Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

 
Asosiy adabiyotlar: 
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,16,18,21. 
 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
5,6,8,9,29,31. 


 
28
19-MAVZU. ISTE’MOL, JAMG’ARMA VA INVESTITSIYALAR. 
 
REJA: 
1. Iste’mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda    ularning o’zaro 
bog’liqligi. 
2.  Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. 
3.  Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. 
 
 
1. Iste’mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro 
bog’liqligi. 
 
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad 
iste’mol va iqtisodiy jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda 
jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va 
xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy 
iste’mol farqlanadi. Hozirgi kunda mamlakatning xalqaro bozorlarda erkin tovar 
ayirboshlashi ham xalqaro baholarda,  jahon andozalariga moslashib bormoqda. 
Ta’minotning makroko’lamdagi holati iste’mol funktsiyasini o’rganish taqozo etadi. 
Chunki,  iste’mol funktsiyasi mohiyatini bilish iste’mol bozorini boshqarishda asos 
bo’ladi. Iste’mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat bo’lmaydi. Xaridorlar 
tarkibiga aholiga bepul xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar ham kiradi. 
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab 
chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini,  ya’ni ulardan 
foydalanish jarayonini anglatadi.  
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda 
iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to’liq iste’mol qilinadi. 
Iste’mol bozorida har xil xizmatlar sotiladi. Iste’mol bozorining hajmi unda 
sotilayotgan tovarlarning yalpi summasi bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari esa 
qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin narxlarda sotiladi. 
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. 
Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy ne’matlarni va 
xizmatlarni iste’mol qilish ajratiladi.  
Individual yoki jamoa bo’lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki 
jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo’lgan moddiy ne’matlarni iste’mol qilish individual 
iste’molga jamiyat a’zolarining guruhlari moddiy ne’mat va xizmatlardan foydalanishi 
jamoa bo’lib iste’mol qilishga kiradi.  
Iste’mol fondi mablag’laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo’lgan 
xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa 
ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste’molini, 
aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va 
boshqarishdagi moddiy sarflarni o’z ichiga oladi. 
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo’liga kelib tushadigan 
qismi iste’molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. 


 
29

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish