Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish



Download 6,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/246
Sana31.12.2021
Hajmi6,91 Mb.
#212375
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   246
Bog'liq
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn

korxona nizomi( ustavi); 
ta’sis shartnomasi. 
Ta’sis hujjatlarini mazmuni va tayyorlash tartibi turli tashkiliy-xuquqiy shakllardagi 
korxonalar uchun o‘ziga hos bo‘ladi. 
Xususiy korxonaning ta’sis hujjati sifatida  uning ustavi qabul qilinadi. 
Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 

 
korxonaning firma nomi; 

 
uning joylashgan eri va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 
asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati; 

 
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 

 
ustav fondining miqdori. 
Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar  ta’sis 
hujjatlari sifatida jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi qabul qilinadi. 
Agar  jamiyat  bir  shaxs  tomonidan  ta’sis  etilsa,  shu  shaxs  tasdiqlagan  ustav 
jamiyatning  ta’sis  hujjati  hisoblanadi.  Jamiyat  ishtirokchilarining  soni  ikki  va  undan  ortiq 
kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak. 


58 
 
Ta’sis  shartnomasi  qoidalari  bilan  jamiyat  ustavi  qoidalari  mos  kelmagan  hollarda 
jamiyat  ustavi  qoidalari  uchinchi  shaxslar  va  jamiyat  ishtirokchilari  uchun  ustuvor  kuchga 
ega bo‘ladi.  
Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlarning  ta’sis 
shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish 
yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham 
belgilanadi: 

 
jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi; 

 
jamiyat  ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  miqdori  va  jamiyat  har  bir 
muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori; 

 
jamiyat  ta’sis  etilayotganda  uning  ustav  fondiga  (ustav  kapitaliga)  hissalarni 
qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari; 

 
hissalarni  qo‘shish  bo‘yicha  majburiyatlarini  buzganlik  uchun  jamiyat 
muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi; 

 
jamiyatning  muassislari  (ishtirokchilari)  o‘rtasida  foyda  va  zararlarni 
taqsimlash shartlari va tartibi; 

 
jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish 
tartibi. 
Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qo‘shimcha  mas’uliyatli  jamiyatlarning  ustavida 
quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 

 
jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi; 

 
jamiyat faoliyatining predmeti; 

 
jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat 
ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  mutlaq  vakolatiga  kiruvchi  masalalar  to‘g‘risidagi, 
jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarorlar 
bir  ovozdan  yoki  kvalifikatsion  ko‘pchilik  ovoz  bilan  qabul  qilinadigan  masalalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 
jamiyat 
ustav 
fondining 
(ustav 
kapitalining) 
miqdori 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 

 
jamiyat  har  bir  ishtirokchisi  ulushining  miqdori  va  nominal  qiymati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari; 

 
jamiyat  ishtirokchisining  jamiyatdan  chiqish  tartibi  va  uning  oqibatlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)  ulushning boshqa shaxsga o‘tishi 
tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 
jamiyatning  hujjatlarini  saqlash  tartibi  hamda  jamiyat  tomonidan  jamiyat 
ishtirokchilariga  va  boshqa  shaxslarga  axborot  taqdim  etish  tartibi  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 

 
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar. 

Download 6,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish