140
uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi
tushuncha – «aylanma harakat» tushunchasi hosil bo‘ladi.
CHegaralash amalini davom ettirib, «Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi» tushunchasiga o‘tish mumkin. Demak,
chegaralash davomida hosil bo‘lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo‘ladi. CHegaralash
amali yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirilishi mumkin. CHunki yakka tushunchaga nisbatan tur bo‘lgan
tushuncha yo‘q.
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha:
A – Harakat.
V – Mexanik harakat.
S – Aylanma harakat.
D – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga)
fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil
qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq
bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos
bo‘lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining
chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. CHunki kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha:
A – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
V – Aylanma harakat.
S – Mexanik harakat.
D – Harakat.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qo‘llaniladi.
Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik
tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi.
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bo‘ladi.
Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga
solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g‘oya, nazariya va shu
kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi
«Erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan
aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan
tushuncha), bo‘lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish a’zolari
(bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan, «inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha)
jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar (bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi.
Bo‘linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro birga bo‘ysunish
munosabatidadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |