166
mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko‘proq insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat oldidagi
majburiyatlarini tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatga bo‘lgan munosabati diqqat markazidan
chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, XX va XXI asrda tabiatga nisbatan tor
manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo‘lgan ekologik buhron manzarani o‘zgartirdi.
Endilikda global ekologik muammolar ko‘proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog‘liq
ekani ma’lum bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko‘p jihatlari axloqshunoslik
ko‘magiga borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi.
Lekin, bu-axloqshunoslik ekologiyani to‘liq o‘z ichiga oladi, degan so‘z emas. Chunki axloqshunoslikda
axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti sifatida tabiatning o‘zi emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan
munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik va milliy g‘oyalar falsafasi. Garchand o‘quv fani sifatida milliy g‘oya oliy va o‘rta
maxsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari qadimiy ma’naviyat tariximizga borib
taqaladi. Zero, har bir milliy mafkura tizimida axloqiy g‘oyalar albatta o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, ko‘pgina
axloqiy g‘oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari yotadi. SHu sababli, axloqshunoslik tarixini milliy
g‘oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy davrlarning axloqiy-falsafiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz
tasavvur qilish mumkin emas.
Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqaroga milliy g‘oyani singdirish vositasi sifatida
ham diqqatga sazovor. Chunki milliy g‘oya ezgulikka muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat-e’tibor,
vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik tamoyillarini siyosiy anglash ishtirokida talqin etilgan
tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa, axloqshunoslik ularni axloqiy anglash vositasida ro‘yobga
chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraydi. Xullas, axloqshunoslik bilan milliy g‘oya o‘rtasida, xalqona til
bilan aytadigan bo‘lsak, et bilan tirnoq darajasidagi yaqinlik mavjud.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning oldida yangi
demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning
axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek
ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha
yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni
kuchaytirish bilan bog‘liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan
yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z ruhiy olamiga singdirgan etuk shaxs
bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan
ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. CHunki mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan
g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy
parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Islom Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi:
«U insonga faqat moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-
zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan,
bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»
48
.
Zero, milliy g‘oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni yashash sharti
deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to‘ldiruvchi va boyituvchi hodisa sifatida o‘zining bosh maqsadini
axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois Islom Karimov: «Xalqni buyuk kelajak va
ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har
bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash,
ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak
48
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т., «Ўзбекистон», 2000, 6-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |