Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Tano” fermer xo’jaligining iqtisodiy tasnifi hamda tashkiliy tuzilmasi



Download 31,16 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2022
Hajmi31,16 Kb.
#409834
1   2   3   4
Bog'liq
hisobot5

Tano” fermer xo’jaligining iqtisodiy tasnifi hamda tashkiliy tuzilmasi.

Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.

Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyekti hisoblanadi.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir2.

Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli.

“TANO” fermer xo’jaligi “Istiqlol” fuqarolar yig’ini hududidagi tuman zaxira yerlar hisobidan chorvachilik yo’nalishida jami 415,0 ga, shundan 16,0 gektar xususiylashtirilgan chorvachilik ferma binosi va inshootlarga biriktirilgan yerlardan iborat maydonida, tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda chorvachilik va qishloq xo’jaligi, tovar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. Avval Toshkent viloyati Zangiota tumani Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish inspeksiyasining 2012-yil 31-maydagi 3938 sonli reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan “KAMILKA PRODUCTS” masʼuliyati cheklangan jamiyatining huquqiy vorisi.

Tovar qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish yo’li bilan daromad (foyda) olish, o’zining ijtimoiy – iqtisodiy extiyojlarini qondirish fermer xo’jaligining maqsadi xisoblanadi.

Fermer xo’jaligining vazifalari quyidagilardan iborat:

- Ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanishni taʼminlash;

- Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muxofaza qilish;

- Mustaqil ravishda qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko’rsatish;

- Veterinariya qoidalariga rioya qilgan xolda chorva mollarining maxsuldorligini oshirish.

Kamilka mahsulotlari - Oʻzbekistonda sut mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi hisoblanadi. Korxona 2009-yildan beri faoliyat yuritadi. Korxonaning maqsadi - barcha xususiyatlarni va vitaminlarni eng yaxshi usulda saqlab, sogʻlom mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazib berishdir.

Gollandiyalik naslli sigirlar katta mehr bilan oziqlanadigan oʻzlarining TANO fermasiga ega boʻlib, “Kamilka products” MCHJ koʻplab ishlab chiqaruvchilarga nisbatan katta ustunlikka ega. Butun sut yetkazib beriladigan sut zavodi Italiyaning PIETRIBIASI kompaniyasining jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlangan.

Kamilka products Ltd tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Kamilka mahsulotlari Oʻzbekistondagi sut sanʼati anʼanalarini saqlaydi. Shu vaqt ichida korxona bozorda oʻzini tanitdi, Oʻzbekistondagi eng yaxshi 5 ta milliy brendga kirdi.

Ishlab chiqarish jarayonida faqat yuqori sifatli tabiiy ingrediyentlardan foydalaniladi. Tayyor mahsulotlar va qadoqlash mahsulotlarini boshqarishning noyob tizimi ham ishlab chiqilgan.

Sigirlarning zoti Golshteyn-Frizian boʻlib, u eng koʻp sut berishi bilan ajralib turadi. Barcha mahsulotlar sutdan tayyorlanadi.

Yuqori malakali jahon darajasidagi mutaxassislar sut sanʼatining koʻp asrlik anʼanalarini puxta saqlab kelmoqdalar. Shu sababli MCHJ Kamilka mahsulotlari barcha foydali xususiyatlarini saqlab qoladi va isteʼmolchiga eng yaxshi shaklda yetkazib beriladi.

Bugungi kunda kompaniya 20 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Isteʼmolchi sut, kefir, qaymoq, ayron, tvorog, smetana, biokefir va boshqa mahsulotlarni tanlashi mumkin. Fermer xoʻjaligining suti inson uchun zarur boʻlgan barcha moddalarni oʻz ichiga oladi, ular mukammal muvozanatdadir. Mahsulotlar foydali, qalinlashtiruvchi va qoʻshimchalarsiz, shuning uchun tanaga osonlikcha singib ketadi.

“Kamilka products” MCHJ mahsulotlari izchil sifati, zamonaviy dizayni va arzon narxlari bilan ajralib turadi. MCHJ Kamilka mahsulotlari bilan shartnoma tuzish orqali hamkor isteʼmolchiga sifat kafolati, oʻz vaqtida bepul yetkazib berish va barqaror daromad bilan taʼminlanadi. Korxona mahsulotlarini mamlakatning istalgan doʻkonidan sotib olish mumkin.

Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning muassisi — fermerdir. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi fermer boʻlishi mumkin.

Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ana shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi. Fermer xoʻjaligi boshligʻining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Fermer xoʻjaligi shu xoʻjalik boshligʻi tomonidan tashkil etiladi, u fermer xoʻjaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.

Fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun uning boshligʻi belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak3.

Fermer xo’jaligining raxbari:

• Fermer xo’jaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritadi;

• Fermer xo’jaligi faoliyatining biznes rejasini tasdiqlaydi;

• Fermer xo’jaligi faoliyatini tashkil qiladi;

• Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarda fermer xo’jaligi nomidan ish ko’radi;

• Ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularni bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek fermer xo’jaligi xodimlari bilan mexnat shartnomalarini imzolaydi;

• Fermer xo’jaligi xodimlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

• Ichki mexnat tartibi qoidalarini belgilaydi;

• Daromadni o’z xoxishiga ko’ra tasarruf etadi;

• Qonun xujjatlarida begilangan tartibda mexnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish xaqi to’lanishini taʼminlaydi, mexnatga xaq to’lash miqdorini va moddiy rag’batlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;

• Fermer xo’jaligi nomidan xujjatlarni imzolaydi;

• Fermer xo’jaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini xal etadi.


Download 31,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish