Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

103 



 

tarixining  yaxlitligi  va  yagonaligini,  unda  «o‘zgarmas  va  umumiy»  jihatlar  mavjudligini  rad  etgan.  U 

insoniyat  tarixida  sakkiz  madaniyat:  Misr,  Hind,  Bobil,  Xitoy,  YUnon-rim,  SHarq,  G‘arbiy  Evropa  va 

Mayya  madaniyatlarini  farqlagan.  SHpengler  fikriga  ko‘ra,  har  bir  madaniy  organizm  ma’lum  hayot 

muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok 

bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. 

SHpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi. 

Lokal sivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori, ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889–

1975)dir. U Danilevskiy va SHpenglerning tarixning siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni 

ayrim, o‘ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab, u, 23 

sivilizatsiyani  farqlagan,  keyinchalik  esa,  ularni  13  tagacha  qisqartirgan).  Toynbi  sivilizatsiyalarga 

«evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy 

bosqichlari:  vujudga  kelish,  rivojlanish,  tanazzulga  uchrash  va  zavol  topishni  farqlagan.  Bu  asosiy 

bosqichlardan o‘tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi. 

Toynbi,  bu  sivilizatsiyalarda  oldinma-ketin  yuz  beruvchi  ijtimoiy  jarayonlarni  o‘xshash,  deb  hisoblab, 

shunga  asoslangan  holda,  yaqin  kelajakda,  dunyo  miqyosida  yuz  beradigan  voqealarni  bashorat  qilish 

imkonini  beruvchi,  ijtimoiy  rivojlanish  takroriyligining  ayrim  formal  empirik  qonunlarini  keltirib 

chiqarishga  harakat  qilgan.  U  jahon  tarixining  mazmuni  diniy  evolyusiya  hamda  insoniyatning  ma’naviy 

jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan. 

SHunday  qilib,  sivilizatsion  yondashuv  nuqtai  nazaridan  tarixiy  jarayon  hujumkor  xususiyati  «yuqori  – 

quyi»  ko‘rsatkichlari  bilan  emas,  balki  har  bir  sivilizatsiya  o‘z  rivojlanish  va  o‘z  taqdirini  o‘zi  belgilash 

jarayonida  insoniyat  filogenetik  yo‘lining  barcha  asosiy  bosqichlaridan  o‘tishi  va  o‘z  tarixi  va  betakror 

individualligiga  ega  bo‘lgan  noyob  ijtimoiy  tuzilma  sifatida  qaralishi  bilan  belgilanadigan  izchil  nochiziq 

jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. 

Formatsion  va  sivilizatsion  yondashuvlarni  taqqoslash  quyidagi  xulosalarga  kelish  imkonini  beradi:  1) 

formatsion  yondashuv  tahlil  jarayonida  butun  jamiyatni  qamrab  olishga  harakat  qiladi  va  asosiy  e’tiborni 

uning  dinamikasiga  qaratadi;  sivilizatsion  yondashuv  esa,  jamiyatning  bir  qismini  (ayrim  sivilizatsiyani) 

o‘rganadi,  jamiyatni  esa,  statik,  deb  e’tirof  etadi;  2)  formatsion  yondashuv  jamiyat  hayotining  iqtisodiy 

omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi. 

Tarix  falsafasi  rivojlanishining  hozirgi  bosqichida  tarixning  shunday  bir  talqini  vujudga  keladiki,  unda 

mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o‘rnini 

to‘ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv «monadaga doir yondashuv», degan nom olgan. Monadaga 

doir  yondashuvning  o‘ziga  xos  jihati  shundan  iboratki,  u  jahon  tarixiy  jarayoniga  ko‘p  sonli  tarixiy 

individlar  (sotsiumlar)dan  iborat  bo‘lgan  yaxlitlik  sifatida  qaraydi.  Bunda  monadaga  doir  yondashuvning 

formatsion  elementi  tarixiy  rivojlanishning  ayni  bir  bosqichini  boshdan  kechirayotgan  turli  mamlakatlar 

uchun  umumiy  bo‘lgan  jihatlarga,  sivilizatsion  element  esa,  ijtimoiy  organizmlarning  xususiyatlariga, 

ularning  betakrorligiga  e’tiborni  qaratadi.  SHunday  qilib,  monadaga  doir  yondashuv  doirasida  formatsion 

yondashuvning  umumlashtiruvchi  imkoniyatlari  va  sivilizatsion  yondashuvning  individuallashtiruvchi 

imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo‘yish asosida emas, balki ularning yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini 

tan olish asosida hisobga olinadi va ro‘yobga chiqariladi. 

Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo‘nalishlarida 

ko‘zga  ko‘rinadigan  o‘rinni  egallaydi.  Ayni  vaqtda  shunday  konsepsiyalar  ham  paydo  bo‘lganki,  ularda 

tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi.  

Falsafa  tarixida  ildizlari  ilk  falsafiy  tizimlarga  borib  taqaluvchi  ancha  kuchli  qadriyatlarga  doir  an’anaga 

duch  kelish  mumkin.  Qadimgi  davrdayoq  faylasuflarni  qadriyatlar  muammosi  qiziqtirgan.  Ammo  o‘sha 

davrda  qadriyat  borliq  bilan  ayniylashtirilgan,  qadriyatga  xos  bo‘lgan  xususiyatlar  esa  uning  mazmuniga 

kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy 

borliqning  bosh  mezonlari  hisoblangan.  Bundan  tashqari,  qadimgi  faylasuflar  qadriyatlarni  tasniflashga 

harakat  qilganlar.  Xususan,  Moniy  zulmat  va  ziyo  dunyosi  mavjud,  birinchi  dunyoda  adolatsizlik,  zulm, 

zo‘ravonlik,  ikkinchisida  esa  abadiy,  engilmas  doimiy  qadriyatlar  hukm  suradi,  deb  hisoblaydi.  Aristotel 

o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati 

insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi. 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish