tashqi qarz
vujudga
keladi.
Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining
milliy bozoridan ham va tashqi bozoridan qarz oladi.
Xalqaro kreditning tez o’sishi kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi,
mamlakat va regionlar iqtisodiy o’zaro bog’liqligining chuqurlashuvining muqarrar
natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning
ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish
imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o’sishi bir qator
boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiysi, milliy vositalar bilan
nazorat qilib bo’lmaydigan ham kreditor va ham debitor mamlakatlar iqtisodiyotining
kuchayib boruvchi bog’liqligi hisoblanadi.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |