Bog'liq Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Iste’molchiliksarflari– bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma – bu mamlakat yoki firmalar ixtiyoridagi turli majburiy to’lovlar chegirib tashlangandan keyin qolgan daromadning bir qismi. Jamg’arma iste’mol maqsadida ishlatilmaydigan daromaddir. Jamg’arma funktsiyasi daromadlar bilan jamg’arma xarajatlarning uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Uy xo’jaliklarida shaxsiy daromadlar miqdorida turli xil soliqlarni to’lagandan so’ng o’z ixtiyoridagi daromad qoladi. Buni biz milliy daromadning bir qismi ham deb ataymiz.
Uning hajmi uy xo’jaliklari daromadidan iste’molchilik sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Daromad fondida iste’molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo’naltirilishini bildiradi.
Shu sababli daromadda iste’molchilik sarflari va jamg’arma nisbatining o’zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg’armaga qo’yish oqibatida u tovarlarda bo’lgan talabda o’z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to’liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun etarli bo’ladi. Demak jamg’arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo’lishiga olib keladi.
Jamg’arma daromadlardan mablag’larni olib qo’yishni bildirib iste’molchilik sarflari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bo’lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o’z daromadining qandaydir, qismini jamg’arsa, o’zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko’payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo’lishi mumkin.
Boshqa tomondan jamg’arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg’arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday etishmaslikni to’ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o’zining barcha mahsulotini iste’molchilarga sotishni ko’zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg’armalariga teng miqdordagi mablag’larni investitsiyalarga qo’yishni ko’zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste’molchilik sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg’armaning darajasi bevosita soliqlar to’langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg’armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg’arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to’langandan keyingi daromad shaxsiy jamg’armani aniqlab beradigan asosiy omil bo’lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar
to’langandan keyingi daromad o’rtasidagi farq shu yildagi jamg’arma miqdorini aniqlaydi.
Qarab chiqilgan omil ta’sirida iste’mol va jamg’arma darajasining o’zgarishini quyidagi jadvalda tushuntiramiz. Tahlil uchun shartli ma’lumotlardan foydalanamiz.