258
nazorati ostida amalga oshirildi. SHu tufayli bugun O‘zbekiston sport diyoriga, inson
jismoniy go‘zalligini jahonga namoyish et ayotgan mamlakatlardan biriga aylandi.
Sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu uning san’at bilan o‘xshashligida.
SHundan kelib chiqib, zamonaviy sportni (juda bo‘lmaganda, uning ba’zi turlarini) o‘ziga
xos san’at sifatida talqin qilish keng yoyilgan. Re ne Mehyu, Morin Kovich, Benjamin Lou
singari g‘arb olimlari va ko‘plab mashhur sportchilar sportni san’at sifatida qabul qilish
mumkin degan fikrni o‘rtaga tashlaydilar. Lekin haqiqatan ham sport san’atmi, ularni
aynanlashtirish mumkinmi? Bu savolga to‘g‘r idan-to‘g‘ri javob berish qiyin. SHu bois
sportning kelib chiqishi va mohiyatiga e’tibor qilib ko‘raylik.
Ma’lumki, o‘yinni Qadimgi yunon faylasuflari estetik tabiatga ega ekanini ta’kidlab,
uni san’at bilan tenglashtirganlar, SHiller esa, ko‘rib o‘tganimi zdek, badiiy faoliyatni
o‘yinning eng yuksak shakli deb hisoblaydi. Sport esa, eng avvalo o‘yin. Undan inson
ikki tomonlama estetik zavq oladi: o‘yinchi -sportchi va tomoshabin-tarafkash sifatida.
bunda tomoshabin san’atni idrok etayotgandek sportchi bilan uyg‘unlashib, uning xatti-
harakatlariga qo‘shilib ketadi, ayni paytda o‘zi sportchi emasligini, ya’ni estetik
masofani his qilib turadi. Bu borada B.Lou o‘zining «Sport go‘zalligi» degan kitobida
F.Kinonning quyidagi fikrlarini keltiradi: «Teatr, – deb yozadi F.Kinon, – tomoshabinga
suyanib rivojlanadigan san’at turi... Sport musobaqalarida tomoshabinlar o‘zlarini xuddi
spektakl t omoshos idagi dek tutadil ar: ul ar yuksak m ahorat egal ari ga qarsak chal adilar va
yomon o‘yin ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosabatl arini yashirmaydilar. Sportda ham,
teatrda ham biz «o‘yin» haqida gapiramiz»
66
. Boshqa bir o‘rinda B.Lou H.Slyusherning
«Sport va ekzistensiya» kitobidagi quyidagi satrlarga e’tibrni qaratadi: «Sport – toki
haqiqi y sport ekan, u est etik fazil at va nafisli kka erisha ol adi. U s port chi uchun chuqur
ma’noga boy holat... sport botiniy yaxlitlikni va yuksak darajadagi hissiy ko‘tarinkilikni
tal ab qil adi, – deb yozadi H.S l yus her sportchi his et adi gan est etik zavq haqida »
67
.
San’at bilan sportning yana bir o ‘xshash tomoni shundaki, har ikkalasi ham biror bir
moddi y ehti yojni qondirma ydi, bevosita maqs ad em as , m aqs adga muvofi qlik tarzi da voqe
bo‘ladi, ularning umumiy jihati, mavjudligini oqlaydigan asosiy narsa, bu – odamlarga
est etik zavq beris h xususi yati. A yni pa ytda s an’at da ham, sportda ham o‘ yi n i jti moi ylik
kasb etmasligi mumkin emas, sportchi san’atkor kabi g‘oyaviy -mafkuraviy maylparastlik
tabiatiga ega. San’atkor vatanparvarlik, millatparvarlik g‘oyalarini bilvosita – badiiy
as ari orqali il gari surs a, sport chi o‘z jismoni y xatti -harakatl ari bilan mus obaqal arda vatan
bayrog‘ini ko‘tarishga, «millatni uyaltirib qo‘ymaslikka» intiladi, ya’ni bevosita va tabiiy
ravishda mafkuraviy vazifani amalga oshiradi. Demak, san’at ham, sport ham shunchaki
zavq beri sh va o‘z i ste’dodidan zavql ani sh bil angina chegaralani b qolm a ydi gan ij timoi y -
ma’naviy hodisalardir. Biroq ana shu mafkuraviylik mafkurabozlikka aylansa, ya’ni
ijodkor mafkura uchun axloqiylikdan chekinsa, san’atda haqiqiy badiiy asar yaratishning
iloji bo‘lmaganidek, sport musobaqasida ham g‘irromlik yo‘li bilan, «bir amallab» yutib
chiqib, haqiqiy g‘alabaga erishish mumkin emas, zero, haqiqiy g‘alaba tomoshabinning
bahosi bilan belgilanadi. Masalan, futbol maydonida raqibi yiqilib, o‘rnidan tura
olma yot ganin i ko‘rgan futbol chi o‘zi qul a y vazi yat da bo‘l sa ham, t o‘pni ma ydon
tashqarisiga chiqarib yuboradi, raqib o‘rnidan turib, hakam to‘pni o‘yinga kiritishga
ruxsat berganida yiqilgan raqibning o‘zi yoki komandadoshi uni yana maydon
tashqarisiga chiqarib, to‘p egallash navbatini ixtiyoriy tarzda raqib komandaga beradi. Bu
– har ikkala komanda o‘yinchilarining jo‘mardligini, «haqiqiy yigitlar» ekanini, ularning
faqat jismoniy emas, balki axloqiy jihatdan ham etukligini ko‘rsatadi, tomoshabin hech
qachon ul arning birort asini t o‘pni raqibi ga berib qo‘ yd i deb a yblama ydi, afs us
chekmaydi, aksincha, xursand bo‘ladi, namoyish qilingan mardlikdan zavqlanadi.
Qadimgi yunonlar san’atni «go‘zal yolg‘on» deb ataganlar, darhaqiqat, san’atkor
bizga «bo‘lmaganni bo‘lgan qilib» ko‘rsatadi, bizni chiroyli aldaydi. Sportning ko‘pgina
66
Лоу Б.
Красота спорта. М., «Радуга», 1984. С.92.
67
Ўша манба. С. 177.
Do'stlaringiz bilan baham: |