134
“Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri tafakkurga etaklaydigan,
uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarni ko‘radigan san’atni-mantiq
san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining
tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga
xizmat qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo‘l
qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni to‘g‘rilab turadi” .
Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada
ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal
qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga
bog‘liq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy
nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal
ziddiyatlar bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi, madaniyati nuqtai nazaridan qarash kerak.
Mantiq fani ham bundan istisno emas. Inson muammosining xal qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma’naviy,
axloqiy nuqtai nazardan takomillashishiga bog‘liq.
Insoniylik muammosini hal qilishda mantiq ilmi, ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida, alohida ahamiyat
kasb etadi. CHunonchi, hozirgi zamon fanida yuksak kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda murakkab munosabatlar yuz
bermoqda, bularni tahlil qilish uchun esa mantiqiy fikrlash madaniyati kerak. Fan yordamida inson faoliyati
rivojlandi, uning oyoq, qo‘li va boshqa organlarining o‘rnini bosadigan mashinalar paydo bo‘ldi. Mantiq ilmini tadbiq
etish natijasida inson intellektini rejalashtiruvchi «aqliy mashina» lar vujudga keldi, binobarin, sun’iy aql vujudga
kelmoqda.
Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina yaratishning chegarasi bormi?, Agar
chegarasi bo‘lmasa, insonning o‘zi kelajakda qanday axvolga tushib qoladi ?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va
ularga javob berishni taqozo etadi. Bu hozirgi davrda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb muammolardan biridir.
SHuning uchun har qanday fan, shu jumladan mantiq ilmi, inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib
saqlash va takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak.
Mantiq fanining ilmiy ishonch – e’tiqodning shakllanishida tutgan o‘rni
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-
e’tikodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning
uchun ham yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-e’tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Argumentlash ishonch-
e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ishonch –e’tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.
Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam
ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay
oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli
odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-
o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‘ladi».
CHuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg‘itadi. Faqat bahs-munozara, tahlilga
asoslangan to‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga yo‘l ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |