Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
10.4. Qo‘shilgan kapital auditi 
Qo‘shilgan kapitalning tekshiruvi qo‘shilgan kapital hisobi 
schyotlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu schyotlar Aksiyalarni 
nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan narxlar bo‘yicha birinchi bor 
sotilishida vujudga kelgan emissiya daromadi va Nizom kapitalini 
shakllantirishdagi kurs farqlarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. 
Auditor ushbu kapital to‘g‘ri shakllanishi va to‘ldirilishini 
tekshirishi lozim. 
21-son BHMS
1
ga muvofiq, oddiy va imtiyozli aksiyadan olingan, 
nominal qiymat summasidan yuqori bo‘lgan qo‘shilgan kapital 
mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish, ya’ni 
aksiyalarni birlamchi joylashtirishda nominal qiymatdan yuqori bahoda 
sotishdan olingan emissiya daromadi, hamda ustav kapitalini 
shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlari quyidagi 
schyotlarda amalga oshiriladi: 
8410 - «Emissiya daromadi»; 
8420 0 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi». 
Odatda, aksiyalar birinchi bor nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan 
narxlarda, ya’ni mukofot bilan sotiladi. Nominal qiymati Nizom 
kapitaliga o‘tkaziladi, emissiya daromadi esa (bozor qiymatini nominal 
qiymatidan oshib ketishi) qo‘shilgan kapitalga o‘tkaziladi. 
Shuningdek, korxonada «Nizom kapitali (fondi) hisobi schyotlari» 
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), 340-band.
O’zR. AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan . 


190 
bo‘yicha, ya’ni, e’lon qilingan, obuna bo‘lgan, to‘langan kapital 
bo‘yicha tahliliy hisob olib borilishi lozim. 
Dastlabki obuna sifatida rasmiylashtirilmasdan sotilgan aksiyalar 
pul mablag‘lari bo‘yicha schyotlarning debetida va «Nizom kapitali 
hisobi bo‘yicha schyotlar» yoki «qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha 
schyotlar» ning kreditida aks ettiriladi. 
Aksiyalarni sotib olish uchun obuna bo‘lishga oid shartnomalar 
bilan belgilangan summaga aktsionerlik jamiyatining buxgalteriyasida
uning aktiviga pul yoki boshqa mol-mulk kelib tushishidan qat’iy nazar, 
Nizom va qo‘shilgan kapital tashkil ettiriladi. Hisobda obuna summasiga 
debitorlik qarz aks ettiriladi. 
Tekshiruvda auditor korxona tomonidan chiqarilgan va to‘langan 
aksiyalar turlari, ularning egalariga oid schyotlari, yoki ta’sischilar va 
qo‘yuvchilarning xususiy schyotlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish 
imkoniyati borligiga katta ahamiyat beradi. 
Aksiyalarga 
obuna 
bo‘lish 
to‘g‘risidagi 
shartnomalarda 
aksiyalarning sotilish narxi, qarzlarni qoplash muddatlari, to‘lovlar 
valyutasi yoki obuna bo‘yicha olinadigan aksiyalarni to‘lash uchun mol-
mulk turlari va qiymati ko‘zda tutiladi. Aksiyalarga egalik qilishdan 
kelib chiqadigan huquqlarni obunachi, odatda, shartnomaga muvofiq, 
obuna bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha to‘liq to‘lovlarni amalga oshirgandan 
keyin oladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlariga mol-mulk, pul mablag‘lari aksiyalarga 
obuna bo‘lish to‘g‘risidagi sharnomaga asosan beriladi. Qo‘shilgan 
kapital tekshiruvi vaqtida jamiyatning o‘zi tomonidan sotib olingan 
aksiyalar hisobi tashkil etilganligi tekshiriladi. 
Xususiy aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan quyidagi 
maqsadlar uchun sotib olinadi: 
- aksiyalar kursini belgilangan darajada ushlab turish; 
- aksiya egalarida qolgan har bir aksiyaga dividendlarni 
ko‘paytirish; 
- aksiyalarni o‘z xodimlari orasida tarqatish yoki qolgan aksiyalar 
nominal qiymatini oshirish; 
- nazorat o‘rnatish maqsadida boshqa firmalar tomonidan 
aksiyalarni sotib olinishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Buxgalteriya hisobida sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan 
xususiy Aksiyalar bo‘yicha schyotlarda sotib olingan narxlar bo‘yicha 
aks ettiriladi. 
Sotib olingan xususiy aksiyalarni jamiyat o‘z balansida ushlab 


191 
turishi yoki ularni jamg‘arma bozorida qaytadan sotishi mumkin.
Aksiya egalari qarori bilan Nizom kapitali sotib olingan xususiy
aksiyalar summasiga kamaytirilishi, aksiyalarning o‘zi esa bekor 
qilinishi mumkin. Lekin «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar 
huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq bunday
aksiyalar hisobda bir yildan ortiq bo‘lgan muddatda ushlab turilishi 
mumkin emas. Auditor buni tekshirib ko‘rishi kerak, chunki sotib 
olingan va balansda bir yildan ortiq muddatda hisobda bo‘lgan aksiyalar 
bekor qilingan deb hisoblanadi. Korxona ushbu muddat o‘tgandan keyin 
ularni sotishi yoki Nizom kapitalini shu summaga kamaytirgan holda, 
bekor qilishi lozim. 
Emitent o‘zining xususiy aksiyalarini sotib olgan barcha 
holatlarda, bir vaqtning o‘zida aksiyadorlik kapitali kamaygani bilan 
birga, uning mol-mulki ham kamayadi. Keyinchalik, sotib olish va 
xususiy aksiyalarni ikkinchi marotaba sotish operatsiyalari sodir 
etilganda, agar aksiya sotib olingan qiymatdan ortiq narxlarda sotilsa, 
ortiqcha olingan summa 9590-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa 
daromadlar» schyotining kreditiga yozib qo‘yiladi. 
Aksiyalar sotib olingandan past narxlarda sotilsa, oradagi farq 
9690- «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schyotining 
debetida aks ettiriladi. 
Sotib olingan aksiyalarning bekor qilinishi bir vaqtning o‘zida 
Nizom kapitalini kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi: 
Debet «Nizom kapitali hisobi schyotlari», 
Kredit «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schyotlari». 
Bularni tekshirayotganda auditor qimmatbaho qog‘ozlar bilan 
operatsiyalar qonuniy ravishda amalga oshirilayotganligini bilishi kerak. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish