Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

102 



 

3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko‘p sonli ijtimoiy aloqalar 

orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini 

ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-

iqtisodiy  tuzilishga  ega  bo‘lishi  ham  mumkinligi  (ya’ni,  har  xil  tipdagi  ishlab  chiqarish  munosabatlari) 

aniqlangan. 

SHunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, bu ishlab 

chiqarish  munosabatlarining  rivojlanishi  va  o‘zgarishi  esa  jamiyat  rivojlanishining  mohiyatini  belgilaydi, 

degan xulosaga kelingan. 

Bu  qoidalardan  kelib  chiqib,  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiya  –  bu  jamiyatning  muayyan  tarixiy  tipi,  ishlab 

chiqarishning  muayyan  usuliga  asoslangan  va  ijtimoiy  taraqqiyot  bosqichi  sifatida  amal  qiladigan  yaxlit 

ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin. 

«Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U 

jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. 

Jahon  tarixiy  jarayoni  bir  formatsiyadan  boshqa  formatsiyaga  yuksalishdan  iborat  bo‘lgan  chiziqli  jarayon 

sifatida tavsiflagan. 

XIX  asrda  ishlab  chiqilgan  formatsion  yondashuv  o‘zini  oqlamadi.  Bunda  tarixiy  ri  vojlanish  jarayonini 

tushuntirishga  nisbatan  Marksning  yondashuvi  emas,  balki  uni  dog  maga  aylantirish  va  mutlaqlashtirish 

shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini 

qayd  etadilar.  Birinchidan,  tarixning  har  qanday  bosqichida  jamiyat  hayotini  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlargina  belgilaydi,  deb  aytish  o‘rinli  bo‘lmaydi.  Ikkinchidan,  bir  formatsiyadan  boshqa 

formatsiyaga  tabiiy  yuksalish  haqidagi  monistik  tasavvur  inson  erkinligiga,  insoniyat  rivojlanishining 

muqobil yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi 

yuksalib  boruvchi  chiziq  bo‘ylab  formatsion  rivojlanishning  tor  doirasiga  sig‘maydi.  Mazkur  yondashuv 

amalga  tatbiq  etilganda  har  bir  xalq  va  sivilizatsiyaning  o‘ziga  xosligi  va  betakrorligi  yo‘qoladi,  ular  ayni 

holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi. 

SHunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo‘lgan 

chiziqli  sxema  sifatida  talqin  qilishning  bir  yoqlamaligi,  ayniqsa,  bo‘rtib  namoyon  bo‘ladi.  Jahon  tarixiy 

jarayoni  mazkur  nazariy  modeldan  boyroq.  SHu  sababli  ushbu  talqinni  tarixni  tushunishga  nisbatan 

o‘zgacha,  nochiziq  yondashuv  bilan  to‘ldirish  talab  etiladi.  Sivilizatsionyondashuv  tarixiy  jarayonni 

tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. 

Falsafani  tushunishga  nisbatan  sivilizatsion  yondashuv  XIX–XX  asrlarda  vujudga  kelgan.  U,  asosan,  ko‘p 

sonli  madaniyatlar  va  sivilizatsiyalar  mavjudligi,  ularning  lokalligi  va  har  xilligi  haqidagi  g‘oyani  ilgari 

surishi bilan tavsiflanadi. Bu erda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. 

Mazkur yondashuv asoschilaridan biri, tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822–1885) bo‘lgan. U har 

biri  alohida-alohida  mavjud  bo‘lgan,  faoliyatning  to‘rt  muhim  shakli  yoki  sivilizatsiyalar  «asosi»  –  diniy, 

madaniy, siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) 

haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-

biri  bilan  uzluksiz  kurash  jarayonida  bo‘ladi  va  vujudga  kelish,  voyaga  etish,  qarish  va  halok  bo‘lish 

bosqichlaridan  o‘tadi.  Jahon  tarixining  mazmunini,  Danilevskiy  o‘zining  alohida  qonunlariga  binoan 

rivojlanuvchi  xalqlar  madaniy-tarixiy  tiplarining  o‘z-o‘zini  namoyon  etish  xususiyatlarini  aniqlashdan 

iborat, deb bilgan.Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini 

ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) 

madaniy-tarixiy  tip  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  uchun  muayyan  siyosiy  mustaqillik  talab  etiladi;  3) 

sivilizatsiyaning  muvaffaqiyatlari  madaniy-tarixiy  tipning  turli  elementlariga  bog‘liq  bo‘ladi;  4) 

sivilizatsiyaning  shakllanish  jarayoni  uzoq  davom  etadi,  ularning  ravnaq  topish  davri  esa,  qisqadir;  5) 

sivilizatsiyalar  alohida  va  berk  sharoitda  rivojlanadi,  lekin  bu  ular  bir-biriga  ta’sir  ko‘rsatmaydi,  degan 

ma’noni anglatmaydi. 

Danilevskiyning  qarashlarini  nemis  mutafakkiri  Osvald  SHpengler  (1880–1936)  rivojlantirgan.  U  ham 

ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. SHpengler falsafasida 

madaniyat  asosiy  kategoriya  hisoblanadi.  Faylasuf  madaniyat  deganda  o‘ziga  o‘xshash  boshqa 

«organizmlar»dan  ajralib  turadigan  alohida  «organizm»ni  tushungan.  Bundan  yagona  umuminsoniy 

madaniyat  yo‘q  va  bo‘lishi  mumkin  emas  degan  xulosa  kelib  chiqqan.  SHu  sababli  SHpengler  jahon 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish