Aktivlari
|
Passivlari
|
1
|
Valyuta rezervi
a) oltin
v) chet el valyutasi
|
1
|
MB ning o’z kapitali
|
2
|
MB kreditlari
|
2
|
Tijorat banklari omonatlari
|
3
|
Qimmatbaho qog’ozlar
|
3
|
Muomaladagi banknotlar
|
4
|
Inkassatsiya cheklari
|
4
|
Chet mamlakatlari operatsiyalari
bo’yicha majburiyatlari
|
5
|
Qimmatbaho qog’ozlarni
saqlash
|
5
|
hukumat depozitlari
|
6
|
Boshqa aktivlar (bino, inshoot
kabilar)
|
|
|
Davlatning kredit-pul siyosatini yuritar ekan, MB kimga bo’ysinishi kerak? degan savol tug’iladi. Iqtisodchilarning fikri bir xil emas. Ayrim iqtisodchilar bankning kimga bo’ysinishini nima axamiyati bor? Bordi-yu MB mustaqil bo’lib, xukumatni pul pechatlash stanogiga qo’ymaydi, degan nuqtai nazarga qaraganda ham MB buni uddasidan chiqaolmaydi degan fikrni ilgari surishadi.
Ikkinchi guruh iqtisodchilar, MB mustaqil bo’lishi kerak, bo’lmasa siyosatdonlar inflyatsion oqibatni o’ylamay pul bosib chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar, degan nuqtai nazardan qarashadi.
Uchinchi guruh iqtisodchilar har qanday xukumat pul va soliq-byudjet siyosatini yuritish imkoni ega bo’lishi, buning uchun MB mustaqil bo’lish kerak emas deyishadi.
Real hayotda ayrim mamlakatlarda MB hukumatga to’g’ridan to’g’ri bo’ysunmaydi. Masalan: AQSh, Germaniya, Shvetsariya, Avstriya, Yaponiya va boshqalar. Ayrim mamlakatlarda masalan: Angliyada MB to’g’ridan-to’g’ri hukumatga bo’ysinadi.
S.Fisher va ''Ekonomika”ning boshqa avtorlari xaqiqiy sharoitda MB ham xuddi oliy sudga o’xshab, o’z faoliyatida hukumat oldida turgan muommolarni hisobga oladi. Qachon zarur bo’lsa, hukumat tomonidan o’tkazilayotgan iqtisodiy siyosatga qarshilik qilmaslikka urinadi, deb mulohaza yuritishadi.
Mamlakatimizda MB O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi oldida hisobdor, boshqaruvchi va ijro etuvchi davlat hokimiyati idoralari oldida mustaqil.
Davlat pul-krediti siyosatini MB amalga oshiradi:
pul muomalasini tartibga soladi;
kredit hajmi, protsent stavkalari darajasi va boshqalarni belgilaydi. MB pul-kredit siyosatini amalga oshrishining asosiy usullari quyidagilar. 1.Ochiq bozordagi operatsiyalari;
2.Zahira (rezerv) me’yorini o’zgartirish; 3.hisob (uchyot) stavkalarining o’zgartirish.
Ularning har birining o’zgarishi pul massasini o’zgarishiga olib keladi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar - Mamlakatdagi pul massasini o’zgarishi ustidan, ya’ni pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan va sezgir qurolidir.
Agar MB ga muomalada pul massasini ko’paytirish zarur bo’lsa, u qimmatbaho qog’ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib olishni boshlaydi. Tijorat banklari, o’z aktivlaridagi hukumatning qimmatbaho qog’ozlarini o’zlari uchun maqbul sharoit asosida sotishga tushadilar. Birmuncha muddat o’tgach obligatsiyalar sotishdan tushgan pullar tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag’lardan bir qismi rezervga qo’yilib, qolganlarini banklar kreditga berish mumkin.
Shunday qilib, MB davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib olish bilan muomaladagi pul taklifini ko’paytiradi.
AQShda 80-yillarning ikkinchi yarmida inflyatsiya pasaygach FRS yiliga 20- 30 mlrd. dollar atrofida davlat obligatsiyalarini sotib olgan, 2-4 mlrd. dollar atrofida sotgan. Agar MB inflyatsiyaga qarshi pul massasini ko’paytirish oldini olishga harakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat banklari o’zlariga foydali tarzida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib oladilar, ma’lum muddat o’tgach chek tijorat banlariga to’lov uchun taqdim etiladi.
Shunday qilib, MB davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotish bilan pul taklifini kamaytiradi.
MB ning qimmatbaho qog’ozlar bozoriga doimo ta’sir ko’rsatishi tufayli davlat obligatsiyalarning to’lov muddatlari har xil bo’lishidan qat’iy nazar, tezda pul massasini kamaytirish imkonini beradi. Masalan AShQ FRS 233 mlrd. dollarlik davlat obligatsiyalari bo’lib, ularning sotilishi tijorat banklari rezervlarini 40 mlrd. dollardan nolga tushirishi mumkin bo’ladi.
Zaxira (rezerv) normalarini o’zgartirish. Tijorat banklari MB da o’z schyotlarida zaxira mablag’larini ushlab turish kerak. AQSh da uning miqdori bank aktivlarining 3% dan 20% gacha etadi. Respublikamizda ham mavjud sharoitdan kelib chiqib, rezerv normasi belgilanadi. Bu majburiyat rezerv normasidan kelib chiqib belgilanadi. Tabiiy bu norma past bo’lsa, banklarning sudaga berish mumkin bo’lgan rezervdan ortiqcha mablag’lari ko’payadi. U o’z navbatida pul multiplikatori amal qilish natijasida pulni ko’payishiga olib keladi. Aksincha norma yuqori bo’lsa muomaladagi pulni kamayishiga ta’sir ko’rsatadi. Aytaylik MB direktorlari kengashi rezerv normasini 10% dan 20% ga ko’paytirishga qaror qilsa, demak bank har bir dollar mablag’dan 20 tsentini MB da saqlab, qolganini suda berishga ishlatishi mumkin. Norma ko’tarilmay avval bu miqdor 10 tsentni tashkil etar edi. Ana shunday tarzida zahira normasini o’zgartirish bilan pul massasiga ta’sir etiladi. Bu usul nisbatan qo’pol, shuning uchun undan iloji boricha kam foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |