S
yoki
R,
yoki
R
1
,
yoki
R
2
dir» formulasi, shartli hukmlar «Agar
S R
bo‘lsa,
S
1
P
t
dir» formulasi
orqali beriladi.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
Muhokama jarayonida olamdagi predmet va hodisalar orasidagi aloqa va munosabatlarni ifodalovchi bir
yoki birdan ortiq yoki mushohada (fikr) asosida yangi bilim (fikr) ni hosil qilishning mantiqiy usuli xulosa
chiqarish deb yuritiladi. Xulosa chiqarish asosida mantiq qonun-qoidalariga tayangan holda ilgaridan
ma’lum bo’lgan bilimdan yangisiga o’tish yotadi. Xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, uning
natijasida insonning olam haqidagi, bilimlari uzluksiz ravishda boyib, kengayib, chuqurlashib boradi.
Xulosa chiqarishda olamni bevosita bilish bilan bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini egallash talab
qilinadi. Xulosa chiqarish uchun har safar olam, undagi predmetlarga murojaat qilish shart emas. Mavjud
narsalar haqida qo’lga kiritilgan bilim asosida yangi bilim hosil qilish mumkin.
Xulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va hodisalar orasidagi sabab –
oqibat aloqadorligi aks etadi. Lekin bu xulosalarda faqat sababiy bog’lanishlariga aks etadi, degan so’z
emas. Masalan, «Qaldirg’ochlar pastlab uchyapti, demak, ertaga ob-havo o’zgaradi», degan xulosasini olib
ko’raylik. Yuzaki qaraganda «Qaldirg’ochlar pastlab uchmoqda» fikri «Ertaga ob-havo o’zgaradi» xulosasi
uchun asosdek bo’lib ko’rinadi. Aslida bu fikr chuqur tahlil qilinsa, «ob- havoning o’zgarishi» haqidagi
fikrga asoslar o’zgacha ekanligini bilish mumkin. Bunda kuzatilgan hodisaning boshqa hodisalar bilan
aloqadorligi ma’lum bo’ladi: Qaldirg’ochlarning past uchishiga sabab — pashsha-chivinlar. Ular havodagi
namlikning oshganligidan past uchadi, qaldirg’ochlar esa pashsha-chivinlar bilan oziqlanadi. Demak,
pashsha-chivinlar tabiat darakchilari sifatida havoning namligi oshganligidan xabar bermoqda. Bu o’z
navbatida, qaldirg’ochlarni past uchishga majbur qilmoqda. Demak, ertaga ob-havoning o’zgarishi
qaldirg’ochlarning past uchishidan emas, balki atmosferadagi o’zgarishdan, havodagi namlikning ortishidan
kelib chiqishi mumkin.
Birinchi tipdagi xulosalarning chinligini aniqlash mushkul, shuning uchun ham agar xulosalar vaziyatlar
mazmunidan chiqarilgan bo’lsa munozara, bahsga sabab bo’lishi mumkin.
Formal - mantiqiy yo’l bilan chiqarilgan xulosalarda esa asos (asoslar) bilan xulosa orasida nisbiy barqaror
aloqa va munosabatlar mavjud bo’ladi va bu aloqa, munosabatlar mantiq qonun-qoidalari asosida
shakllanadi.
Har qanday xulosa ikki qismdan iborat bo’ladi;
1. Asos yoki asoslar
2. Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |