Naflilik Naflilik



Download 22,11 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi22,11 Kb.
#322599
Bog'liq
Nodirbekov Ismoilbek Mikroiqtisodiyot (mustaqil ish)


Naflilik va chekli naflilik, chekli naflilikning kamayish qonuni

Reja:


Kirish
1. Naflilik
2. Chekli naflilik
3. Chekli naflilikning kamayish qonuni

Xulosa


Naflilik

Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. N. darajasi — subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning N. darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. Mac, buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2 marta ortsa, uning nafliligi 2 marta ortib, oldingisiga nisbatan 2 marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning N. darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy N. — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy N. tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil boʻlganda N. pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni haridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi N. uni tutib turadi.

Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng , harid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, harid narxining cheklanganligi tufayli haridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu N.ning yuqori nuqtasi (maksimizatsiyasi) deyiladi.

Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki N.ning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan (hisobga olingan) meʼyoriy N. deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning N. juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obʼyektiv va subʼyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha N. nazariyalari paydo boʻldi. N. muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni N.ga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obʼyektiv N.ni yoki subʼyektiv N.ni (uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni) hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obʼyektiv N. va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida kadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obʼyektiv qadr-qimmatining , obʼyektiv N.i va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subʼyektiv ahamiyatidir.


Meʼyoriy naflilik nazariyasi, qoʻshimcha naflilik nazariyasi — isteʼmolchilarning bozordagi feʼlatvori, harakati, talabning shakllanishi, talab va taklif chizmasida talab egri chizigʻi holati qonunlarini izohlab beradigan nazariya. Qisqarib boradigan qoʻshimcha naflilik qonuniga muvofiq, isteʼmolda neʼmatlar miqdorining oʻsib borishiga qarab neʼmatning har bir qoʻshimcha birligidan olinadigan eng koʻp qoʻshimcha naf qisqarib boradi, bu esa talab egri chizigʻining salbiy ogʻishini keltirib chiqaradi. Meʼyoriy naflilik nazariyasi n., shuningdek, naflilik bilan harajatlar, yaʼni talab va taklif oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni ham anikdashga xizmat qiladi, bu bilan narxning vujudga kelishi (narx belgilash) qonunini ham izohlaydi. Mazkur qonunga koʻra neʼmat narxi jamiyatda ishlab chiqariladigan oxirgi neʼmat birligi beradigan qoʻshimcha naflilik bilan belgilanadi.

Naflilik funksiyasi - iste‘molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste‘mol xajmi va yalpi naflilik o’rtasidagi son jihatdan bog’liqlikni ko’rsatadi.
Naflilik funksiyasi iste‘molchining iste‘mol qiladigan ne‘matlar xajmi bilan, u ushbu ne‘matlarni iste‘mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne‘matdan qo’shimcha bir birlik iste‘mol qilish natijasida oladigan qo’shimcha o’sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin


Chekli naflilik

Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo’shimcha iste‘mol natijasida olinadigan qo’shimcha naflilikdir. Iste‘molchilik tanlovining to’g’rilik tamoyili bu yalpi va me‘yoriy naflilik emas, balki, bir so’m xarajatga to’g’ri keladigan me‘yoiy naflilikdir.






Download 22,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish