Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

Qoldiq  qiymati  bo‘yicha  -  asosiy  fondlarning  eskirishini  inobatga  olgan  holda, 
birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi baholashdir. Boshqacha 
qilib  aytganda,  bu  asosiy  fondlarning  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarga  hali 
o‘tkazilmagan  qismidir.  Korxonalar  tomonidan  foydalanilmaydigan  hamda  hisobdan 
chiqarish  yoki  sotib  yuborish  mo‘ljallangan  asosiy  fondlar  ham,  ko‘pincha  qoldiq  qiymati 
bo‘yicha, mazkur xo‘jalik yilidagi narxlarda baholanadi. 
Jismoniy  (moddiy)  eskirish  asosiy  fondlarning  birlamchi  xislatlarini  ishlab 
chiqarishda  foydalanish  va  tabiiy  eskirish  natijasida  yo‘qotishdan  yuzaga  keladi.  U  asosan 
bir  xilda  kechmaydi  hamda  ko‘p  jihatdan  iqlimning  ta’siri,  asosiy  fondlardan  foydalanish 
qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin: 
;
100


н
ф
Т
Т
ИФ
           yoki        
.
100


с
П
И
ИФ
 
Bu erda: 
T
f   
- asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati; 
T
n   
- asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo‘lgan normativ muddat; 
I - hisoblangan amortizatsiya summasi (eskirish summasi); 
P
s
 – asosiy fondlarning boshlang‘ich(qayta tashkil qilish) qiymati. 
Ma’naviy  eskirish  -  asosiy  fondlarning  qadrsizlanishi  yoki  texnik  jihatdan 
muddatidan  avval  ish  qobiliyatini  yo‘qotilishidir.  U  ikki  shaklda  yuzaga  keladi:  birinchi 
shaklda asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida qadrsizlansa, 
ikkinchi  shaklda  asosiy  fondlarning  qadrsizlanishi  yangi,  fan-texnika  taraqqiyoti  ta’siri 
ostida, yanada samaraliroq fondlarning paydo bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Asosiy fondlar 
ma’naviy eskirishining yuqorida keltirilgan shakllarini quyidagi tarzda aniqlash mumkin: 


79 
 
;
100
1







И
 
 
.
100







н
с
н
2
И
 
Bu erda: 
P - asosiy fondlarning to‘liq boshlang‘ich qiymati; 
V - asosiy fondlarning tiklanish qiymati; 
P
n
- yangi texnikaning unumdorligi. 
 
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan 
asosiy  fondlarning  o‘rnini  iqtisodiy  to‘ldirish  uchun  korxona  bu  vositalar  qiymatidan 
amortizatsiya  ajratmalarni  ayirib  tashlaydi  hamda  bu  ajratmalar  keyinchalik  xarajatlar 
sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi. 
Amortizatsiya  ajratmalari  quyidagi  formula  asosida  aniqlanuvchi  amortizatsiya 
normalari (Na) asosida amalga oishiriladi:  
100
*
П
А
Н
а

 
Bu erda: 
A - amortizatsiya ajratmalari; 
P - asosiy fondlarning to‘liq boshlang‘ich qiymati. 
 
Yillik amortizatsiya ajratmalari (AO) miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
Т
О
М
Р
П
А
к




 
Bu erda: 
R
k
  –  asosiy  fondlar  xizmat  qilgan  muddat  davomida  kapital  ta’mirlashga  sarflangan 
xarajatlar; 
 
M  -  uskuna,  mashina  va  qurilmalarni,  ular  xizmat  qilgan  davr  mobaynida 
modernizatsiya qilishga sarflangan xarajatlar; 
O - asosiy fondlarning qoldiq (likvidatsion) qiymati; 
T - asosiy fondlarning xizmat qilish muddati, yil. 
Mashina  va  asbob-uskunalarni  kapital  ta’mirlashda  ular  to‘liq  qismlarga  bo‘linadi 
va  eskirgan  qismlar  almashtiriladi.  Uskunalarni  ikki  marta  kapital  ta’mirlash  orasidagi 
muddat  ta’mirlash  sikli  deb  ataladi.  Mashina  va  uskunalar,  qoidaga  ko‘ra,  maxsus 
zavodlarda ta’mirlanadi. 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish