141
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov,
shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy
belgilariga ega bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan mulohaza hosil qilsak, u
xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga
ajratsak, uni bo‘lgan bo‘lamiz.
Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida
predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning
ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak» tushunchasi uchta tur
tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas burchakli uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga
ajratiladi. Bo‘lish asosi qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini olish
mumkin. Masalan, «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab «teng tomonli uchburchak», «teng yonli
uchburchak», «turli tomonli uchburchak» tushunchalariga ajratish mumkin.
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin
qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi
bo‘lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.
Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan,
barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish
bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko‘rsatib o‘tirmasdan,
o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo‘lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik
bo‘lish ma’lum bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. Undan tashqari,
dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish
a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor tushunchani o‘z navbatida bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini
davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.
Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi.
A. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmlarining yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng
bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda ba’zi bo‘lish a’zolari
ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon fe’li» va «hozirgi zamon fe’li»
tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi. CHunki «kelasi zamon fe’li» tushunchasi qolib ketgan.
Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy bilish»,
«tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy bilish» bu erda ortiqchadir.
B. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos qilib olingan belgi bo‘lish davomida
boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni»,
«Bilish qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan bo‘lamiz. CHunki bu erda
bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish a’zosi qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi
qonun ifoda qiluvchi hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan.
V. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular birga bo‘ysunish munosabatidagi
tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar «Bino» tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‘p qavatli bino», «Osmono‘par bino»
tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. CHunki «Ko‘p qavatli bino» tushunchasi bilan «Osmono‘par
bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‘yicha istisno qilmaydi.
G. Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo‘lmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng
yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog‘i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap»,
«Ergashgan qo‘shma gap», «Bog‘langan qo‘shma gap» tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi izchillik yo‘qoladi.
Bunda oxirgi ikkita bo‘lish a’zosi «qo‘shma gap» tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‘y bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |