Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "tasdiqlayman"


-rasm "Asaka" DAT banki kredit portfelining tarmoqlar bo'yicha



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana12.12.2019
Hajmi0,77 Mb.
#29626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kredit bahosining shakllanish mexanizmi va uni takomillashtirish


 

6-rasm "Asaka" DAT banki kredit portfelining tarmoqlar bo'yicha 

tasniflanishi

34

 

Ammo  Asaka"  DAT  bankning  2013-yilga  mo`ljallangan  kredit  siyosatida 

kreditlarning  bitta  sohada  to'planishi  kredit  portfeli  umumiy  summasining  25 

foizidan  oshmasligi  lozim.  Keyingi  o'rinda  jismoniy  shaxslarga  berilgan  kreditlar 

egallaydi  7  %.  Qolgan  sohalarning  ulushi  juda  ham  kam.  Bu  esa  bankda  kredit 

riskini  oshishiga  olib kelishi  mumkin. 

Banklarning 

umumiy 


kapitali 

va 


depozitlar 

bazasining 

yanada 

mustahkamlanishi 



banklarning 

ichki 


manbalar 

hisobiga 

kreditlash 

va 


investitsiyalash  imkoniyatlarini  kengaytirish  orqali  mamlakat  iqtisodiyotining 

yuqori  sur'atlarda  o'sishini  moliyaviy  qo'llab-quvvatlashga  xizmat  qilmoqda.  

Hususan,  tijorat  banklarining  jami  aktivlari  hajmi    2014-yilda  2013-yilga  nisbatan 

28,2 foizga  oshib, 2015-yilning  1-yanvar  holatiga  ko'ra, 56,2 trln. so'mga etdi. 

Shunday  qilib  bank  ssudalar  bo„yicha  to„lay  olmaslik  riskini  o„z  zimmasiga 

oladi.  Foiz  nafaqat  pul-kredit  siyosatini  muvofiqlashtirishda,  shuningdek,  kredit 

siyosati munosabatlarini  boshqarishda ustuvor iqtisodiy vosita vazifasini  bajaradi. 

                                                                 

34

 "Asaka" DAT banki 2013-yil hisobot ma`lumotlari asosida muallif  tamonidan tuzildi 



Sanoat 

60% 

Savdo 

15% 

Jismoniy 

shaxs 

7% 

Kommunal xizmat 

5% 

Qishloq xo`jaligi 

4% 

Qurilish 

4% 

Transport va 

aloqa 

3% 

boshqa 

2% 

 

 

51 



 

 

 



7-rasm. Tijorat banklarining kredit qo`yilmalari dinamikasi

35

 

 

2014-yilda  tijorat  banklarining  kredit  qo'yilmalari  umumiy  hajmi  2013-yilga 



nisbatan  31,2  foizga  o'sib,  2015-yilning  1-yanvar  holatiga  ko'ra,  34,8  trln.  so'mni 

tashkil  etdi.  2014-yil  mobaynida  korhonalarni  modernizatsiya  qilish,  texnologik  va 

texnik  jihatdan    qayta  jihozlash  maqsadlariga  tijorat  banklari  tomonidan  jami  8,5 

trln. so'm yoki 2013-yilga  nisbatan 1,2 barobar ko'p investitsion kreditlar  ajratildi.   

Amalga  oshirilgan  tadbirlar  natijasida  2014-yil  davomida  tijorat  banklari 

tomonidan  mazkur  soha  sub'ektlariga  barcha  moliyalash  manbalari  hisobidan 

ajratilgan  kreditlari  hajmi  2013-yilga  nisbatan  1,3  barobarga  oshib,  qariyb  9,2  trln. 

so'mni tashkil  etdi.  

 

11-jadval 

                                                                 

35

O‟zbekiston  Respublikasi Markaziy  bankining ma‟lumotlari  (www.cbu.uz) 



  Skoring asosida aniqlangan 

  risk darajasi uchun ustama 



 

 

52 



 

 

Kredit riski uchun marjani ballarda baholash



36

 

  TadqiqodchiD.A. 

Saidovo`ztadqiqotlaridatijoratbanklarikreditportfelidabirsohagayo`naltirilgankredit

larsalmog`ining 

25 



danoshmasliginitafsiyaetgan



37

Ushbufikrmuhimamaliyahamiyatgaegabo`lib, 



banklardakreditriskidarajasinipasaytirishinita`minlaydi.   

  Tijoratbanklaridakreditbahosishaklanishidarisklarnihisobgaolganholdaaniqla

nishimuhimahamiyatkasbetadi.  Bunda: 

a) 


Riskni  hisobga  olgan  holda  bank  marjasi  tavakkalchilikni  baholash 

bo`yicha skoring tizimida  aniqlanadi; 

b) 

Skoring baholash kreditga  ma`sul xodim tomonidan amalga  oshiriladi.   



  Kredit  uchun  filial  kredit  komissiyasi  tomonidan  foiz  stavkasini  belgilashda 

raqobatchilarning  bozordagi  taklifi  ham  inobatga  olinadi.  Kredit  ta`minotining 

likvidligi  yoki  boshqa  xususiyatlari  kredit  uchun  foiz  stavkasini  belgilashda  kata 

axamiyat  kasb  etmasligi  lozim,  chunki  bank  uchun  kredit  tavakkalchiligi  bu  asosan 

                                                                 

36

  I.Y.Qulliyev  Tijorat  banklarida  kredit  bahosining  shakllanish  amaliyoti  va  uni  takomillashtirish.  Monografiya.T., 



“Iqtisod-Moliya”. 2013. 

37

  Saidov  D.A.  Tijorat  banklarining  qisqa  muddatli  kreditlash  amaliyoti  va  uni  takomillashtirish  yo`llari.  I.f.n.  ilm. 



dar. ol. Uchun yoz. Diss. Avtoref. – T.:  2008  y. 16  b. 

kreditga loyaqatlilik ko`rsatkichiga 

belgilangan ball darajasi 

  

  100-95 

  3,0 


  94-90 

  3,5 


  89-85 

  4,0 


  84-80 

  4,5 


  79-75 

  5,0 


  74-70 

  5,5 


  69-65 

  6,5 


  64-60 

  7,5 


  59-55 

  8,5 


  54-50 

  10,0 


 

 

53 



 

 

kreditning  birinchi  manbadan,  ya`ni  qarz  oluvchining  pul  oqimlari  kredit  to`lovini 



qoplay olmasligidir. 

  Tijorat  banklarida  berilgan  kreditlarning  o`z  vaqtida  qaytishini  ta`minlash 

muhim  masalalardan  hisoblanadi.  Bu  muammoni  xal  etishning  yo`llaridan  biri 

kreditga  yuqori  likvid  ta`minot  talab  qilishdir.  Kredit  ta`minoti  sifatida  olingan 

ta`minotning  qiymati    kredit  va  unga  hisoblangan  foizlar  miqdoridan  yuqori 

bo`lishi  kerak.  Kredit  ta`minoti  birlamcha  va  ikkilamchi  ta`minot  manbalariga 

bo`linadi.  Birlamchi  ta`minot  mijozning  kreditdan  foydalanish  natijasida  oladigan 

daromadlari  yoki  uning  pul  oqimlari  hisoblansa,  ikilamchi  ta`minot  boshqa  barcha 

turdagi  ta`minot  shakllarini  o`z  ichiga  oladi.  Kredit  ta`minoti  va  uning  sifat 

darajasi 

kredit 

bahosining 



shakllanishiga 

o`z 


ta`sirini 

ko`rsatadi. 

Mamlakatimizdagi  ko`pgina  tijorat  banklari  amaliyotida  kredit  ta`minoti  va  uning 

sifati  kredit  bahosining  shakllanishida  hisobga  olinmaydi.  Kredit  portfelining 

ta`minot  tahlilidan  kelib  chiqib,  ta`minot  turlari  bo`yicha  sifat  va  risk  darajasini 

baholash  usullarini  aniq  o`rganish  kerak.  Agar  berilayotgan  kreditlar  yuqori  likvid 

aktivlar  bilan,  yani  hukumatning  qimmatli  qog`ozlari,  qimmatbaho  metallar  va 

hukumat  kafolati  bilan    ta`minlagan  bo`lsa,  u  holda  bundan  ta`minot  bilan  berilgan 

kreditlarga  hisoblangan  foiz  stavkalari  nisbatan  pastroq  qilib  belgilanishi  zarur  deb 

o`ylaymiz. 

  Shu  bilan  birga  tijorat  banklari  o‟z  mablag‟larini  iqtisodiyot  real  sektori 

korxonalarining 

kapitallashuv 

darajasini 

yanada 

oshirish 



va 

moliyaviy 

barqarorligini 

mustahkamlash, 

iqtisodiy 

nochor 


korxonalarni 

moliyaviy 

sog‟lomlashtirish  va  boshqarish  mexanizmlarini  takomillashtirish,  iqtisodiyotni 

tarkibiy  o‟zgartirish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik 

qayta jihozlash  jarayoniga  faol yo‟naltirmoqda. 

III bob. Tijorat banklaridakredit bahosini takomillashtirish yo`llari va 

istiqbollari 


 

 

54 



 

 

Bank  foizi  kredit  munosabatlariga  kirishgan  ikkita  subyektning  bittasi  bank 



bo„lsagina  vujudga  kelishi  mumkin.Shuni  ta‟kidlash  lozimki,  kredit  tashkiloti 

ssudani  asosan  o„zining  emas,  balki  jalb  etilgan  mablag„lar  hisobidan  beradi. 

Vaqtincha  bo„sh  bo„lgan  pul  mablag„larini  qayta  taqsimlashdagi  vositachilik 

faoliyati  uchun  bankning  olgan  daromadi  kompensatsiya  rolini  bajaradi.  Bank 

aktivlari  zimmasidagi  majburiyatlarning  bajarmaslik  riski  omonatchilar  passivlari 

oldidagi  majburiyatlarning  bajarmaslik  riskining  oshishiga olib keladi.   

  Kredit  bahosidan  foydalanish  mexanizmi  deganda  ssuda  foizi  siyosatini  olib 

borishda  va  uni  amaliyotga  joriy  qilishda  qo„llaniladigan  vositalar,  choralar 

to„plami tushuniladi.  Ularning  ayrimlari  quyidagilar  hisoblanadi: 

  foiz darajasini  shakllantirish  usullari; 

  foiz stavkalarini  tabaqalashtirish  mezonlari; 

  Markaziy  bank tomonidan foiz me‟yorlarini  muvofiqlashtirish  usullari; 

  foizlar  bo„yicha o„zaro to„lovlar va undirishlar  tartibi; 

  foizni  to„lash manbalari;   

  qarz oluvchilar  manfaatlarini  himoya  qilish  tizimi  bilan  foiz o„rtasidagi 

bog„lanish;  

  kredit tashkilotining  daromadi va xarajatini  shakllantirishda  foizning 

o„rni.  


  Bu  mexanizm,  bir  tomondan,  foizni  tovar  ishlab  chiqarish  iqtisodiy 

kategoriyasi  sifatida  ifodalasa,  ikkinchi  tomondan,  uning  foiz  siyosatini  olib  borish 

maqsadiga  bog„liq  ekanligini  ifodalaydi.  Amaliyotda  aksariyat  hollarda  uning 

iqtisodiy  tabiatiga  qarama-qarshi  subyektiv  ustuvorlik  namoyon  bo„ladi.  Bozor 

munosabatlarigacha,  ya‟ni  xo„jalik  mexanizmi  amal  qilgan  davrda  bank  foizidan 

foydalanish  asosan  davlatning  xo„jalik  yuritish  siyosatiga  bo„ysungan  holda 

amalga  oshgan.  Bu  siyosat  o„zgarishi  bilan  bank  foizidan  foydalanish  mexanizmi 

ham o„zgargan. 



 

 

55 



 

 

 



Foiz  me‟yorini  hisoblashda  tijorat  banklari  tomonidan  quyidagilarni 

inobatga olish nazarda tutiladi: 

Tayanch foiz stavkasining  darajasi. Bu ko„rsatkich, odatda, ta‟minlangan 



ssudalar bo„yicha kreditga  layoqatli  mijozlar  uchun o„rnatiladi. 

o  Har bir bitim  (kelishuv)  shartlarini  hisobga olgan holda risk  uchun 

ajratilgan  qo„shimcha mablag„. 

 

Risk uchun qo„shimcha quyidagi  mezonlarga  bog„liq holda tabaqalashadi: 



  mijozning  kreditga  layoqatliligi; 

  ssudabo„yichata‟minotningmavjudligivaxarakteri; 

  berilayotgan  kredit muddati; 

  bank bilan  mijoz  o„rtasidagi o„zaro munosabatning  mustah-kamligi; 

  foiz to„lovlari  usullari; 

  kreditlash  muddatlariga  rioya qilish. 

  Bugungi  kunda kredit  bahosi quyidagi mexanizmlaridan  foydalanilmoqda: 

 

foiz darajasi kredit  resurslariga  bo„lgan talab va taklifdan  kelib  chiqqan 



holda subyektlar  o„rtasida tuziladigan  shartnoma asosida o„rnatiladi; 

 

ssudalar bo„yicha foiz stavkalarini  o„rnatishi  kredit kelishuvlari  amalga 



oshirilayotgan  aniq sharoitlarga  qarab, ya‟ni: 

 

–  ssuda summasi va uni  uzish muddati; 



 

–  ssuda ta‟minotining  mavjudligi; 

 

–  mablag„larni  jalb qilish  sarflari; 



 

–  kreditni  rasmiylashtirish  va nazorat qilish  xarajatlari; 

 

–  bankni rentabelli  bo„lishini  ta‟minlash  zaruriyati; 



 

–  mijozning  kreditga  layoqatliligi  kabilarni  inobatga olgan holda bank va 

mijoz  kelishuvlari  asosida amalga  oshiriladi. 

  Kredit  jamg„armalarining  yo„nalishiga  qarab  foizlarni  to„lash  (o„tkazish) 

turlicha  bo„lishi mumkin:   


 

 

56 



 

 

 



–  aylanma  mablag„lari  uchun  berilgan  kreditlar  bo„yicha  to„lovlar  mahsulot 

tannarxiga  qo„shiladi; 

 

–    asosiy  vositalar,  nomoddiy  va  boshqa  aylanma  mablag„lari  bo„lmagan 



aktivlarni  sotib  olish  uchun  berilgan  kreditlar  bo„yicha  xarajatlar  korxona 

foydasiga qo„shiladi.  

 

Bank  kreditlaridan  foydalanganligi  uchun  to„langan  foiz  xarajatlari 



Markaziy  Bank  tomonidan  belgilangan  qayta  moliyalashtirish  stavkalari  doirasida 

soliqqa  tortiladigan  bazani  kamaytiradi.  Ammo  muddatdan  o„tgan  kreditlar  foizi 

soliq  bazasini  kamaytirmaydi.  Foiz  mexanizmidan  foydalanish  foizlar  bo„yicha 

daromad  va  xarajatlarning  bankning  pirovard  moddiy  manfaatdorligi  bilan bevosita 

bog„liqligida  namoyon bo„ladi.  

  Taraqqiy  etgan  mamlakatlarning  bank  amaliyotida  kredit  bahosini 

shakllantirish  bankning  jalb  qilingan  resurslari  qiymati,  kredit  darajasi  riski 

darajasi,  kredit  amaliyoti  xarajatlari,  Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosati, 

kreditga  bo`lgan  talab  va  taklif,  raqobat  kabi  omillar  tahliliga  asoslangan. 

Rivojlangan  mamlakatlarda  bank  amaliyotida  kredit  bahosini  belgilash  turli 

bosqichlarda  va  chuqur  tahlillar  asosida  olib  borishadi.  Chunki  kredit  bahosini 

bunday  chuqur  tahlil  qilishdan  asosiy  madsad  bank  kredit  operatsiyalarining 

samaradorligiga  erishish  va  bankning  strategik  maqsadlarni  amalga  oshirish 

hisoblanadi.Xorijiy    banklar  amaliyotida  kredit  bahosini  belgilashda  bir  qancha 

modellar  belgilanadi.  Xususan  AQSH  tijorat  banklari  amaliyotida  kredit  bahosini 

belgilashda  foydalanilgan  metodlar  va  modellarga  to`xtalib  o`tamiz.  Kredit  tizimi 

rivojlangan  mamlakatlarda  kredit  bahosini belgilashda: 

 

“Qiymat plyus” modeli; 



 

“Baho yetakchiligi”modeli; 

 

“Qiymat – foyda ” modeli. 



 

 

57 



 

 

  Tijorat  banklarida  kredit  bahosi  shakllanishing  oddiy  modeli  “Qiymat plyus” 



modeli  bo`lib,  bunda  bank  tamonidan  jalb  qilinadigan  mablag`lar  va  kredit 

amaliyoti  bo`yicha  bankning  operatsion  xarajatlari  hisobga  olingan  holda  kredit 

bahosi  shakllantiriladi.  Ushbu  modelda  quyidagi  komponentlar  hisobga  olinadi  va 

ularning  yig`indisi   sifatida umumiy  qiymat  aniqlanadi: 

- bank uchun qarz oluvchini  kreditlash  maqsadida jalb  qilingan  mablag`lar 

qiymati; 

- bajarilmasligi  mumkin  bo`lgan majburiyatlar  riski  darajasiga  to`lov 

(bankning  risk ustamasi); 

- kredit bo`yicha bank marjasi  yoki bankning  oladigan  minimal  daromadi; 

- bank operatsion xarajatlari,  kredit  boshqarmasi xodimlarining  oylik  ish 

haqlari,  kreditni  rasmiylashtirish,  kredit monitoring  va kreditni  so`ndirishi bilan 

bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar. 

Ushbu ma`lumotlar  asosida quyidagi  formula  orqali ifodalaymiz

38



 

= 

+ 

+ 

+ 

 

   



  Berilgan  komponentlardan  har  biri  kredit  summasiga  nisbatan  yillik  fois 

shaklida  aks  ettirilishi  mumkin.  “Qiymat  plyus”  modeli  oddiyligi  va  tezkorligi 

bilan  ajralib  turadi.  Lekin  uning  kamchiligi  sifatida  bank  o`z  xarajatlarini  aniqlash 

jaroyoning  texnik  jihatdan  murakkabligi  va  boshqa  kreditorlar  tomonidan  taklif 

qilinadigan  foiz  stavkalar,  ya`ni  raqobat  omilining  xisobga  olinmasligidir.  Tijorat 

banklari  tomonidan  beriladigan  kreditlarbo`yicha  foiz  stavkalari  Markaziy 

bankning 

qayta 


moliyalash 

stavkasiga 

yuqoridagi 

keltirib 

o`tilgan 

                                                                 

38

I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining  shaklanish amaliyoti va uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-M oliya”, 2013.



 

Kredit  

bahosi

 

Kreditlash 



uchun jalb 

qilingan 

mablag`lar 

qiymati

 

bankning 



operatsion 

xarajatlari

 

bankning 



risk 

ustamasi

 

bankning 



foiz 

marjasi

 


 

 

58 



 

 

komponentlarning  mos  foizlarni  qo`shish  orqali  keltirib  chiqariladi.  Masalan,  bank 



o`z  mijozidan  20  mln  so`mlik  kredit  buyurtmasini  oldi  va  bazaviy  stavka  12  foizni 

tashkil  qilsin.  Kreditni  rasmiylashtirish  va  nazorat  qilish  bo`yicha  operatsion 

xarajatlar  tahlil  natijasida  kredit  summasining  2  foizini  tashkil  qilishi  aniqlandi. 

Kredit  boshqarmasi  kredit  riski  bo`yicha  2-6    foiz    miqdorida ustama o`rnatilishini 

belgilab  qo`ydi.  Bank  esa  foiz marjasini 2 foiz deb belgiladi. Shundan  kelib chiqib, 

tijorat  banki  kreditining  bahosi  18  foizni,  ya`ni  (12+2+2+2)ni  tashkil  qilishini 

hisoblab chiqdik. 

 

“Baho  yetakchiligi”  modeli  1930-yillardagi  buyuk  depressiya  davrida 



AQSHning  eng  yirik  banklari  “praym-rayt”  (bazaviy  yoki  ma`lumot  stavkasi) nomi 

bilan  mashhur  bo`lgan  kreditlar  bo`yicha  unifikatsiyalashgan  foiz  stavkasini  hamda 

qisqa  muddatli  kreditlar  bo`yicha  kreditga  layoqatliligi  yuqori  ishonchli  mijozlarga 

taklif  qilinadigan  eng past stavkani o`rnatishni  joriy  etdilar. 

  Ayni  vaqtda  AQSHda  “praym-rayt”  stavkasi  tijorat  banklari  amaliyotida 

yetakchi  stavka  bo`lib,  kredit  bo`yicha  o`z  stavkalarini  doimiy  ravishda  e`lon  qilib 

boradigan  yirik  banklarning,  ya`ni  “pul  markazlari”  tomonidan    e`lon  qilinadigan 

stavkasi  hisoblanadi.  Har  qanday  qarz  oluvchiga  beriladigan  kredit  bo`yicha 

haqiqatdagi  foiz stavka quyidagicha  hisoblanadi: 

   


  bu yerda: 

  Ks – kredit foiz stavkasi; 

  Bs  –  bazaviy  yoki  praym-rayt  stavkasi  (bank  marjasi  hisobga  olingan 

holdagi); 

  U  –  ustama,  birinchi  sinfga  kirmaydigan  mijozlarga  majburiyatlarni  bajara 

olmasligi  uchun qo`yiladigan  ustama; 

  Rm – risk mukofoti. 

Ks=Bs+U+Rm

 


 

 

59 



 

 

 Oxirgi  paytlarda  rivojlangan  davlatlar  bank  tizimida  vujudga  kelgan,  ”  Baho 



yetakchiligi”modelining  yana  bir  shakli  sifatida  <>  deb  ataluvchi  stavkalar 

kredit  foizlarini  hisoblashda  qo`llanilmoqda.  Buning  mazmuni  shundaki,  bank 

mijozga    suzib  yuruvchi  stavkada  kredit  berganda  bazaviy  stavkalar  o`zgargan 

sharoitda  ham  o`zgarmaydigan  kreditning  maksimal  foiz  stavkasi    hisoblanadi. 

Ammo  banklar  o`zlarining  kredit  shartnomalarida  “kep”  stavkalarini  o`rnatishda 

ehtiyot  bo`lishlari  zarur.  Yuqori  foiz  stavkalarini  ushlab  turishning  uzoq  davri, 

suzib  yuruvchi  foiz  stavkalari  bo`yicha  riskning  qarz  oluvchidan  kreditorga  o`tib 

ketishi  ham kuzatiladi. 

  12–jadval 

  Xalqaro bank amaliyotida kredit bahosi shakllantirishda  

  qo`llaniladigan modellarning afzalligi va kamchiliklari

39

 

Model nomi 

Afzalliklari 

 Kamchiliklari 

“Qiymat 

plyus” 


Kreditlash  amaliyotidagi  barcha 

xarajatlar   hisobga olinadi  va 

kredit bahosi aniq o`rnatiladi. 

 Boshqa kreditorlar 

tamonidan  raqobat 

omilining  hisobga 

olinmasligi 

“Baho 


yetakchiligi” 

Foiz risklarini  boshqarish 

imkoniyatini  beradi. 

 Bazida  kredit risklarining 

ortishiga  olib kelishi  minkin 

“Qiymat – 

foyda ” 

Bank risklarini  optimal 

boshqarish mumkin  va bankning 

mujoz bazasini  oshiradi 

Texnik  jihatdan  murakkab 

usul, barcha omillarni 

hisobga olish va ko`p vaqtni 

talab etadi. 

 

“Qiymat  –  foyda  ”    modeli  asosida  kredit  stavkasini  o`rnatish.  Bu  model 



kredit  foiz  stavkasini  o`rnatishga  yondashuv  “mijozning  daromadliligi  tahlili”nomi 

bo`lgan  konseptsiyalarning  bir  yo`nalishi  hisoblanadi.  Taxlil  obyekti  mijozdan 

keladigan  daromadlar  hisoblanib,  bank  mijozidan  olinadigan  kredit  foizlaridan 

tashqari  daromad  keltiradigan      boshqa  manbalar  ham  tahlil  qilinadi.  Mijozdan  

olinadigan  bank  daromadlariga  kredit  foizlari,majburiyatlar  bo`yicha  komission 

                                                                 

39

I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining  shaklanish amaliyoti va uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-M oliya”, 2013.



 

 

 

60 



 

 

haq,  vositachilik  haqi  va  ma`lumotlar  taqdim  etishdan  olinadigan  daromadlar 



kiritiladi.   

  Mamlakatimiz  tijorat  banklari  kredit  bahosida  yuzaga  keladigan  bir  necha 

muommolarni  bartaraf etsak maqsadga muofiq bo`lar edi: 

  asosiy  muommalardan  biri  mamlakatimizda  kredit  siyosati  kredit  bahosi 

mijozlarning  toifasiga  va kreditalash  usullariga  qarab tabaqalashtirilmagan;   

  amaliyotda  aksariyat  hollarda  kreditlash  jarayonida  kreditlar  bahosi 

mijozning  kredit  tarixiga  mos ravishda shakllantirilmaganligicha  qolmoqda; 

  kreditlash  jaroyonida  mijozlarning  to`lov  qobiliyatini  baholash  tizimida 

kamchiliklar  mavjud; 

  kredit bahosi belgilashda  uning  foiz stavkasi nisbatan past, lekin  tijorat 

banklari  tamonidan qo`shimcha to`lovlar  foiz stavkasi esa balandligicha  qolmoqda: 

,  mamlakatimiz  tijorat  banklari  tomonidan    jismoniy  shaxslarga  kredit 

xizmatlarini  ko‟rsatish  bilan  bog‟liq  quyidagi  muammolarni  alohida  ko‟rsatib 

o‟tish zarur: 

-  aholi  ayrim  toifasining  to‟lov  qobiliyati  pastligi  va  oladigan  daromadlar 

etarli  darajada emasligi; 

- olingan  kreditlarning  ko‟pchilik holatlarda  maqsadsiz ishlatilishi; 

-  tijorat  banklarida  jismoniy  shaxslarning  kredit  qobiliyatini  baholash 

bo‟yicha takomillashgan  tizimning  mavjud  emasligi; 

- banklarning  etarli  resurs bazasiga ega emasligi; 

-  iste‟mol  krediti  ob‟ekti  sifatida  tanlangan  tovar  va  xizmatlar  bahosining 

sun‟iy ravishda oshirilishi. 

Kredit  bahosi  bilan  bog`liq  ushbu  muommolarni  bartaraf  etish  uchun  quyida 

keltirilgan  taklif  va  mulohazalarni  e`tiboringizga  taqdim  etamiz.  Aminmizki,  ushbu 

takliflar  kredit bahosining  ijobiy  o`zgarishiga  olib keladi. 


 

 

61 



 

 

1. 



Yuqoridagi    keltirib  o`tgan  modellardan  kelib  chiqib,  O`zbekiston  bank 

amaliyotida  ham  ularni  qo`llashni  tavsiya  etamiz.  AQSH  bank  tizimida  uchbu 

modellar  orqali kredit  bahosi mexanizmi  ancha samarali  faoliyat  yuritib  kelmoqda: 

 

avvalo,  bankning  jalb  qilingan  resurslar  bahosi,  kreditladh  amaliyoti 



xarajatlari  va yetarli  foyda marjasini  ta`minlaydi; 

 

yana  bir  tarafdan,  bank  mijoz  bazasini  mustahkamlab,  uning  kredit 



xizmatlari  bozoridagi faolligini  oshiradi. 

Shularni  inobatga  olib,  tijorat  banklarida  kredit  bahosi  iqtisodiy  asoslanishi, 

ya`ni  bank mijozi  va bank manfaatlarini  hisobga olgan holda yo`lga qo`yish lozim.   

Tijorat  banklarida  kredit  bahosining  asosini  tashkil  qiluvchi  jaln  qilingan 

majburiyatlarga  to`lanadigan  foiz  xarajatlarining  jami  xarajatlar  tarkibidagi  ulushi, 

uning  tarkibini  optimallashtirish,  tahlil  qilish  va  samarali  boshqarish  zarur.  Chunki 

tijorat 

banklarining 

barqaror 

moliyaviy 

resurslarga 

ega 


bo`lishi 

bank 


majburiyatlarining  tuzilmasiga  bog`liq.  Banklar  avvalo,  kredit  bahosini  chiqarishda 

kredit  xizmati  tannarxini  hisobga  olmasdan  shakllantirilishi  banklar  faoliyati 

natijalarining  zarar  bilan  yakunlanishiga,  ayrim  hollarda  bankrotlik  holatlarini 

keltirib  chiqaradi.  Shuni  inobatga  olib,  tadqiqot  natijasida  shunga  amin  bo`lamizki,  

kreditlash  amaliyotida  bankning  kreditlash  bilan  bog`liq  xarajatlari,  birinchidan 

bankning  jalb  qilingan  resurslar bahosini hisobga olish lozim  ekan.  

2. Mamlakatimiz  bazi  bir  tijorat  banklarida  jismoniy  shaxslarni  kreditlash 

amaliyotida  vositachilik  haqining  nisbatan  yuqoriligi  yoki  kredit  chiqarishda  turli 

chalkashliklarning  bartaraf etish darkor. 

Hozirgi  sharoitda  bank  iqtisodiy  sektorning  lokomativi  hisoblanadi.  Bankning 

asosini  esa  kredit  operatsiyalari  tashkil  qiladi.  Ayniqsa,  jismoniy  shaxslarning bank 

kreditlari  hisobiga  turli  iste`mol  tovarlari  va  xizmatlarini  sotib  olishga  bo`lgan 

talabning  oshishi  tijorat  banklari  kreditlariga  bo`lgan  talabning  o`sishiga  imkon 

yaratdi.  Respublikamiz  bank  amaliyotida  kredit  bahosining  shakllanishida  kredit  



 

 

62 



 

 

foiz  stavkasidan  tashqari,  tijorat  banklari  tomonidan  qo`shimcha  to`lovlar  joriy 



qilinganligiga  guvoh  bo`lmoqdamiz.  Masalan,  OATB  “Asabank”  da  jismoniy 

shaxslarga  beriladigan  ipoteka  kreditlarini  rasmiylashtirish  uchun  200  ming  so`m 

miqdorda,    OATB  “Qishloq  qurilish  bank”  da  ushbu  davrdagi  eng  kam  oylik  ish 

haqining  2  barobari  miqdorida  haq  olinadi.  Bunday  misollarni  yana  keltirish 

mumkin.  Axir  mijoz    belgilangan  kredit  foizini  to`lasa-yu,  buning  ustiga  yana 

qo`shimcha  haq  to`lasa.  Bizningcha,  uchbu  vositachilik  haqlari  kredit  bahosi 

tarkibida  inobatga  olinsa  kerak.  Bunday  qo`shimcha  to`lovlarning  undirilishi  mijoz 

tomonidan    to`lanadigan  to`lovlarning  oshishiga  olib  kelmoqda.  Bu  esa  mijozning 

moliyaviy  ahvoliga  yanada  ta`sir  qiladi.  Tijorat  bankalari  tomonidan  kreditlar 

bo`yicha  qo`shimcha  to`lov  va  yig`imlarning  joriy  qilinishi  qonuniy  man 

etilmagan.  Lekin,  bank  tijorat    tashkiloti  sifatida  daromad  olishni  ko`zlab,  mijozlar 

manfaatiga  qarshi faoliyatni  amalga  oshirmasligi  zarur.  

Shuni  ta`kidlash  kerakki,  mamlakatimiz  banklari  depozit  va  kredit  

operatsiyalariga  doir  muddatlar  va  shartlar,  foiz  stavkalari,  mukofotlar  va  yig`imlar 

to`g`risida  o`z  mijozlariga  muntazam  ravishda  axborot  berib  borishlari  darkor. 

Tijorat  banklari  raqobatni  ta`minlaydigan  bahoni  shakllantirish  tizimiga  o`tishlari 

lozim.   

Bu  tajribani  Rossiya  Federatsiyasining  bank  amaliyotidan  o`rganish 

maqsadga  muofiqdir.  Federatsiyaning  “Moliyaviy  xizmatlar  bozorida  raqobatni 

himoyalash  to`g`risida”  gi  qonuniga  muofiq,  bank  xizmatlari  bo`yicha  bahoning 

o`rtacha  bozor  bahosidan  o`n  foizgacha  o`zgarish  yuz  bergandabank  faoliyati 

Monopoliyaga  qarshi Federal xizmat  tomonidan nazoart amalga  oshiriladi.   

3. Respublikamiz  tijorat  banklarida  kredit    bahosini  chiqarishda  mijozning 

kredit tarixi   tahlili  asosida shakllantirish  tartibiniyo`lga  qo`yish. 

Mijozlarni  kreditlash  jarayonida    ularning  kredit  tarixini  tahlil  qilish  orqali 

mijozlarning  majburiyatlarni  bajarishi,  to`lov  tizimiga    rioya  qilishi  baholanadi.  Bu 



 

 

63 



 

 

esa  kredit  bahosini  shakllatirishda  munim  omil  bo`lib  xizmat  qiladi.  Mijozning 



kredit  tarixi  to`rt  kategoriya  asosida  sinflarga  ajratilib,  risk  darajasi  baholanadi.  

Bank  mijozlarining  majburiyatlari  qay  darajada  bajarganligini  tahlil  qilish  va 

shunga muoviq o`z siyosatini  amalga  oshirish lozim.   

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004-yil  23-apreldagi 

197-sonli  “Qarz  oluvchilarning  kredit  tarixi  to`g`risidagi  axborotlarni  hisobga  olish 

tizimini  shakllantirish  chora-tadbirlari  to`g`risida”  gi  qaroriga  muoviq,  O`zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  qoshida  Kredit  axboroti  milliy  instituti  tashkil 

qilindi.  Bu  muassasa  tijorat  banklarining  kredit  operatsiyalari  va  ularning 

qarzdorlari  to`g`risidagi  axborotlarni  yig`ish,  qayta  ishlash,  saqlash  va  ularni 

taqdim  etish  bilan  shug`ullanadi.  Kredit  axboroti  milliy  instituti  tashkil  qilinishi 

bilan  banklarda  qarz  oluvchi  mijozlar  kredit  tarixini  o`rganish  orqali  kredit 

risklarini  aniqlash  imkoniyati  yanada  oshdi.  Tijorat  bankalari  o`z  mijozlarining 

kredit  tarixini  tahlil  qilishi  va  olingan  natijalardan  kreditlash  jarayonida 

foydalanishi  juda  zarur  hisoblanadi.  Bizning  fikrimizcha,  banklarimiz  mijozning 

kredit  tarixini  baholash  va  kredit  bahosini  shakllantirishda  hisobga  olishi  muhim 

ahamiyat  kasb etadi degan umiddamiz. 

4. 

Banklar  banki  ya`ni  Markaziy  bankning  qayta  moliyalash  siyosati 



elastiklini  oshirish  va  markazlashgan  kreditlar  hajmini  ko`paytirish  orqali  tijorat 

bankalari  kredit bahosi mexanizmi  barqarorligiga  ijobiy  ta`sir ko`rsatish. 

Mamlakatimiz  rahbari  o`z  maruzalarida  “Inqirozga  qarshi  choralar  dasturida 

kichik 


biznesni 

rivojlantirishnirag`batlantirishga 

alohida 

e`tibor 


qaratishni 

ta`kidlaydilar.  Ushbu  chora-tadbirlar  soliq  va  kredit  imtiyozlari  bilan  bir  qatorda, 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni    rivojlantirish  uchun  qulay  biznes  muhitini 

yaratish  maqsadida  institsional  islohatlarni  yanada    chuqurlashtirishni  o`z  ichiga 

oladi.  Jumladan,  yangi  tashkil  etilayotgan  kichik  va  xususiy  korxonalarni  qo`llab -

quvvatlash  maqsadida  Imtiyozli  kreditlar  jamg`armasining  resurs  bazasini  2 



 

 

64 



 

 

barobar  oshirish  ko`zda  tutilgan.  Shu  bilan  birga  berilgan  imtiyozlarning  amal 



qilish  muddati  uzaytirildi,  aylanma  mablag`larni  to`ldirish  uchun  beriladigan 

kreditlarning  eng  uzoq  muddati  12  oydan  18  oyga  oshirildi”

40

    deya  e`tirof 



etgandilar.   

Shundan  kelib  chiqqan  holatda,  inqirozga  qarshi  choralar  dasturida  ko`zda 

tutilgan  ichki  talabni  qondirish  uchun  kredit  foiz  stavkasi  barqaror  bo`lishi  zarur. 

Bu  esa  Markaziy  bank  qayta  moliyalash  stavkasining  elastiklik  darajasini 

oshirishni  taqozo  etadi.  Lekin  mamalakatimizda  Markaziy  bank  qayta  moliyalash 

stavkasining  elastikligi  past.    Markaziy  bank  qayta  moliyalash  kreditlari  hajmini 

oshirish  va  qayta  moliyalash  stavkasini  pasaytirish  tijorat  banklarining  likvidlilik 

darajasini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Bizningcha,  Markaziy  bank  qayta  moliyalsh 

stavkasi  inflatsiyaning  joriy  va  kutilayotgan  darajasidan  va  foiz  marjasining 

me`yoriy  darajasidan  kelib  chiqib  o`rnatilishi  kerak.  Buning  natijasida,  tijorat 

banklari  taklif  etayotgan kreditlar  bahosi yanada tushishiga  zamin  yaratiladi. 

Yuqorida  olib  borilgan  tahlillarga  asosan,  O‟zbekiston  Respublikasi Markaziy 

bankining  pul-kredit  siyosati  tijorat  banklari  kreditlash  amaliyotiga  sezilarli  ta‟sir 

etuvchi  omillardan  hisobilanadi.  Ayniqsa,  qayta  moliyalash  siyosati  banklarning 

kreditlash  salohiyatini  va kredit  taklifini  oshirishga  ijobiy  ta‟sir qiladi.   

O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  qayta  moliyalash  stavkasi 

2006  yildan  hozirgi  kunga  qadar  barqaror  o‟zgarishsiz  qolmoqda.  Bu  tijorat 

banklari 

kreditlarining 

foiz 


stavkalari 

barqarorligini 

ta‟minlashda  muhim 

ahamiyatga  ega.  Ammo,  Markaziy  bank  qayta  moliyalash  stavkasining  bunday 

holati  bank  tizimiga  va  shu  orqali  xo‟jalik  sub‟ektlari  faoliyatiga  ijobiy  ta‟sir 

qilmaydi.  Mazkur  holat  Markaziy  bank  qayta  moliyalash  stavkasining  elastiklik 

darajasi  past  ekanligini  ko‟rsatadi  va  ushbu  holda  Markaziy  bank  qayta moliyalash 

                                                                 

40

Karimov  I.A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va 



choralari  // - T.:  “O`zbekiston”, 2009.  56  b. 

 

 

65 



 

 

siyosati  orqali  iqtisodiyotga  va  sub‟ektlar  faoliyatiga  ta‟sir  o‟tkaza  olmaydi. 



Chunki,  O‟zbekiston  Respublikasi  bank  amaliyotida  qayta  moliyalash  kreditlari 

amalda  berilmaydi.  Bu  esa  o‟z  navbatida  Markaziy  bankning  banklar faoliyatiga va 

ularning  kreditlash  imkoniyatlariga  ta‟siri yo‟q ekanligini  ko‟rsatadi. 

Markaziy  bankning  tijorat  banklarini  qayta  moliyalash  siyosati  bugungi  kunda 

dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi  va  banklarning  kredit  potentsialiga  bevosita  ta‟sir 

etadi.  


5. O'zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotining  ustuvor  tarmoqlarida  faoliyat 

ko'rsatayotgan  va  mahsulotlarini  eksport  qilayotgan  kichik  biznes  sub'ektlariga 

tijorat  banklari  tomonidan  berilayotgan  kreditlarning  imtiyozli  foiz  stavkasi  bilan 

Markaziy  bankning  qayta  moliyalash  stavkasi  o'rtasidagi  farqni  davlat  byudjeti 

tomonidan subsidiyalashni  joriy  qilish  lozim. 

Buning  natijasida: 

birinchidan,  tijorat  banklarining  kichik  biznes  sub'ektlarinikreditlash  bilan 

bog`liq bo'lgan kredit riskining  darajasi  kamayadi; 

ikkinchidan,  kichik  biznes  sub'ektlarining  berilgankreditlarni  qaytarish 

imkoniyati  oshadi,  chunki,  foiz  stavkasikreditning  bahosi  hisoblanadi.  Foiz 

stavkasining  pastligi  kichikbiznes  sub'ektlarining  kreditlar  bo'yicha  foiz  to'lovlari 

yukiniengillashtirish  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari,  kredit  riski  darajasining 

pasayishi  esa,  tijorat  bankining  kredit  zararlarini  qoplashga  mo'ljallangan  zaxira 

ajratmalari  miqdorining  kamayishiga  olib keladi. 

  6.    Tijorat  banklari  kreditlarining  tarmoqlar  va  hududlar  bo‟yicha   

diversifikatsiyalashuv  darajasini  oshirish taklifi. 

  Mamlakatimizda  tijorat  banklari  kreditlarining  tarmoqlar  va  hududlar 

bo‟yicha  diversifikatsiyasini  ta‟minlash  lozim.  O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

banki  tomonidan  bank  kreditlarining  hududlar  va  tarmoqlar  bo‟yicha 

diversifikatsiyasini  amalga  oshirish  YaIMning  o‟sishida  muhim  ahamiyat  kasb 



 

 

66 



 

 

etadi.  Banklarda  mijozlarning  kreditga  layoqatlilik  ko‟rsatkichlarini  baholash 



tizimini  takomillashgan  varianti  tavsiya  etildi. 

 

Mijozlarning  kreditlarni  o‟z  vaqtida  foizlari  va  asosiy  qarz  summalarini 



qaytara  olishi  ularning  kredit  to‟lov  qobiliyati  darajasiga  bog‟liq.  Mijozning 

kreditga  layoqatligini  tahlil  etish  va  aniq  baholash  bankning  kreditlash 

samaradorligini  oshiradi. 

  Fikrimizcha,  tijorat  banklari  kredit  siyosatini  ishlab  chiqishda  quyidagilarga 

alohida  e‟tibor qaratishi lozim: 

  -  bank  mijozlarining  to‟lovga  layoqatligi  bilan  birgalikda,  banklarda  kredit 

riski  darajasini  baholash  tizimini  shakllantirish  va  shunga  mos  ravishda  beriladigan 

kredit bo‟yicha riskni boshqarish usullarini  belgilash; 

  -  xo‟jalik  yurituvchi  sub‟ektlarni  toifalarga  ajratgan  holda  korxonalarning 

xususiyatlarini  hisobga  oluvchi,  ya‟ni  qishloq  xo‟jaligi,  sanoat,  savdo,  aloqa  va 

boshqa  tarmoqlarni  xususiyatiga  qarab  kredit  to‟loviga  layoqatlilikni  baholashni 

joriy  etish; 

 

-  banklar  mijozlarning  kreditga  layoqatlilik  ko‟rsatkichlarini  baholashda 



faqatgina  korxona faoliyatiga  tegishli  ma‟lumotlarga  suyanib qolmasligi  zarur.

 

   



   

   


   

   


   

   


   

  


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish