11.6.22. Bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga o‘tishda «karaxt qilib, davolash» usuli keng qo‘llanilib, qayta to‘ntarishlar taqozo qilinsa, u qaysi yo‘lga tegishli bo‘ladi?
a) evolyutsion yo‘l;
b) revolyutsion yo‘l;
c) g‘arbcha yo‘l;
d) G‘arbiy Yevropa mamlakatlari yo‘li;
e) G‘arbiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari yo‘li.
12.6.23. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad nima?
a) bozor iqtisodiyotiga o‘tish;
b) ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish;
c) huquqiy demokratik davlat barpo qilish;
d) fuqarolik jamiyatini qaror toptirish;
e) ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini, ochiq tashqi siyosatga ega huquqiy demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish.
13.6.24. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tubdan isloh etishga asos qilib olingan tamoyillardan qaysi biri iqtisodiyotni tartibga solishda davlat o‘z o‘rniga ega bo‘lib qolishini anglatadi?
a) iqtisodiyotni mafkuradan ustunligi;
b) davlat bosh islohotchi bo‘lishi;
c) qonunlarning ustuvorligini ta’minlash;
d) kuchli ijtimoiy himoya chora-tadbirlarini qo‘llash;
e) bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |