Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Davlatning narx siyosati –



Download 2,68 Mb.
bet130/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

Davlatning narx siyosati – bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida narxlarni erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.

Narxlarni erkinlashtirishdan quydagi maqsadlar ko’zlanadi:

  • xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlari narxlari o’rtasidagi nomutanosiblikni yumshatish;

  • narx bilan aholi daromadlari va korxonalar foydasi o’rtasidagi mutanosiblikka erishish;

  • investitsion tovarlar, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining oqilona nisbatini ta’minlash;

  • ishlab chiqarish vositalari, xalq iste’mol tovarlari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o’tish;

  • milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish.

Narxlarni erkinlashtirish-iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalish-laridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog’liq bo’ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o’rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo’llar bilan erkinlashtiriladi:

a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo’yib yuborish; b) narxlar o’sishini sun’iy ravishda to’xtatib qo’yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.

Bozor munosabatlariga o’tayotgan har bir mamlakat, shu yo’llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko’rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo’liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Sobiq Sovet Ittifoqi negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «tezkor» yo’lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashyo resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo’la erkin qo’yib yubordi. Natijada narxlar keskin oshdi. Bu-aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolning keskin-lashuviga olib keldi, ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo’jaligining izdan chiqishiga sabab bo’ldi.

O’zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darjasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Shu yo’l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish, texnika vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o’tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo’yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.

Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to’liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli konpensatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam sur’atda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish