Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari.
Falsafiy antropologiya izlanishlarining bosh mo‘ljali
va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani antropotsentristik
falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning boshqa barcha muammolari
aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi.
Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning
tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas, balki uning barcha maktablari uchun inson
dunyoning
markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta’riflab
bergan «Inson hamma narsalar mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning
antropotsentrizmi
Evropa madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham
kelib chiqadi.
Aynan xristianlik dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni
Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan
g‘oyani ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat vakilining mentaliteti asosida shakllangan
falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu narsa diqqatga
sazovorki, sharq falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, zero, u tabiatning
tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri sifatida qaraladi. SHarq
falsafasida antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda, falsafiy antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada
inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal
bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim.
SHunday qilib, ko‘pgina
faylasuflar tomonidan qo‘yilgan «Inson nima», degan savol Evropa falsafiy antropologiyasi uchun uning
falsafiy muammolari majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa
yo‘nalishlaridan ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan
inson haqidagi ta’limotdir. Inson va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng doirasini
qamrab oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati muammolarini izchil
o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy antropologiya to‘g‘risida so‘z
yuritish imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy antropologiya, shu jumladan, inson, uning tabiat va
jamiyatdagi borlig‘i haqidagi ta’limotni ham o‘z ichiga oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |