Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

137 



 

SHuni  ham  aytish  lozimki,  so‘zning  ko‘p  ma’noga  ega  bo‘lishi  ba’zan  fikr  yuritish  jarayonida  tushunchalarni 

aralashtirib yuborishga olib keladi. SHuning uchun ham fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin 

qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi. 

 Tushunchaning mazmuni va hajmi 

Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim 

belgilari  to‘g‘risidagi  axborot   tashkil  etadi.  Masalan,  «fan»  tushunchasining  mazmunini  fanning  muhim  belgilari, 

ya’ni  uning  amaliyot  bilan  aloqada  ekanligi,  predmetlarning  birorta  sohasiga  oid  tushunchalar,  qonunlar,  prinsiplar 

shaklidagi ob’ektiv chin (haqiqiy) bilimlar tizimidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi 

va shu kabilar tashkil qiladi. 

Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, yuqorida misol qilib 

keltirilgan  «fan»  tushunchasining  hajmi  mavjud  barcha  fanlarni:  matematika,  fizika,  mantiq  va  hokazolarni  o‘zida 

qamrab oladi. 

Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat 

qonuni  yordamida  ifodalanadi.  Bu  qonunga  muvofiq  tushunchaning  hajmi  kengaytirilsa,  mazmuni  torayadi  va 

aksincha, hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo‘lish 

belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi. 

«Fan»  tushunchasining  hajmini  kengaytirish  bilan  mazmun  jihatidan  unga  nisbatan  torroq  bo‘lgan  «ijtimoiy  ong 

shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan, huquqiy 

ongda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi. 

Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi. 

 Tushunchaning turlari 

Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va 

umumiy tushunchalar farq qilinadi. 

YAkka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Mars planetasi», «O‘zMU asosiy kutubxonasi» 

va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» 

tushunchalari  umumiy  tushunchalar  hisoblanadi.  Umumiy  tushunchalar  aks  ettiruvchi  predmetlarning  miqdori 

chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan 

predmetlar soni chegaralangan. «YUlduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz.  

Fikr  yuritish  jarayonida  ayiruvchi  va  to‘plovchi  tushunchalarni  farq  qilish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Ayiruvchi 

tushuncha  shunday  umumiy  tushunchaki,  u  aks  ettiruvchi  belgilar  berilgan  sinfning  har  bir  predmetiga  xosdir. 

To‘plovchi tushuncha ham umumiy tushuncha bo‘lib,u aks ettirgan belgilar shu umumiylikni tashkil etuvchi har bir 

predmetga taaluqli bo‘lmaydi. Masalan, “konferensiya” – to‘plovchi, “konferensiya ishtirokchisi” – ayiruvchi. 

Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadi.  Konkret tushunchalarda 

predmet  o‘zining  belgilari  bilan  birgalikda  fikr  qilinadi.  Abstrakt  tushunchalarda  esa  predmetning  belgilari  undan 

fikran  ajratib  olinib,  alohida  aks  ettiriladi.  Masalan,  «Inson»,  «Tabiat»  tushunchalari  –  konkret  tushunchalar, 

«Qahramonlik»  (insonga  xos  xususiyatni  aks  ettiradi),  «Go‘zallik»  (borliqdagi  predmetlarga  xos  xususiyatni  ifoda 

qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir. 

Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan 

mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish