Nazorat jarayoni bosqichlari
egiluvchanlik, ya’ni nazorat yuz berayotgan o‘zgarishlarga moslasha olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim;
nazoratning soddaligi (oddiyligi), bu maqsad va vositalarni yaxshiroq tushunishni, demakki, mavjud nazorat tizimining tashkilot xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi (undan tashqari nazoratning oddiy usullari tejamliroqdir);
tejamlilik, ya’ni nazoratni amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlar u tufayli yuzaga keladigan afzalliklardan ortib ketmasligi lozim, uning ko‘lamli boshqaruv tizimining analitik axborotga bo‘lgan ehtiyojlariga mos kelishi kerak;
- muvofiqlik, ya’ni nazoratning foydalanilayotgan vosita va usullari nazorat qilinayotgan faoliyat turiga (nazoratning predmetiga) mos bo‘lishi kerak.
Nazoratning samaradorligini oshirish va ishlovchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mutaxassislar quyidagilarni tavsiya etadilar:
xodimlar o‘zlashtira oladigan maqbul standartlarni o‘rnatish;
- xodimlar bilan kutilayotgan natijalarni muhokama qilish;
- qat’iy, ammo erishish mumkin bo‘lgan standartlarni o‘rnatish;
- haddan tashqari nazorat qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
- standartlarga rioya qilganlik uchun taqdirlash.
Shunday qilib, nazorat bu tashkilotning o‘z maqsadlariga erishishini ta’minlash jarayonidir. Nazoratning vazifasi belgilangan rejalardan yuz berishi mumkin bo‘lgan chetlanishlarning oldini olishdan iborat.
Nazorat o’tkazilishida quyidagilar aniqlanadi.
- turli faoliyatlardagi erishilgan natijalarni baholash va maslahat qilish;
- tashkilot bo‘limlaridagi odamlarning erishilgan natijalaridagi xizmatini baholash;
- turli faoliyat va bo’limlarning samaradorligini baholash;
- ilgari qabul qilingan qarorlar, rejalar normativ va normalarni korrektirovka qilish;
- rejadagi va amaldagi ko‘rsatkichlarning mos kelmaganligi sababini bartaraf etish;
- personalni rag’batlantirish. Ularning faoliyatini baholash uchun teskari aloqani shakllantirish.
Nazorat bu tahliliy funksiya bo’lib, uning asosiy instrumentlari – kuzatish, tekshirish, hisob va tahlildir. Boshqaruv amaliyotida nazoratning o’ziga xos texnologiyasi mavjud (11-rasm).
Nazorat turlarini aniqlashga bo’lgan bir necha yondashuvlar mavjud:
Passiv (jarayon tugaganda) va aktiv (butun jarayon davomida) nazorat.
2. Tashqi (rahbar yoki maxsus nazorat organlari tomonidan) yoki ichki (ishchi yoki xodim tomonidan) nazorat.
3. Strategik – (strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan) va taktik (joriy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan, jismoniy, moliyaviy, inson, axborot resurslarini) nazorat.
4. Dastlabki, joriy va yakuniy nazorat.
Nazorat maqsadlariga samarali erishish uchun tegishli talablar qo‘yiladi. Bundan tashqari nazorat o‘z vaqtida, doimiy, joriy, tezkor, obyektiv, xolisona, ochiq bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |