1. Likvidlilik va daromadlilik tushunchalarining mazmuni va mohiyati
Likvidlik tijorat banklari faoliyatida eng asosiy tushunchalardan biridir.
Likvidlik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va
ularning to‘lov qobiliyati bo‘lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidligi ularning
to‘lov qobiliyati va ishonchli bo‘lishini ta’minlashda zarur kategoriya hisoblanadi.
Shu o‘rinda banklarning likvidligi, to‘lov qobiliyati va ishonchliligi
to‘g‘risida fikr bildirsak. Tijorat banklarining mijozlar va kreditorlar oldida uz
imijini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to‘lov qobiliyati
mustahkam bo‘lishi lozim.Banklar ishonchliligi deganda ularning o‘z mijozlari
oldidagi majburiyatini, ya’ni birinchi talab bilanoq amalga oshirish layoqatiga ega
bo‘lgan faoliyatini tushunamiz.
Tijorat banklari likvidligining nazariy asoslarini taxlil etish uchun uning
lug‘aviy ma’nosini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, "likvidlik" atamasi lotincha "liqiudus" so‘zidan olingan bo‘lib
"oquvchan", "suyuqlik" ma’nosini anglatadi. Tushunchaning iqtisodiy moxiyatidan
kelib chiqadigan bo‘lsak, bu moddiy qiymatliklarning va boshqa aktivlarning tezda
sotilishi va pulga aylanishini ifodalaydi.
Bank aktivlari likvidligi deb bank aktivlarining tez xamda xech qanday
yo‘qotishlarsiz pul mablag‘lariga aylanish qobiliyatiga aytiladi. Bank aktivlari
qanchalik likvid bo‘lsa, ularning chetdan resursga ehtiyoji shuncha kam bo‘ladi
xamda banklar mavjud likvid aktivlar doirasida o‘z majburiyatlarini bajaradi. Bu
erda banklar qo‘shimcha xarakat qilishiga o‘rin qolmaydi. YA’ni qo‘shimcha
resurs jalb qilinmaydi va bu eng arzon usul xisoblanadi. Lekin masalaning ikkinchi
tomoni shundan iboratki, bank aktivlari likvidligi yuqori bo‘lishi uning
daromadliligiga teskari mutanosiblikda bo‘ladi. SHuning uchun banklar uz
likvidligi va daromadliligini samarali boshqarishi lozim.
Banklar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerakli qimmatliklar:
binolar, asbob-uskunalar, hozirgi zamonda tezkor hisob-kitobni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan kompyuterlar, naqd pul mablag‘lari va kreditga berilgan
mablag‘lari bo‘ladi. Banklarning mavjud bunday mablag‘lari banklar buxgalteriya
balansida iqtisodiy mazmuniga ko‘ra (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar. naqd
pullar va x.k) qiymatlari guruhlashtirilib bank balansining aktiv tomonida
ko‘rsatiladi. SHuning uchun ham xalqaro miqyosda bank mablag‘larini – aktivlari
deb aytishadi. Bank mablag‘lari hozirgi kunda bizda ham aktivlar
deyilmoqda.Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega
bo‘lgan qiymatliklar: naqd pul mablag‘lari, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va
asbob-uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda nomoddiy aktivlar
ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo
bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi.
Bank aktivlari juda turli-tuman bo‘lishi mumkin, lekin hamma tijorat banklari
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil turdagi aktivlarga ega. Ularning bir
qismi maxsus jihozlangan banklar naqd pullarni saqlash uchun seyflar yoki temir
shkaflar, komp’yuterlar, avtomashinalar tashkil etadi. Bunday aktivlar banklarda
ko‘p yil ishlatiladi va asosiy vositalar deb yuritiladi.
Bank aktivi deganda passivlar joylashtirilishi tushuniladi. Uning tarkibiy tuzilmasi
deganda esa har bir aktiv turining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati tushuniladi.
Tijorat banklarining aktivi va uning tarkibi quyidagilar bilan tavsiflanadi. (1-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |