167
fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin
uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir», - deganida
mutlaqo haqdir.
49
Bundan tashqari axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular haqida to‘xtalib
o‘tmaslik mumkin emas. Eng avvalo milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli, ilmiy xolislik bilan
yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unitilgan axloqiy qadriyatlarni tiklash
muhim. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masalalarini hal etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni
tasniflashtirish, turkumlashtirish, axloqiy madaniyatning nazariy jihatlarini ishlab chiqish, kasbiy odobning
zamonaviy nazariy asoslarini yaratish kabi murakkab vazifalar ham echimini kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |