ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni
190
Tayanch tushunchalar:
Nikoh, oila, er-xotin, poligam, monogam, mahr farzand tarbiyasi, oila
shartnomasi, axloqiy qadriyatlar, nomus, Oila kodeksi, shariy nikoh.
Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida
oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini
shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar
tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo, mehru -
oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan,
oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak
mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.
Oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan,
Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir
qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar
ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki
o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir
manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil”
so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu
so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat
birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi
ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan. "Oila" so’zining
lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning
turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy
munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan,
nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat
tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi"
50
. Professor A. Ortiqovning ma’ruza
matnlarida, yosh olima F.Primovaning oila haqida quyidagi yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila
jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy
ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy,
ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"
51
. Darhaqiqat, oila er -
xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda
xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi
oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning
ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon.
Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila
jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin
muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini
qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi,
farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik baxsh
etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga
tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning
asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning
50
O’zbekiston Мilliy ensiklopediyasi 8-jild
51
Ortiqov A. "Etika asoslari" kursidan leksiya matnlari, - Т.: 1999, 95-bet.