3-jadval.
Respublikada investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tuzilishi (% hisobida)2
Yillar
|
1991
|
1992
|
1993
|
1994
|
1995
|
1998
|
2000
|
2002
|
Jami kapital qo’yilmalari
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Shu jumladan: byudjet mablag’lari
|
44,5
|
26,6
|
32,1
|
25,3
|
22,9
|
24,2
|
30,3
|
25,0
|
Korxonalarning o’z mablag’lari
|
38,7
|
52,9
|
46,2
|
47,1
|
47,0
|
49,2
|
26,4
|
40,0
|
Bank kreditlari
|
. . .
|
0,3
|
8,3
|
11,1
|
9,6
|
6,2
|
7,5
|
2,2
|
Chet el investitsiyalari
|
|
|
|
|
|
|
|
20,4
|
va kreditlari
|
|
|
0,1
|
6,6
|
14,0
|
20,3
|
21,7
|
|
Aholi mablag’lari
|
16,8
|
20,2
|
13,2
|
9,9
|
6,5
|
. . .
|
12,7
|
12,0
|
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko’zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va 2) foiz stavkasi.
I. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladi.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan band qilingan pul kapitaliga korxona to’lash zarur bo’lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) foiz stavkasi (7 %)dan ortiq bo’lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksincha foiz stavkasi (aytalik, 12%) kutilayotgan sof foyda normasidan (10%) ortiq bo’lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari.
Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori.
Texnologik o’zgarishlar.
2 Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi statistika departamenti ma’lumotlari asosida hisoblangan.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik xarakteridagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishini bildiradi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib borilishi.
Iste’molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
Jamg’armaga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’armaga ketadigan ulushi.
Iste’molga qo’shilgan moyillik – shaxsiy daromad o’sgan qismining iste’mol qilinadigan qismi yoki ulushi.
Jamg’armaga qo’shilgan moyillik – shaxsiy daromad o’sgan qismining jamg’armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg’arish – mil liy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’paytirish uchun foydalanish.
Jamg’arish normasi – jamg’arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital quyilmalar – asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar.
Investitsiyalar – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilmalar.
Investitsion faoliyat – investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha qilinadigan amaliy harakatlar.
Investor – investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |