Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uning darajasini



Download 2,68 Mb.
bet107/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uning darajasini

belgilovchi omillar

Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida ular mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi. Ish haqining mazmunini aniqlashga turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar.

Masalan, «Yashash uchun vosita minimumi» (D.Rikardo va T.Maltus-larning) kontseptsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblaydi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash ko’pam to’g’ri emas. Bu minimum o’z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug’dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o’rnatilgan.



Qiymatning mehnat nazariyasi (Angliya klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi qiymatining o’zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar,avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivoj-lanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi.

Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan takrorlanmoqda. Masalan: A.F.Shishkin, E.F.Borisovlar o’zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi sifatidagi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflaydi1.

Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar.

Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini etarli hisobga olmaydi.

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida juda ko’p mualliflar (jumladan Ekonomiks darsliklarida, 1998 yilda Moskvada V. D. Kamaev rahbarligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida, 1997 yilda Toshkentda chop qilingan A. O’lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o’quv qo’llanmasida va boshqalarda) ish haqini mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na bahosi yo’qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon isbotlangan masaladir.

Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog’lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:


  1. Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish mavjud bo’lib, ko’pincha uning murakkab va ko’p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi e’tibordan chetda qoladi.

Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy mazmun mavjuddir.

  1. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishda erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi.

  2. Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o’zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo’lishi lozim.

  3. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi.

  4. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo’lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi mumkin.

Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushi-ning puldagi ifodasidir.

Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.



Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir.

Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi –bu nominal ish haqining «xarid etish layoqati». O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narhiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:



bu erda, VP–real ish haqi ; VH–nominal ish haqi ;

R–iste’mol buyumlari va xizmatlarga narx darajasi.

Nominal ish haqi-ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini xtavsiflanadi.

Respublikamizda nominal ish haqining o’rtacha darajasi 2000 yil 2008 yilga nisbatan 40 foizga o’sgan. Bu ko’rsatkich 2009 yilda 2000 yilga nisbatan 28,5 barobar oshgan va 2010 yilda 30 foigan oshirish ko’zda tutilgan.

Mamlakatda ish haqining umumiy darajasini beliglab beruvchi asosiy omillar kuydagilar:



  • Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;

  • Mehnatning asosiy kapital bilan qurollanish darajasi;

  • Mehnatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi;

  • Mavjud ishlab chiqarish texnologiyasi;

  • Mehnatning umumiy malakaviy darajasi;

  • Taqsimotning tarkib topgan tizimi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy omillar.


Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish