191
o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar
mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga
keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki
oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota -
ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida
farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib
yashaydilar.
Xo’sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er - xotinlikni shariat
yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan o’qiladigan shartnoma
ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er - xotinlikning yuridik (huquqiy)
ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", "er-xotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan.
52
Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi
shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etish uchun o’zaro ahdlashuvidir".
53
Nikoh fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limida tuziladi va rasmiylashtiriladi Qonunga binoan nikoh tuzish
shartlaridan eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari.
Bizda yigitlar-18, qizlar-17-nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh orasida goh
ochiq sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini yoqtirish bo‘lishi mumkin.
Har ikkala ahvolda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Muhammad Alayhissalom uylariga sovchi kelganda qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad
javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandning
roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi
orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini
ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat
shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi
sevgini buning mumtoz namunasi desa bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar
axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi.
Nikohda u ikkinchi darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak
bilan ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - birlari oldida va jamiyat
oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak,
oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar emas. Oila - nikoh va qon-
qardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota - onalar
bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub
kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini,
axloqiy va huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud
bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha nuqtai-
nazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh munosabatlarining evolyutsiyasi
quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va
nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni
to’dadagi har bir ayol barcha erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar
o’rnini guruhiy nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha
ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli sifatida
52
Qarang: Safarov O, Mahmudov M. Oila ma’naviyati. –T.: 1997, 15-bet.
53
Davlat va huquq asoslari. Izohli lug’at., -Т.: "O’qituvchi", 1996, 49-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |