Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi


Axloqqa  gap  borganda,  albatta  uning  muayyan  tuzilmasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   643
Bog'liq
Mantiq

Axloqqa  gap  borganda,  albatta  uning  muayyan  tuzilmasi,

  unga  asos  bo‘lgan  omillar,  unsurlar 

to‘g‘risida  to‘xtalmaslik  mumkin  emas.  Axloq  tuzilmasini,  odatda,  uch  omil-asosdan  iborat  deb 

hisoblaydilar.  Bular  -  axloqiy  anglash  (axloqiy  ong),  axloqiy  his  etish  (axloqiy  hissiyot)  va  axloqiy 

munosabatlar  (axloqiy  hatti-xarakatlar).  Bazi  mutaxassislar  (chunonchi,  mashhur  rus  axloqshunosi  A  I. 

Titarenko)  axloqshunoslik  mezoniy  tushunchalarini  (katetoriyalarini),  axloqiy  meyorlar  va  tamoyillarni 

axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik to‘g‘ri emas. CHunki 

mazkur  tushunchalar,  tamoyilar  va  meyorlar  ko‘proq  axloqqa  emas,  balki  uni  o‘rganadigan  fanga  – 

axloqshunoslikka  taalluqlidir.  Umuman,  shuni  aytish  kerakki,  axloqshunoslik  fanida  ancha-muncha 

chalkashliklar mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan axloqqa xususiyatlarga 

egaligidan,  yani  unda  ko‘p  hollarda  ilmiy-nazariy  jihatlarning  ilmiy-amaliy  tomonlar  bilan  omuxtalashib 

ketganidan qidirmoq lozim. SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni axloqiy anglash, axloqiy aks 

etish  va  axloqiy  munosabatlarni  uz  ichiga  oladi.  Ayni  paytda  ana  shu  omillarning  tuzilmadagi  o‘rni, 

to‘g‘rirog‘i,  mavqei  masalasida  ham  turli  xil  qarashlar  mavjud.  Ba’zi  axloqshunoslar  axloqiy  anglashni, 

boshqa  birovlar  axloqiy  hissiyotning  o‘zini  asosiy  unsur  deb  talqin  etadilar.  YAna  ba’zi  birovlar  axloqiy 

anglash - axloqiy ongga etakchilik mavqeini beradilar. Xo‘sh, aslida qanday qarash haqiqatga yaqinroq? 

Avvalo,  shuni  ta’kidlash  kerakki,  juda  ko‘p  hollarda  axloq  tuzilmasidagi  mazkur  uch  omil-unsurning 

birortasisiz  axloq  tumunchacini  tasavvur  qilib  bulmaydi.  Boshqacha  aytganda,  axloqni  inson  ko‘zi  oldida 

gavdalamiruvchi  axloqiy  munosabatlarning  aks  etish  va  axloqiy  anglashsiz  yuzaga  chiqishi  yani  mavjud 

bo‘lishi  mumkin  emas.  Bunday  holat  axloqiy  his  etishga  ham,  axloqiy  anglashga  ham  taaluqli.  Zero 

tuzilmadagi bu uchunsur-omil bir-birisiz kamdan-kam mavjud bo‘ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi. 

Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi etakchilik mavqeiga, to‘g‘rig‘i, asosiy unsur sifatidagi o‘rniga kelsak, 

uni  bu  tarzda talqin  etish,  bizningcha, to‘g‘ri  emas. Vaholanki, sho‘rolar  davrida va hozirdagi  rus olimlari 

orasida  ba’zi  g‘arbdagi  zamonaviy  axloqshunoslik  yo‘nalishlarida  ana  shunday  qarash  xukumron  ekanini 

ko‘rzmie. Aslida esa, tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot  yoki  axlokiy xis  etishi  namoyon 

buladi. to‘gri, juda kup hollarda biror bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzok yoki qisqa vaqt mobaynida 

usha qaror oqibatlari to‘g‘risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avval;dan anglab etishga urinish 

bilan  bog‘lik  bo‘ladi,  ya’ni  biz  o‘z  xatti  xarakatlarimizni  axloqiy  anglash  elagidan  o‘tkazib,  faoliyat 

ko‘rsatamiz.  Lekin  o‘sha  anglab  amalga  oshirilgan  axloqiy  qaror  tubida,  so‘zsiz,  axloqiy  hissiyot  yotadi. 

Demak,  axloqiy his  etish axloqiy  anglash uchun  material  vazifasini o‘taydi.  Ba’zan esa o‘sha “material”  - 

hissiyotning  o‘zi  axloqiy  anglashni  chetlab  o‘tib,  -  munosabat  tarzida  namoyon  buladi.  Bunga  insoning 

favqulotda holatlardagi hatti-harakati misol bula oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan 

yo‘l  o‘rtasida,  koptokni  quvib,  go‘dak  chiqib  qoldi,  haydovchi  tormozni  bosish  barobarida,  shu  zahoti 

mashinasini keskin chetga buradi. Bola omon qoladi, x,aydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq buladi. Bu 

                                                           

49

 O’sha manba, 7-b. 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish