Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

104 



 

Turli  falsafiy  davrlar  va  ularda  mavjud  bo‘lgan  falsafiy  maktablar  qadriyatlar  tushunchasining 

shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda G‘arbda ham, SHarqda ham qadriyatlar diniy 

xususiyat  kasb  etgan  va  ilohiy  mohiyat  bilan  bog‘langan.  Uyg‘onish  davrida  A.Navoiy,  A.Jomiy,  Rumiy, 

Leonardo  da  Vinchi  ijodida  insonparvarlik  va  hurfikrlilik  qadriyatlari  birinchi  o‘ringa  chiqqan.  Jumladan 

A.Navoiyning  odil  jamiyat  qurish  haqidagi  g‘oyasida  umuminsoniy  qadriyatlar  tizimi,  komil  inson 

ta’limotida esa, eng etuk inson qiyofasiga xos shaxsiy qadriyatlar tizimi ifodalangan. 

YAngi  davrda  qadriyatlar  haqidagi  ta’limotga  nisbatan  yondashuvlar  ratsionalizm  nuqtai  nazaridan 

tavsiflana  boshlanganki,  bu  hol  fanning  rivojlanishi  va  yangi  ijtimoiy  munosabatlarning  shakllanishi  bilan 

izohlanadi.  Bu  davrda  qadriyatlar  va  ularning  mezonlari  muammosi  Rene  Dekart,  Benedikt  (Barux) 

Spinoza,  Klod  Adrian  Gelvetsiy,  Pol  Anri  Golbax,  A.Avloniy,  A.Donish,  Furqat,  Muqimiy  va  boshqa 

mutafakkirlarning  asarlarida  o‘z  aksini  topgan.  Jumladan,  A.Avloniy  «Turkiy  guliston  yoxud  axloq» 

asarida,  «yaxshi  xulqlar»  – muhabbat,  yaxshilik, adolat, haqiqat, shijoat, ibrat  kabi  ijobiy qadriyatlarni va 

razolat,  g‘iybat,  jaholat,  adovat  kabi  «yomon  xulqlar»ni  farqlaydi.    Keyinroq,  XX  asrda,  o‘zbek  faylasufi 

S.SHermuxamedov Avloniy g‘oyasini davom ettirib, insonga tabiat 36 ta ijobiy fazilat va 36 ta salbiy illat 

ato etganligini, ularning qay darajada namoyon bo‘lishini, inson o‘z hayotining qadriga etishida ko‘rinishini 

e’tirof etadi. 

XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» (yunon. 

«axios» – «qadriyat»,  «logos» – «fan», «ta’limot») atamasini muomalaga kiritdi. Keyinchalik, aksiologiya 

muammolari  fenomenologiya,  germenevtika,  ekzistensializm  va  boshqa  falsafiy  yo‘nalishlarning  vakillari 

tomonidan tadqiq etildi. 

Xo‘sh  aksiologiya  nimani  o‘rganadi? 



Aksiologiya  –  falsafaning  qadriyatlarni  o‘rganish  bilan 

shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. «axios» – «qadriyatlar», «logos» – «bilim»: qadriyatlar haqidagi 

fan). 

Qadriyatlar  ulkan  falsafiy  ahamiyatga  ega. 



Qadriyatlar  tushunchasi  insonning  dunyoga  bo‘lgan 

munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos 

xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi

.

 

Qadriyatlar  inson  va  jamiyat  hayotida  muhim  o‘rin  egallaydi,  chunki  insonning  hayot  tarzini,  uning 

hayvonot  dunyosidan  ajralish  darajasini  aynan  qadriyatlar  tavsiflaydi.  Qadriyatlar  shaxsning  hayot 

faoliyatida  fundamental  ahamiyat  kasb  etadi.  Qadriyatlar  odamlarni  jipslashtirish,  ularni  hamjamiyatlarga 

birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar 

va  guruhlarning  tinch-totuvligini  ta’minlaydi.  Qadriyatlar  muammosi  jamiyat  rivojlanishining  o‘tish 

davrlarida,  tub  ijtimoiy  o‘zgarishlar  jamiyatda  mavjud  bo‘lgan  qadriyatlar  tizimlarida  o‘zgarishlar  yasab, 

odamlarni  yo  o‘zlari  ko‘nikkan  eski  qadriyatlarni  saqlash,  yo  turli  partiyalar,  jamoat  birlashmalari,  diniy 

tashkilotlar,  harakatlarning  vakillari  tomonidan  taklif  qilinayotgan,  hatto  majburiy  tarqatilayotgan  yangi 

qadriyatlarga  moslashishga  majbur  etuvchi  davrlarda  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Qadriyatlar  va 

mo‘ljallarni  yo‘qotish  yoki  vujudga  kelgan  qadriyatlar  tizimi-dan  voz  kechish  esa  muqarrar  tarzda 

jamiyatning  tanazzulga  yuz  tutishi  va  parchalanishiga  olib  keladi.  Qadriyatlar  –  madaniyatning  tizim 

yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. SHu 

sababli, qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning o‘zaro munosabati qanday,qaysi qadriyatlar inson uchun eng 

muhim  va  qaysilari  ikkinchi  darajali,  degan  savollar  bugungi  kunda  olamshumul  ahamiyat  kasb  etadi. 

Aksiologiyaning  predmetini  barcha  turdagi  qadriyatlar,  ularning  tabiati,  turli  qadriyatlarning  bir-biri, 

ijtimoiy  va  madaniy  omillar  hamda  shaxs  strukturasi  bilan  aloqasi  tashkil  etadi.  Aksiologiya  ta’limotiga 

ko‘ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo‘lib, ular maqsad, ideal, mayl, intilish, qiziqish predmeti 

sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar bu nazariyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari 

hisoblanadi:  yaxshilik,  qadr-qimmat,  foyda,  ahamiyat,  baho,  g‘alaba,hayotning  mazmuni,  baht,  hurmat  va 

hokazo. 



Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish