Ko’rsatkichlar
|
Yillar
|
1995
|
1996
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
2002
|
1.
|
Ishsizlar soni (ming kishi).
|
31,0
|
33,9
|
35,4
|
40,1
|
45,2
|
42,0
|
40,3
|
2.
|
Ishsizlik darajasi
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
0,5
|
0,5
|
0,4
|
0,4
|
2002 yilda Respublika bandlik xizmati muassasalariga ishga joylashtirish bo’yicha 448,2 ming kishi murojat qilgan bo’lsa, shu yili «Bandlik» dasturini bajarish doirasida 322,2 ming yangi ishchi o’rinlari vujudga keltirilgan
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki ishsizlikning o’zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari, ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa tovar ishlab chiqarish potentsial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo’qotish yalpi milliy maxsulot YaMM hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaMMning potentsial YaMMdan kam bo’lgan hajmi sifatida ko’rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, YaMM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo’ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaMM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat G’arbda Ouken qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, YaMM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi. 1:2,5 yoki 2:5 bo’lgan bu nisbat, ishsizlikning har qanday darajasi bilan bog’liq ravishda mahsulotning mutloq yo’qotilish hajmini hisoblash imkonini beradi. Masalan, faraz qilamiz, 2003 yil ishsizlik darajasi 7,5 foizga etgan yoki ko’zda tutilgan 4 foizli tabiiy darjadan 3,5 foiz yuqori bo’lgan. Bu 3,5 foizni Ouken koeffitsientiga 2,5 ko’paytirib, shu yili
1 Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi statistika departamenti ma’lumotlari.
YaMM hajmining orqada qolishi 8,75 foizni tashkil qilishini aniqlaymiz. Boshqacha aytganda agar 2003 yil to’liq bandlilik sharoitida ishsizlikning tabiiy darajasi ta’minlanganda, YaMM haqiqiy darajasidan 8,75% ga ko’paygan bo’lur edi. Agar 2003 yil nominal YaMM 330 mlrd. so’m bo’lgan deb faraz qilsak, ishsizlikning tabiiy darjasiga erishilmaganligi sababli iqtisodiyot 29 mlrd. so’mlik (330 *8,75) mahsulotni yo’qotgan bo’ladi.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potentsial hajmidan ortib ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo’lgan davrlarda ro’y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo’shimcha smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan o’rnatilgan normativdan yuqori darajada foydalanish, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindosh ishlarda band bo’lish kabilar buning asosiy sabablaridir.
Ishsizlik – bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy oqibatlarga ham ega bo’ladi. Turg’unlik depressiya fazasi ishchi kuchining faoliyatsizligiga sabab bo’ladi, faoliyatsizlik esa malakaning yo’qolishiga hamda ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |