145
1.
Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. Oddiy va murakkab
mulohazalar va ularning turlari.
2.
Murakkab mulohazalarning chin bo‘lish shartlari.
3.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
4.
Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya; ularning
o‘zaro aloqadorligi.
5.
Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish.
6.
Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq xatolar.
Tayanch iboralar: Hukm, sub’ekt, predikat, bog‘lovchi, oddiy hukm, murakkkab hukm, modal hukmlar,
mantiqiy kvadrat. Xulosa chiqarish, deduktiv xulosa chiqarish, sillogizm, entimema, induktiv xulosa
chiqarish, to‘liq induksiya, ommabop induksiya, ilmiy induksiya, ilmiy induksiya metodlari, analogiya,
munosabat analogiyasi, modellashtirish,,baxs yuritish, munozara, paralogizm, sofizm, mantiqiy
paradoks.
Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish, predmet va
hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari
bilan birga, ularning ichki zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning
xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar
yordamida ifodalanadi. Hukmlar orqali narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida
bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar aniq,
tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga xosligi ehtimol qilinadi, demak
noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular nisbatan tugallangan
fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. SHuning uchun ular
chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks holda
xato bo‘ladi.
Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali ifodalanadi. Ular
mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir. Mantiqning vazifasi hukmlarni turli tomondan
o‘rganishdir. Hukmlar predmet va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi yoki xos emasligini
ifodalaydigan tafakkur shaklidir.
Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish qulay bo‘lishi uchun
dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz. Bunda biz hukm atamalarining miqdoriga, soniga
e’tibor beramiz. Hukmning sub’ekt va predikati uning atamalari deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan
bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deyiladi. Sub’ekt
(
S
)
fikr qilinadigan predmet va
hodisani bildiradi. Predikat
(
R
)
esa predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Ya’ni predmet
haqidagi yangi bilimni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur
boyitiladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt va predikatni bir-biri bilan
bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: