va banklar
tomonidan ajratilgan kreditlar qoldig‟i esa 4,7 trln. so‟mga yoki 30,2 foizga oshib,
2013 yil 1 yanvar holatiga 20,4 trln. so‟mni tashkil etgani yuqoridagi fikrlarimizni
yaqqol isbotlab turibdi.
Xususan, depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan
7,7 foizgacha pasaydi. Bunda jismoniy shahslar depozitlari (talab qilib olinguncha
depozitlar hisobga olinmagan xolda) bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil
boshidagi 9,8 foizdan 8,0 foizgacha, yuridik shahslar depozitlari bo'yicha esa yil
boshidagi 7,4 foizdan 5,5 foizgacha pasaydi.
Shu bilan birga, banklararo pul bozorida o'rtacha foiz stavkasi yil davomida
1,0 foiz bandga pasayib, 9,0 foizni tashkil etdi. Tijorat banklarining resurs bazasini
69
shakllantirish bilan bog‟liq harajatlarning qisqarishi mos ravishda kreditlar
bo'yicha foiz stavkalarining pasayishiga olib keldi. Bunda tijorat banklari
tomonidan ajratilgan kreditlar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi 12,4 foizdan
10,5 foizgacha, imtiyozli kreditlarni hisobga olmagan xolda esa 14,3 foizdan
12,5 foizgacha pasaydi.
Lekin, respublikamiz tijorat banklari kreditlash salohiyatini oshirish va unga
belgilanadigan baho sifati bilan bog`liq bir qator muammolar ham ko‟zga
tashlanmoqda. Respublikamiz tijorat banklarida kreditlash faoliyati bilan bevosita
bog‟liq va ularning kreditlash salohiyatini oshirish bilan bog‟liq asosiy muammolar
quyidagilar:
1.
Tijorat
banklari
kreditlarining
tarmoqlar
va
hududlar
bo‟yicha
taqsimlanishida diversifikatsiya darajasining pastligi, ya‟ni mamlakatning qator
tijorat
banklarida
kredit
portfelini
diversifikatsiyalash
talabiga
rioya
etilmayotganligi;Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar xususiyati
tahlili shundan dalolat beradiki, respublikamizda bank kreditlarining asosiy qismi
sanoat tarmog‟iga ajratilgan kreditlar hissasiga to‟g‟ri keladi. Bu esa banklarda
tarmoq riskini keltirib chiqaradi.
2. Aholi ayrim toifasining to‟lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar
etarli darajada emasligi;
3. Olingan kreditlarning ko‟pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;
4. Tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash
bo‟yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;
5. Banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;
6. Iste‟mol krediti ob‟ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining
su‟niy ravishda oshirilishi;
7. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‟rsatkichlarini baholash
tizimining takomillashmaganligi;
70
8. Respublikamiz tijorat banklari resurs bazasining mustahkam emasligi va
beqarorligi;
Olib borilgan tahlillar natijasida respublikamiz tijorat banklari resurs
bazasining zaif ekanligi va etarli uzoq muddatli resurs bazasiga ega emasligi
aniqlandi. Mamlakatimiz tijorat banklari brutto depozitlari tarkibida talab qilib
olingunga qadar depozitlar ulushining xalqaro amaliyotdagi me‟yorlardan yuqori
ekanligi bir tarafdan resurs bazasi zaifligidan dalolat bersa, boshqa tarafdan
bankning likvidlilik ko‟rsatkichlariga salbiy ta‟sirni yuzaga keltiradi. Shuning
uchun yurtimiz banklari ko`proq muddatli depozitlar jalb qilib, kelajakda kredit
operatsiyalarining prognoz ko`rsatkichlarini ijobiy holatga olib kelishi mumkin.
Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotini va ularning
kreditlash salohiyatini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat
ko'rsatayotgan va mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes sub'ektlariga
tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi farqni davlat byudjeti
tomonidan subsidiyalashni joriy qilish lozim.
2. Tijorat
banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha
diversifikatsiyalashuv darajasini oshirish taklifi.
Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar
bo‟yicha diversifikatsiyasini ta‟minlash lozim. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy
banki
tomonidan
bank
kreditlarining
hududlar
va
tarmoqlar
bo‟yicha
diversifikatsiyasini amalga oshirish YaIMning o‟sishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‟rsatkichlarini baholash
tizimini takomillashgan varianti tavsiya etildi.
71
3. Banklar banki ya`ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati
elastiklini oshirish va markazlashgan kreditlar hajmini ko`paytirish orqali tijorat
bankalari kredit bahosi mexanizmi barqarorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatish.
4. Respublikamiz tijorat banklarida kredit bahosini chiqarishda mijozning
kredit tarixi tahlili asosida shakllantirish tartibini yo`lga qo`yish.
Mijozlarni kreditlash jarayonida ularning kredit tarixini tahlil qilish orqali
mijozlarning majburiyatlarni bajarishi, to`lov tizimiga rioya qilishi baholanadi. Bu
esa kredit bahosini shakllatirishda munim omil bo`lib xizmat qiladi. Mijozning
kredit tarixi to`rt kategoriya asosida sinflarga ajratilib, risk darajasi baholanadi.
Bank mijozlarining majburiyatlari qay darajada bajarganligini tahlil qilish va
shunga muoviq o`z siyosatini amalga oshirish lozim.
5. Mamlakatimiz bazi bir tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash
amaliyotida vositachilik haqining nisbatan yuqoriligi yoki kredit chiqarishda turli
chalkashliklarning bartaraf etish darkor.
Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi. Bankning
asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa, jismoniy shaxslarning bank
kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishga bo`lgan
talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning o`sishiga imkon
yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishida kredit
foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo`shimcha to`lovlar joriy
qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz.
Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit bahosi mexanizmining
tartibga
solinishi,
ularning
kreditlash
salohiyatinining
barqarorlashiga,
banklarning kreditlash faoliyati samaradorligi oshishiga va natijada ular
tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni
moliyaviy qo‟llab-quvvatlashdagi faolligini oshirishga o‟zining ijobiy ta‟sirini
ko‟rsatadi degan umiddamiz.
72
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. : O'zbekiston, 1992-yil 8-
dekabr.
2. O‟zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 1999.
3. O„zbekiston Respublikasining “O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to„g„risida”gi Qonuni, 1995-yil 21-dekabr.
4. O„zbekiston Respublikasining “Bank va bank faoliyati to„g„-risida”gi
Qonuni, 1996-yil 25-aprel.
5. O‟zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‟g‟risida”gi
Qonuni. 2011-yil 4-oktyabr.
6. O‟zbekiston Respublikasi bank faoliyatini tartibga soluvchi Qonunlar
to‟plami. T. O‟zbekiston 2011-y. 448b.
7. O‟zbekiston Respublikasi banklari tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‟llab-quvvatlash bo‟yicha qonunchilik xujjatlari to‟plami.
T.O‟zbekiston 2011 y. 728 b.
8. “Qishloq
xo`jaligini korxonalarini davlat ehtiyojlari uchun xarid
qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarni tijorat banklari tomonidan
kreditlash tartibi tog`risida”gi Nizom, 2007y. 16-son, 168-modda.
9. O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada
erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni,
2000-yil 21 – mart.
10. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-
tadbirlari to‟g‟risida ”gi PQ-1317-sonli Qarori, 2010-yil 6-aprel.
11. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining“Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub‟ektlariga kredit berishni ko‟paytirishga oid qo‟shimcha chora-
tadbirlar to‟g‟risida”gi PQ-1501-son li Qarori, 2011-yil 11-mart.
73
12. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011-
2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning
barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‟rsatkichlariga erishishning
ustuvor yo‟nalishlari to‟g‟risida”gi. PQ-1438-sonli Qarori. “Xalq so‟zi” gazetasi.
2010 y.27 noyabr
13. Karimov I.A Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo„llari va choralari – T.: O„zbekiston, 2009.
14. I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi
va siyosatining qo`shma majlisidagi maruza. 2005-yil 28-yanvar.
15. I.A.Karimov O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Birinchi chaqirish
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining o`n to`rtinchi sessiyasidagi maruza.
1999-yil 14-aprel. Toshkent 1999 y.
16. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh
qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori, 1999-yil 15-yanvar.
17. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 22-fevraldagi
429-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida” gi
Nizomi.
18. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martdagi 432-
son “O‟zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi
to‟g‟risida”gi Nizomi.
19. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004-yil 21-maydagi 575-
son “Kredit axboroti milliy institutining ma‟lumotlar bazasini shakllantirish hamda
Banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axborotlari taqdim etish
tartibi to‟g‟risida”gi Nizomi.
20. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil-23
oktyabrdagi “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‟yiladigan talablar
74
to‟g‟risidagi nizomga o‟zgartirishlar va qo‟shimcha kiritish haqida”gi 34/16 –
sonli Qarori.
21. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi O'zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi Tijorat banklari tomonidan kichik biznes
sub'ektlariga byudjetdan tashqari jamg`armalar va “Mikrokreditbank” kredit
liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to'g`risidagi Nizomga o'zgartirish
va qo'shimchalar kiritish haqidagi 2008-yil 21-noyabr, 108-sonli qarori.
22. O„zbekiston Respublikasi bank tizimi/ F.M.Mullajonov tahriri ostida. –T.:
“O„zbekiston”, 2001. – 296 b.
23. Mullajonov F.M. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar
siyosatning 2014-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari. “Bozor, pul va kredit”
jurnali 2014-y №2.
24. Mullajonov F.M. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar
siyosatning 2013-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari. “Bozor, pul va kredit”
jurnali 2013-y №2.
25. I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining shaklanish amaliyoti va
uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2013.
26. Bobaqulov T.I. O`zbekiston Respublikasida milliy valyuta kursining
barqarorligini ta`minlash borasidagi muammolar va ularni hal qilish yo`llari. i.f.d.
ilm.dar.ol.uchun.yoz.diss.avtoref. Tashkent: BMA, 2008.
27. Y.Abduullayev, T.Qoraliyev, SH.Toshmurodov,S.Abdullayeva. Bank ishi.
O`quv qo`llanma. - T., “Iqtisod-Moliya”. 2010.
28. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. – T.: Moliya, 2002. – 304 b.
29. Pul, kredit va banklar. Darslik./ Sh.Z. Abdullayeva. – T.: TMI, 2007. –
347 b.
75
30. Saidov D.A. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlash amaliyoti va
uni takomillashtirish yo`llari. I.f.n. ilm. dar. ol. Uchun yoz. Diss. Avtoref. – T.:
2008 y. 16 b.
31. Lavrushin O.I. Dengi. Kredit. Banki. Uchebnik pod. red. – M.: Finansi i
statistika, 2004.
32. Balabanov
A.I.,
Borovkova
Vik.
A.,
i
dr.
Banki
i bankovskoe delo: Uchebnik dlya vuzov. 2-e izd. – SPb.: Piter, 2007 – 448s.
33. BeloglazovaG.N. Bankovskoedelo: Uchebnikdlyavuzov –SPB.: Piter,
2008 - 400s.
34. ErmakovS.L.
Osnoviorganizatsiideyatelnostikommercheskogobanka:
uchebnik. – M.: KNORUS, 2009 – 656s.
35. EndovitskiyD.A.,
BocharovaI.V.
Analiziotsenkakreditosposobnostizayomshchika: uchebno-prakticheskoeposobie. –
M.:KNORUS,2008 – 264s.
Internet saytlar
www.cbu.uz
www.lex.uz
www.google.ru
www.sbr.ru
www.stat.uz
www.tfi.uz
www.bpk.uz
www.uztadbirkor.uz
www.banker.uz
www.finance.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |