Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

 
Asosiy adabiyotlar: 
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,16,18,21. 
 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
6,8,9,12,29. 


 
117
26-MAVZU: KREDIT VA BANK TIZIMI.  
 
REJA: 
1.  Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. 
2.  Kredit turlari va tamoyillari. 
3.  Foiz va   unga   ta’sir  etuvchi  omillar. 
4.  Kredit va bank tizimi. 
5. Pul multiplikatori. 
6.  Markaziy bank va uning asosiy vazifalari. 
 
 
1
.  
Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. 
 
Kredit so’zi   lotincha  credit - ishonch  degan  ma’noni  anglatib, tovar yoki 
pulni  ma’lum bir  muddatda  qaytarish sharti  bilan  qarzga  berishni  bildiradi. Birov 
pulini qaytarib olishga ishongani uchun qarz beradi.  
Kredit  munosabatlari  juda  qadim  zamonlarda   vujudga   kelgan.  Dastlab 
natura  shaklida (g’alla, chorva  va boshqalar) mulkdorlar  tomonidan   qarzga  berish  
rasm  bo’la  boshlagan. Keyinroq pul  shaklida  ham  beriladigan  bo’ldi.  Qarzga  pul  
berishning  dastlabki  shakli   sudxo’rlik   bo’lib,  u  nihoyatda  yuqori  darajada  
protsent  bilan  qaytarilishi   bilan   kreditdan  farq   qiladi.  Qadimgi   Gretsiyada  
eramizgacha  IV- asrda  oyiga  42 %,  yiliga  570 % gacha  foiz  to’langani  tarixiy   
manbalarda   qayd   etilgan.  Bundan  tashqari  sudxo’r  qarz  oluvchidan  qo’shimcha  
imkoniyatlar  yaratilishini  ham  talab  qilgan. Badiiy  adabiyotda  birinchi  bo’lib, 
frantsuz yozuvchisi O. Balzak sudxo’r obrazini yaratgan. S.Ayniyning “Sudxo’rning 
o’limi“ asari o’zining mazmuni, obraz  ifodasi  jixatdan  Balzak  asaridan  ham  o’tib  
ketgan  desak   xato  qilmaymiz.  
Sudxo’rlik   qarzi  bir tomondan  kuchayib  mayda  ishlab chiqaruvchilarni  
xonavayron  qilgan,  ikkinchi  tomondan kapitalning  dastlabki  jamg’arish  uchun   
zarur   mablag’larni   shakllanishga  yordam  bergan.  Industrial  ishlab chiqarish va 
klassik  kapitalizmning vujudga  kelishi bilan  kreditsiz  ishlab chiqarish  faoliyatini  
yuritish qiyinlashib   qoladi.  
Kapital  bir  xo’jalikda pul  shaklida, ikkinchisida tovar  shaklida  bo’lib, turli  
sohalarda  harakati  bir-biriga  to’g’ri kelmaydi. Kapital  harakatining 
 
alohidalashgani  tufayli  bir  xo’jalikda pul etishmasa,  ikkinchisida  bo’sh  pul  
mavjud  bo’ladi. Natijasida mablag’i  yo’q  xo’jaliklar, bo’sh  pul  mablag’i  
borlardan  qarz  olishga  majbur  bo’ladilar. Bo’sh pul mablag’i  borlar o’z pullarini  
ma’lum  muddatga qarzga berar  ekanlar, pularini  boshqa  birovni  qo’liga topshirib, 
xatarli  tavakkal  qilganlari  uchun  ma’lum  miqdorda   haq  oladilar.  O’z   mablag’i 
etarli bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarga bo’lgan 
ehtiyojini kredit orqali qoplaydi. Takror ishlab chiqarish  jarayonini   uzluksiz davom 
etishini   ta’minlash  zaruriyati  kredit  munosabatini  ob’ektiv  zarur  qilib  qo’yadi. 
Chunki  tovarlar  ishlab  chiqarish,    uni  sotish,  tovar  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  
resurslarni  sotib  olish  bir  vaqtning   o’zida   yuz  bermaydi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  bo’sh  pul  mablag’larini  o’lik  boylik, xazina  
sifatida  saqlash  befoyda. Jamiyat taraqqiy  etishi  bilan  kredit  munosabatlari  


 
118
rivojlanib,  yangi-yangi   imkoniyatlar  vujudga  kela boradi. Hozirgi  iqtisodiyotni   
kreditsiz  tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish