Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


§. Er rentasi va uning turlari



Download 2,68 Mb.
bet134/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

2§. Er rentasi va uning turlari

Er rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida er rentasi erga ishlab chiqarish omili sifatida egalik qiluvchilarning oladigan daromadi. Erga xususiy va davlat mulkchiligi bo’lishi mumkin. Agar er davlat mulki bo’lsa uni davlat ishlovchilarga ijaraga berishi mumkin. Respublikamizda er davlat mulki bo’lib uni ishlovchilar ijaraga oladi. Erga xususiy mulk egalari ham ishlovichilarga ijaraga berishlari mumkin. Er rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi.

Absolyut er rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta ‑ 1, va – 2, monopol renta, mutloq renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta.

Er uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi.

Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – erning miq-dori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’paytirishga qodir emas.

Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo’lsa, erning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi.

Natijada o’rtacha yoki yaxshi erlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.

Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko’pmi doimiy xarakterga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo’jalik ob’ekti sifati-dagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi.

Shunday qilib, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan erning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan erlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.

Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlariga qarab differentsial renta – I va differentsial renta – II ga bo’linadi.

Differentsial renta – I erning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum er uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday er uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan er uchastkalari mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi.



Differentsial renta I yuqorida qarab chiqilganidek xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta er davlat mulki bo’lishi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’planishi lozim. Bu hol o’rta va yaxshi unumli erda joylashgan xo’jaliklarni iqtisodiy manfaatdorligiga putur etkazmaydi, balki boshqa xo’jaliklar bilan ozmi-ko’pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o’tgan bu mablag’larni (differentsial renta I), mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi erlarni o’zlashtirish va er unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin bo’ladi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish