318
tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi;
talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini hisobga
olish imkoniyati kam;
bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari va kasbiy
kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa chiqarishiga asos yaratmaydi;
talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar, rivojlangan
davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda talabalarda
umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv- uslubiy,
ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va
baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion
texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa
rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003
yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim,
kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi
hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o‘quv,
ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni
davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni davrida erishgan
yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning ta’lim
sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning samarali shakli bo‘lib qolmasdan,
quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:
ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;
ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi;
o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash
malakasini rivojlantiradi;
bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning
Do'stlaringiz bilan baham: |