Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana23.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#182910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
bank aktivlarining daromadliligi va likvidliligi ortasidagi mutanosiblikni taminlash yollari (1)

I.A.Karimov 

Kirish. 

Bozor  munosabatlarining  muhim  bo‘g‘inlaridan  biri  bo‘lgan  bank  tizimini 

isloh  qilish  va  erkinlashtirish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  xalqaro  bank  tizimi 

talablariga  mos  keluvchi  mahalliy  banklar  faoliyatini  tashkil  qilish  va  ular 

faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 

YAxshi  taraqqiy  etgan  bank  tizimi  va  banklar  faoliyatiga  ega  bo‘lmagan  jamiyat 

rivojlana olmaydi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  Vazirlar  Mahkamasining 

2014  yil  16  yanvarda  o‘tkazilgan  yig‘ilishida  belgilab  berilgan  2014  yilda 

mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlari  doirasida 

amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  respublikamizda  makroiqtisodiy 

barqarorlik  va  iqtisodiyotning  mutanosibligi  hamda  yuqori  iqtisodiy  o‘sish 

ta’minlandi

2

.  Iqtisodiyotni  samarali  boshqarish  uning  muhim  sub’ekti  bo‘lgan 



tijorat  banklar  faoliyatini  o‘rganishni,  ularning  ishlash  mexanizmi,  funksiya  va 

operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi.  

2014  yilda  respublika  bank  tizimidagi  islohotlar  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2010  yil  26  noyabrdagi  PQ-1438-sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan 

“2011-2015  yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va 

barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning 

ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika 

                                                           

1

  Karimov  I.A.  Bank  tizimi,  pul  muomalasi,  kredit,  investisiya  va  moliyaviy  barqarorlik  to‘g‘risida.-T.: 



O‘zbekiston.2005.-528 b. 

2

  I.A.Karimovning  2014  yilning  asosiy  yakunlari  va  2015  yilda  O‘zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning 



ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan  Vazirlar Mahkamasidagi nutqidan, 2015

 



moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni 

bajarishga qaratildi, jumladan: 

- bank  nazorati  tizimini  yanada  takomillashtirish,  bank  nazorati  bo‘yicha  Bazel 

qo‘mitasining  yangi  tavsiyalarini  tatbiq  etish  bilan  bog‘lik  tadbirlarni  davom 

ettirish; 

- mamlakat  bank  tizimi  va  tijorat  banklari  faoliyatini  etakchi  xalqaro  reyting 

tashkilotlari  tomonidan  qo‘llaniladigan  me’yor,  andoza  va  ko‘rsatkichlar  asosida 

baholash amaliyotini kengaytirish; 

- tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va 

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish 

orqali yanada oshirish; 

- tijorat  banklari  aktivlarini,  shu  jumladan,  ularning  investitsion  faolligini  hamda 

ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash  bo‘yicha  loyihalarni 

kreditlash hajmlarini oshirish; 

- tijorat banklari  balansiga  olingan  iqtisodiy  nochor korxonalar  faoliyatini tiklash, 

ular  bazasida  tashkil  etilgan  yangi  korxonalarni   strategik  investorlarga  sotish 

ishlarini yanada faollashtirish; 

- kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  moliyaviy  qo‘llab-quvvatlash,  birinchi 

navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq 

muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish; 

- xalqaro  andozalar  va  tamoyillar  hamda  mamlakatimizda  bozor  munosabatlari 

rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining 

qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Ayni  paytda  banklarimizning  umumiy  aktivlari  hajmi  aholi  va  yuridik 

shaxslarning hisob  raqamlaridagi  mablag‘lardan ikki barobardan ham  ko‘pdir. Bu 

esa ushbu mablag‘larni ishonchli himoya qilish hamda ularga o‘z vaqtida va to‘la 

hajmda xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi.  

Ma’lumki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoniga  binoan 

fuqarolarning  banklar  depozitlaridagi  omonatlari,  ularning  miqdoridan  qat’iy 

nazar, davlat tomonidan to‘la kafolatlanadi. Bu esa o‘z novbatida tijorat banklarini 




resrus  bazasini  mustahkamlanishiga  va  buning  natijasida  bank  aktiv 

operatsiyalarini hajmini oshishiga olib keladi. 

Aktivlarning  strukturasi  va  sifati  sezilarli  darajada  bankning  likvidliligi  va 

tulov  kobiliyatini  ya’ni,  uning  ishonchliligini  belgilaydi.  Kapitalning  etarliligi  va 

kabul  kilingan  kredit  risklari  darajasiga  bank  aktivlarining  sifati,  aktiv  va 

passivlarning xajm va muddat buyicha kelishuviga – kabul kilinadigan valyuta va 

foiz risklari darajasiga bog‘liq. 

Tijorat  banklari  faoliyatining  pirovard  maqsadi  olinayotgan  foydani 

maksimallashtirishdan  iborat  bo‘lib,  ushbu  maqsadga  erishish  bank  aktivlarining 

daromadligini  barqaror  tarzda  oshirib  borishni  taqozo  qiladi.  Ayni  vaqtda 

respublikamiz  tijorat  banklari  daromadligini  oshirish  borasida  bir  qator 

muammolarning  mavjudligi  kuzatilmoqda.  Xususan,  bank  aktivlari  tarkibida 

daromad  keltirmaydigan  aktivlarni  yirik  miqdorda  to‘planib  qolishiga  yo‘l 

qo‘yilmoqda.  Bundan  tashqari,  respublikamiz  tijorat  banklarining  qimmatli 

qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari ham rivojlanmay qo‘ydi. 




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish