n
Harajatlar Jami
ga
nisbata
n
YaIM
nisbata
n
Daromadlar
jami:
100,0
28,5
Xarajatlar
jami:
100,0
29,6
Shu jumladan:
•
to’g’ri soliqlar;
•
egri soliqlar;
•
resurs uchun
to’lovlar va mol-
mulk solig’i;
•
ijtimoiy infratu-
zilmaning rivojla-
nishiga soliqlar;
•
boshqa soliqlar va
daromadlar.
26,3
45,4
10,0
1,1
17,2
7,5
13,0
2,8
0,3
4,9
Shu jumladan:
ijtimoiy sohaga;
ijtimoiy
himoyaga;
iqtisodiyotga
(xalq xo’jaligiga);
markazlashgan
in-vestitsiyalar;
davlat
boshqaruvi;
boshqa harajatlar.
35,1
7,7
9,1
20,1
2,3
25,7
10,4
2,3
2,7
6,0
0,7
7,6
Umumdavlat byudjeti bilan birga hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman
va shahar) byudjeti ham mavjud bo’ladi. Bu mavjud moliyaviy resurslarni ancha
to’laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi
organlari byudjetining daromadlari o’z hududidagi korxonalar daromadidan, aholidan
olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi.
Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar hisobiga
ham to’ldiriladi.. Hokimiyat quyi organlari byudjet mablag’lari tegishli hududda ta’lim,
sog’liqni saqlash, obodonchilik, yo’l qurilish va shu kabilarga sarflanadi.
Davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’urtasi umumdavlat moliyasining keyingi
bo’g’ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga
joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar
korxona va aholining to’lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag’lari mol-mulkiy
sug’urtasiga va shaxsiy sug’urtaga pul to’lashni ko’zda tutadi.
Shaxsiy sug’urta aholining pul jamg’armalarini tashkil qilishning shakllaridan
biri bo’lib ham xizmat qiladi.
1
Jadval ma’lumotlari O’zbekiston respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda tuzilgan.
86
Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan shug’ullanuvchi
tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o’z ichiga oladi. Kasaba uyushmalar,
siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar,
sport jamiyatlari va boshqa ilmiy ma’rifiy jamiyatlarning ham o’ziga xos moliyasi
mavjud bo’ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai,
tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad,
xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag’lardan iborat bo’ladi. Jamiyat moliya
tizimida maxsus va xayriya fondlari ham alohida o’rin tutadi. Bu fondlar turli xo’jalik
sub’ektlari va aholining pul mablag’larini aniq bir maqsad yo’lida birlashtiradi va
ishlatadi.
Mazkur fondlarga respublikamizda amal qilib turgan “Mahalla”, “Navro’z”,
“Orol” va “Ulug’bek” fondlarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta
(ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari
(pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy
yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning
ahamiyati ortib boradi.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |