Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi,
unga asos bo‘lgan omillar, unsurlar
to‘g‘risida to‘xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan iborat deb
hisoblaydilar. Bular - axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy hissiyot) va axloqiy
munosabatlar (axloqiy hatti-xarakatlar). Bazi mutaxassislar (chunonchi, mashhur rus axloqshunosi A I.
Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini (katetoriyalarini), axloqiy meyorlar va tamoyillarni
axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik to‘g‘ri emas. CHunki
mazkur tushunchalar, tamoyilar va meyorlar ko‘proq axloqqa emas, balki uni o‘rganadigan fanga –
axloqshunoslikka taalluqlidir. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha
chalkashliklar mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan axloqqa xususiyatlarga
egaligidan, yani unda ko‘p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-amaliy tomonlar bilan omuxtalashib
ketganidan qidirmoq lozim. SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni axloqiy anglash, axloqiy aks
etish va axloqiy munosabatlarni uz ichiga oladi. Ayni paytda ana shu omillarning tuzilmadagi o‘rni,
to‘g‘rirog‘i, mavqei masalasida ham turli xil qarashlar mavjud. Ba’zi axloqshunoslar axloqiy anglashni,
boshqa birovlar axloqiy hissiyotning o‘zini asosiy unsur deb talqin etadilar. YAna ba’zi birovlar axloqiy
anglash - axloqiy ongga etakchilik mavqeini beradilar. Xo‘sh, aslida qanday qarash haqiqatga yaqinroq?
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, juda ko‘p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil-unsurning
birortasisiz axloq tumunchacini tasavvur qilib bulmaydi. Boshqacha aytganda, axloqni inson ko‘zi oldida
gavdalamiruvchi axloqiy munosabatlarning aks etish va axloqiy anglashsiz yuzaga chiqishi yani mavjud
bo‘lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga ham, axloqiy anglashga ham taaluqli. Zero
tuzilmadagi bu uchunsur-omil bir-birisiz kamdan-kam mavjud bo‘ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.
Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi etakchilik mavqeiga, to‘g‘rig‘i, asosiy unsur sifatidagi o‘rniga kelsak,
uni bu tarzda talqin etish, bizningcha, to‘g‘ri emas. Vaholanki, sho‘rolar davrida va hozirdagi rus olimlari
orasida ba’zi g‘arbdagi zamonaviy axloqshunoslik yo‘nalishlarida ana shunday qarash xukumron ekanini
ko‘rzmie. Aslida esa, tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axlokiy xis etishi namoyon
buladi. to‘gri, juda kup hollarda biror bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzok yoki qisqa vaqt mobaynida
usha qaror oqibatlari to‘g‘risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avval;dan anglab etishga urinish
bilan bog‘lik bo‘ladi, ya’ni biz o‘z xatti xarakatlarimizni axloqiy anglash elagidan o‘tkazib, faoliyat
ko‘rsatamiz. Lekin o‘sha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror tubida, so‘zsiz, axloqiy hissiyot yotadi.
Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun material vazifasini o‘taydi. Ba’zan esa o‘sha “material” -
hissiyotning o‘zi axloqiy anglashni chetlab o‘tib, - munosabat tarzida namoyon buladi. Bunga insoning
favqulotda holatlardagi hatti-harakati misol bula oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan
yo‘l o‘rtasida, koptokni quvib, go‘dak chiqib qoldi, haydovchi tormozni bosish barobarida, shu zahoti
mashinasini keskin chetga buradi. Bola omon qoladi, x,aydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq buladi. Bu
49
O’sha manba, 7-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |