Iste’molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va
xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma – bu mamlakat yoki firmalar ixtiyoridagi turli majburiy to’lovlar
chegirib tashlangandan keyin qolgan daromadning bir qismi. Jamg’arma iste’mol
maqsadida ishlatilmaydigan daromaddir. Jamg’arma funktsiyasi daromadlar bilan
jamg’arma xarajatlarning uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Uy xo’jaliklarida shaxsiy
daromadlar miqdorida turli xil soliqlarni to’lagandan so’ng o’z ixtiyoridagi daromad
qoladi. Buni biz milliy daromadning bir qismi ham deb ataymiz.
Uning hajmi uy xo’jaliklari daromadidan iste’molchilik sarflarini ayirib
tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Daromad fondida iste’molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa
jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy
ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga
yo’naltirilishini bildiradi.
Shu sababli daromadda iste’molchilik sarflari va jamg’arma nisbatining
o’zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg’armaga qo’yish oqibatida
u tovarlarda bo’lgan talabda o’z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini
ishlab chiqarishdan olingan daromad to’liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash
uchun etarli bo’ladi. Demak jamg’arma daromadlar - xarajatlar oqimida
nomutanosiblik bo’lishiga olib keladi.
Jamg’arma daromadlardan mablag’larni olib qo’yishni bildirib iste’molchilik
sarflari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bo’lmay
qolishini bildiradi. Agar aholi o’z daromadining qandaydir, qismini jamg’arsa,
o’zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan
tovarlarning ko’payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning
pasayishi bo’lishi mumkin.
Boshqa tomondan jamg’arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham
mumkin, chunki jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan investitsion
maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday etishmasligini
qoplaydi va jamg’arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday etishmaslikni
to’ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o’zining barcha mahsulotini iste’molchilarga
sotishni ko’zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida
foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg’armalariga
teng miqdordagi mablag’larni investitsiyalarga qo’yishni ko’zda tutsa, ishlab
chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil
milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu
sababli soliqlar to’langandan keyin