Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tahlil qilishda
tadbiq etilmoqda. Buning natijasida tijorat banklarida ham aktivlarni tahlil qilishda
katta etibor qaratilmoqda va ular bo’yocha muammolarni bartaraf etish hamda
takomillashtirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. Aktivlar tahlili deganda, har
bitta tijorat banki tomonidan aktivlarning tarmoqlar bo’yicha, ularning riskliligi
bo’yicha, likvidliligi bo’yicha, daromad keltirish bo’yicha, tasniflanishi bo’yicha
guruhlarga ajratish, yillar bo’yicha taqqoslash kabi amaliy metodlarni qo’llash
Aktivlar tahlilini amalga oshirishdan maqsad bir turdagi aktivlarni bir
tarmoqda to’planib qolmasligi, ularning qay biri yuqori daromad keltirishi, eng
yuqori likviligi aktiv qanchaligi, riskli aktivlar salmog`i qanchaligi, ular bo’yicha
yaratilayotgan zaxiralarning meyyoriy hujjatlarga mos ravishda shakllantirishdir.
Bundan tashqari bank tomonidan ajratilgan mablag`lar ya’ni aktivlar bir tarmoqda
to’lanib qoladigan bo’lsa, bu tarmoqda keyinchalik ma’lum bir sabablarga ko’ra
muammolar chiqishi mumkin natijada bu aktivlar bank uchun samara bermasligi
mumkin. Yuqorida takidlaganimizdek, aktivlar daromadliligi, riskliligi , likvidliligi
bilan chambarchas bog`liq bo’lib, ular bir-biriga teskari va tog`ri proparsional
hisoblanadi. Chunki likvidlilik qanchalik yuqori bo’lsa, daromad ham, risk ham
shunchalik, past bo’ladi. Agar likvidlilikni past saqlab daromad olish uchun
sarflasa, bunda daromad ham risk ham yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham bu
aktivlarni me’yorida ushlab turish kerak, ya’ni kam xarajat qilib ko’proq foyda
olish nazarda tutilmoqda. Shundagina aktivlar tahlili natijalari o’z samarasini
berishi mumkin.
Tijorat banklarida daromad keltiruvchi aktivlarni boshqarish usul va vositalari
bank kengashi tomonidan tasdiqlangan ichki siyosatlarda belgilanadi hamda
banklar tomonidan kredit tavakkalchiliklarini pasaytirish va aktiv operatsiyalarning
daromadliligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-
tadbirlar majmuasini ifoda etadi.
Daromad keltirmaydigan aktivlarni boshqarishda esa mazkur aktivlar
tarkibiga kiruvchi qimmatliklarni bank Kengashi tomonidan har yili
tasdiqlanadigan biznes rejada ko‘rsatilgan miqdordan oshib ketmasligini nazorat
qilish amalga oshiriladi.
Tijorat banklarida aktivlarni samarali boshqarishdan asosiy maqsad ishlab
chiqilgan strategiya (kredit, foiz, investitsiya siyosati va boshq.) asosida o‘z va jalb
qilingan mablag‘lar nisbati o‘rtasidagi ijobiy mutanosiblikni ta’minlash
hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, tijorat banklarida aktivlarni
boshqarish aktivlar tuzilmasini bank oldiga qo‘yilgan maqsaddan asoslangan holda
o‘zaro muvofiqligini tahlil qilib borish; aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasini
amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash; aktivlarni xususiyatlariga qarab to‘g‘ri
tasniflash, aktivlar bo‘yicha tavakkalchiliklarni minimallashtirib borish va zarur
darajada zahiralar yaratish; aktivlarni daromadlilik darajasini saqlab turish kabi bir
qator asosiy tamoyillarga asoslanadi.
YUqoridagi fikrlar va yondashuvlardan kelib chiqqan holda, tijorat banklarida
aktivlarni samarali boshqarish zaruratini banklarning vakillik hisobvaraqlaridagi
mablag‘lar samaradorligi va ularning likvidlilik darajasini oshirish orqali amalga
oshiriladi.
Jadval orqali respublikamizning etakchi banklaridan biri bo‘lgan
Aksiyadorlik tijorat Aloqabankning aktivlar strukturasining solishtirma tahlili
keltirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: