113
mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ana shunday ta’limotlardan
biri zardo‘shtiylik edi. Zardo‘shtiylik ta’limotining markaziy muammosi odam bilan olam o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik jarayoni tahliliga qaratilganligi edi. Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i bilan
bevosita aloqadordir. Ushbu ta’limotga ko‘ra, butun olam borlig‘i to‘rt unsurdan iborat. Olam borlig‘ining
eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan odamning tabiati ham, shubhasiz o‘sha to‘rt unsur bilan bog‘liq
bo‘ladi. Zardo‘shtiylik diniy-falsafiy qarashlarida ta’kidlanishicha, inson iymon e’tiqodining uchta yirik
tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda faoliyatning insonparvarligi, Avestoda yozilishicha,
iymon – e’tiqodning mustahkamligini ifodalovchi alomatlar turli – tuman bo‘ladi. Xususan bergan so‘zning
ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdosotiqda tuzilgan shartnomalarga qat’iy amal qilish, aldamchilik va
hiyonatdan holi bo‘lish iymon-e’tiqodlilik alomatidir. «Avesto»da axloqiy ideal voqelik bilan shunchalik
chambarchas bog‘liqki, gap haqiqat yoki yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, go‘zallik va
xunuklik haqida boradimi, barchasi hayotiy amallar orqali er yuzida boylik va ezgulik bunyod etishga
qaratilgan. «Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning mohiyati er yuzini
saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali ifodalanadi»
40
. Zardushtiylik ta’limotida
jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy va falsafiy tizim yaratilgan bo‘lib,
ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va havoni ilohiylashtirgan holda ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu
so‘z va ezgu amal birligida uning ekologik sofligini saqlashni o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-
falsafiy qarashlarni Markaziy Osiyoda III asrda keng yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin.
Moniy (216-277) qarashlari Zardo‘sht qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini
yoyish uchun “Xuastuanift” kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib qiluvchi
ushbu kitobdagi ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni yangicha
davomiy ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot mazdakiylik edi. Mazdak
ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i
lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida jamiyatdagi
ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda
barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasidagi sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga
asoslanishi darkor. U jamiyatda xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi
islohotchi edi. Musulmon faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini
bilishga intildilar. Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil
topgan. Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning ruhiyati,
ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu savollarga javobni
musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7 A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr
surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini, Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan
yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, Momo Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan
yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom dinining ikki yirik
muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon falsafasida hadisshunoslik
o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih hadislarni to‘pladi. Bu
hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni shogirdi Iso at Termiziy musulmon
hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi,
ishonchliligining darajasini aniqlashda o‘z ustozi Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni
bajarishda, u ichki ezoterik uslubdan foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi
manbalarini o‘rgandi va uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari
40
Махмудова Г.Т. Философская сущность Авесты. –Ташкент: Санъат, 2010. – С.157.
Do'stlaringiz bilan baham: |