Kredit iqtisodiy kategoriya bo’lib, u vaqtincha o’z egalari qo’lida
bo’sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq
to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib
chiqadigan munosabatlarni ifodalaydi.
Shunday qilib pulning ssuda kapitali tariqasida ya’ni daromad olish uchun
qarzga berish va qaytarib olish bilan bog’liq munosabatlar vujudga keladi.
Kredit munosabatlari faqat pul bilan bog’liqmi?
Tovar shaklida ham kredit berilishi mumkin-ku degan savol tug’ilishi
mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma kredit asosan pul shaklida bo’ladi.
Tovar shaklida berilgan taqdirda ham pul kredit shaklida hujjatlashtiriladi.
Kredit munosobatlari ikki sub’ekt o’rtasida yuz beradi. Biri bo’sh pul egasi,
ikkinchisi unga muxtoj, ya’ni qarz oluvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |